Mavzular

Yangi fatvolar

Maqolalar

Kitoblar

Namoz


Saqlanganlar

Murakkab qidiruv


Loyiha haqida

Fikr bildiring

Bosh sahifa » Oilaviy masalalar » Er-xotin huquqlari » Ayollarning masjid yoki ilm majlislariga borishlari
Fatvo: 2993

O'qildi: 139

29.10.2026

/ 18 Jumadal-ula 1448

Fatvo mavzusi:

Ayollarning masjid yoki ilm majlislariga borishlari

Savol

Savol beruvchi ayol shunday deydi: «Otamning ruxsatisiz ma’ruza tinglash yoki ilm olish maqsadida masjidga yoxud bir musulmonning uyidagi ilm majlisiga borishimning hukmi nima? Chunki u kishi bundan xabar topsa, albatta meni bundan to’sadi. Ammo kiyim eskirgani kabi iymon ham eskiradi, men esa munkar ishlar to‘lib-toshgan muhitda yashayotganim sababli iymonimni yangilab turishga muhtojman. Shunday ekan, u yerga bildirmay, yashirincha borishim joizmi yoki qanday yo‘l tutishim kerak?»

O’xshash fatvolar

Javob

Alloh taologa hamdu sanolar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salavot va salomlar bo‘lsin.

Ayol kishi turmushga chiqishidan oldin otasining qaramog‘ida bo‘ladi. Shunday ekan, uning uydan otasining iznisiz chiqishi joiz emas, xoh masjidga bo‘lsin, xoh boshqa joyga. Chunki Allohga ma’siyat bo‘lmagan ishda otaga itoat qilish vojibdir. Sizga «Qur’oni Karim» kanallarini tinglashni (yoxud ijtimoiy tarmoqlar, jumladan YouTube va boshqa sahifalar orqali keng tarqalgan  rabboniy ulamolarning ilmiy ma’ruzalari va da’vatlarini tinglashni – tarj.) tavsiya qilamiz, chunki unda ko‘p ilm va to‘g‘ri yo‘llanmalar bor. Alloh sizni har bir yaxshilikka muvaffaq qilsin va dinda faqihlikni ato etsin.

Alloh bilguvchiroqdir.

Manba: Doimiy qo‘mita fatvolari, 12/101 (Mulohaza: Fatvoda Shayx Favzonning arab tilidagi «Nurun ala-ddarb» darslariga yoʻllanma berilgan, ammo oʻzbek segmenti uchun ushbu darsning tarjimasi yoʻqligi sababli ushbu qism olib tashlandi. Shuningdek, fatvo eski boʻlgani hamda radiodagi kanal bilan cheklanilgani sabab, umumiy, zamonaviy ilmiy majlislarga yoʻllanmalar qoʻshib qoʻyildi).

Fatvo manbasi

Maqola borasida fikringiz?

Izoh sababi
Ushbu qator to'ldirilishi shart.

Bu javob foydali bo’ldimi?

1

O’xshash fatvolar

  • Ahlidan olti oydan ko‘p ayro bo‘lish

    Men yaqinda o‘z yurtimdan uylanmoqchiman, lekin talaba bo‘lganim sababli, turmush o‘rtog‘imni bu yurtga olib kela olmayman. Bilishimcha, Umar ibn Xattob roziyallohu anhu, er kishi xotinidan uch oydan ortiq uzoqda bo‘lishi joiz emas degan ekan. Afsuski, men o‘z yurtimga kamida bir yildan keyin qayta olaman. Islomdagi «Zaruratlar taqiqlangan narsalarga ruxsat beradi» qoidasiga asosan, uylangach xotinimdan uzoqda qolishim mumkinmi?
  • Er-xotin o‘rtasidagi janjal

    O‘tgan hafta men, xotinim va uning 20 yoshli qizi o‘rtasida bir voqea sodir bo‘ldi. Qizining farzandi bor, lekin u hamon biz bilan birga yashaydi. Men xotinimga bir narsa aytdim, bu uni g‘azablantirdi va u menga qo‘pol gapirdi, qo‘pollik qildi va qo‘polona munosabatda bo‘ldi. Men esa uning yuzini qo‘lim bilan ushlab, yengil bosdim va kula boshladim. Birdan u meni ura boshladi va tepdi, men esa uni yuzimga urolmaydigan qilib ushlab oldim. Shu payt uning qizi aralashib, boshimga ura boshladi. Men o‘zimni tutdim va g‘azablanmadim. Keyin uning qizi politsiyani chaqirdi, ular kelib, hamma bilan so‘rashib, bayonnoma tuzishdi. Xotinim qizining xulq-atvori haqida hech qanday afsus bildirmadi va qiziga bunday munosabatda bo‘lish mumkin degan kabi harakat qildi. Men hozirda ular bilan bir uyda yashamayapman va aslida qaytishni ham istamayman, lekin men xotinimni juda qadrlayman va Qur’on hamda Sunnat belgilagan uslubda u bilan yashash uchun kurashayapman. U Qur’on va sunnatni faqat qalbi g‘azabdan xoli bo‘lganida tinglaydi. Bu voqea mening azmimni zaiflashtirdi. Mening barcha intilishim — haqiqiy Islom ta’limotlariga binoan yashash. Iltimos, bu masalada menga yordam bering. Allohning sizga salomi boʻlsin.
  • Ayolning orqa avratiga yaqinlik qilish hukmi

    Muhtaram shayximiz, ushbu noqulay savolni berganim uchun uzr soʻrayman. Savolim: xotinning orqa avratidan yaqinlik qilishning hukmi qanday?
  • Er-xotin orasidagi jinsiy aloqalarning me’yori

    Er-xotin nikoh kechasida jinsiy aloqa qilishi mumkinmi? Agar javob ijobiy bo‘lsa, er xotini bilan bir haftada qancha marta jinsiy aloqada bo‘lishi mumkin, bir martami yo ko‘proq yoki kamroqmi? Iltimos, so‘ramoqchi bo‘lgan narsani ifodalash uchun boshqa so‘z topa olmadim.
  • Pul topmasa ham oilada erkak boshliqdir

    Agar erkak oilaning asosiy daromad manbai bo‘lmasa, u oila boshlig‘i hisoblanadimi?
  • Ustiga xotin olsa, taloq qilishini so’radi

    Ayolim bilan mening yana uylanish istagim haqida suhbatlashdik. U mendan, agar boshqa ayolga uylansam, uni taloq qilishimni so‘radi. Biz ikkalamiz ham musulmonmiz va islomiy nikoh bilan turmush qurganmiz. U nikohda boshqa ayolga uylanmasligimni shart qilmagan edi. Uning Alloh halol qilgan, ruxsat bergan narsani rad etishi va harom qilishi joizmi? Ayolim ibodatgoʻy muslimalardan. Shuning uchun shariat va sunnatga muvofiq, dalillarga asoslangan holda javob berilishini istayapti.