Mavzular

Yangi fatvolar

Maqolalar

Kitoblar

Namoz


Saqlanganlar

Murakkab qidiruv


Loyiha haqida

Fikr bildiring

Bosh sahifa » Oilaviy masalalar » Er-xotinlik hayoti » «Zo‘rlanishga» qarshilik koʻrsatmagan ayol
Fatvo: 2967

O'qildi: 72

18.10.2026

/ 7 Jumadal-ula 1448

Fatvo mavzusi: »

«Zo‘rlanishga» qarshilik koʻrsatmagan ayol

Savol

Men 18 yil avval bir ayolga uylanganman. Ishim tufayli ko‘p safar qilishga va xotinimni yolg‘iz qoldirishga majbur bo‘lardim. Chet elga qilgan safarlarimdan qaytganimda, xotinim bir erkak uning yoniga kirib, uni o‘pganini va unga juda yosh ekanini aytganini xabar qildi.

Bugun, bu voqeadan 18 yil o‘tib, xotinim o‘sha erkak uning yoniga kirib, uni o‘pganini va u bilan jinsiy aloqa qilganini, o‘zi esa unga taslim bo‘lganini aytdi. Oʻshanda u meni aldagani, haqiqatni aytmagani va bu masalada meni bexabar qoldirgani sababli o‘zimni ruhan ezilgandek his qilyapman va qattiq g‘azabdaman. Bu ruhiy tushkunlik tufayli na masjidga borishga va na namoz o‘qishga rag‘batim qolmadi.

Iltimos, menga nima qilishim kerakligini maslahat bering. Nikohimiz shar’iymi? Uni taloq qilishim kerakmi? Menga yordam bering. Alloh sizni yaxshilik bilan mukofotlasin.

O’xshash fatvolar

Javob

Alloh taologa hamdu sanolar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salavot va salomlar bo‘lsin.

Agar siz oxirida tasvirlagan ish sodir bo‘lgan onda ayol bu tajovuzkorga bo‘ysunib, unga taslim bo‘lib, qochishga, qarshilik ko‘rsatishga yoki yordam so‘rashga urinmagan boʻlsa – u holda katta gunoh va ochiq xiyonat qilgan bo‘ladi. Bu ishga boʻysungan va qarshilik koʻrsatmagan ayolning majburlanganligi haqidagi so‘zi qabul qilinmaydi, chunki u qurol bilan tahdid qilish, bog‘lab qoʻyish va shunga o‘xshash narsalarni zikr qilmagan. Agar bu haqiqatan ham aniqlanib, uning beparvoligi tasdiqlansa, nima qilishingiz lozim va unga qanday munosabatda bo‘lish kerak, degan savolga kelsak:

Avvalo, shubhasiz, siz unga va’z-nasihat qilishingiz, Allohni, Uning azobini, oxirat kuni va qiyomat dahshatlarini eslatishingiz, Allohning chegaralarini buzish, erga xiyonat qilish va uning to‘shagini bulg‘ashning xatarli ekanini, shariat zinokor muhson (nikoh koʻrgan ayol) uchun belgilagan toshbo‘ron qilib o‘ldirishdek dahshatli jazoni bayon qilishingiz lozim.

Va’z-nasihatdan so‘ng, agar uning pushaymonligi, afsusi va to‘g‘ri yo‘lga kirganini ko‘rsangiz, u bilan qolishingizning zarari yo‘q, nikohingiz ham sahih sanaladi. G‘olib gumon shuki, bu ayol pushaymon va tavba qilgan, chunki unutilgan bu mavzuni o‘zi ko‘tarib, sizga bayon-u oshkor qildi. Balki bu uning vijdon azobi, xolislikka intilish va eridan kechirim so‘rash istagi tufaylidir. Uning yoshligidagi va Amerikaning johiliyatidagi gunohi, zo‘rlashning boshida istamagan, so‘ngra yumshagan bo‘lishi ehtimoli bilan, ma’siyatga o‘z oyoqlari bilan borgan, uni rejalashtirgan va qasddan qilgan kishining gunohidek emas. Nasihat shuki, agar bu ayolning hozirgi holati istiqomat va qilgan ishiga pushaymonlik bo‘lsa, uni kechiring va afv eting, ayniqsa, undan farzandlaringiz bo‘lsa, uning talog‘i bilan ular zoye bo‘lishi mumkin. Shu bilan birga, bu ayolning tarbiyasi bilan shug‘ullanishda davom etish, uni nazorat qilish va undan uzoq vaqtga ayrilmaslik lozim. Allohdan barchamizning tavbalarimizni qabul qilishini so‘raymiz.

So‘ngra, savolingiz orasida xatarli bir gap oʻtdi, ya’ni sizning: «na masjidga borishga va na namoz o‘qishga rag‘batim qolmadi», degan so‘zingiz. Bu juda ajablanarli, ey musulmon birodar. Nabiy sollallohu alayhi vasallamga biror ish qiyinchilik tug‘dirsa yoki musibat yetsa, namozga shoshilar, Allohga duo qilib, Undan yordam so‘rar edilar va bizga ham shuni o‘rgatganlar. Allohning uylaridan yuz o‘girish, namozni tark etish va duodan yuz oʻgirishni emas. Bunday qilsangiz musibat oningizda kimdan panoh topasiz va baloingiz olovidan kimning himoyasiga qochasiz? Allohga qayting, ey birodar, Undan g‘amingizni ketkazishini va ko‘nglingizni davolashini so‘rang. Sabr va namoz bilan yordam so‘rang, albatta, Alloh sabrlilar bilandir.

Alloh bilguvchiroqdir.

Manba: Shayx Muhammad Solih al-Munajjid

Fatvo manbasi

Maqola borasida fikringiz?

Izoh sababi
Ushbu qator to'ldirilishi shart.

Bu javob foydali bo’ldimi?

0

O’xshash fatvolar

  • Eri uylanmasligini so‘rab duo qilish va agar uylansa taloq so‘rash hukmi

    Turmush qurganimga uch yil bo‘ldi, ammo erim bilan oramizdagi kelishmovchiliklar boshidanoq davom etib kelmoqda. Hatto u meni ikki marta taloq ham qilgan. U tez jahli chiqadigan odam, ba’zan meni uradi ham. Bundan ikki hafta oldin u menga ikkinchi xotinga uylanmoqchi ekanini aytdi. Men bunga chiday olmayapman. Garchi bu shariat unga bergan huquq ekanini bilsam-da, bu mening nafsimga juda og‘ir botmoqda. Bu holatni qabul qilishimni yanada qiyinlashtirgan narsa shuki, u uylanmoqchi bo‘lgan ayol mening dugonalarimdan biri ekan. Men undan bu boradagi fikrini so‘radim, hatto unga erimga turmushga chiqmaslikni maslahat berdim va: «Senga undan ham yaxshiroq er berishini so‘rab Allohga duo qilaman», dedim. Erim bundan xabar topib g‘azablandi va bu katta gunoh ekanini, mening bunday qilishga haqqim yo‘qligini aytdi.Mening savollarim quyidagicha:– Ularning turmush qurmasliklarini so‘rab, ularning ziddiga duo qilishim joizmi? – U ayol bilan gaplashganim va uni bu niyatidan qaytarishga urinishim shariatga xilofmi? – Agar unga uylansa, taloq so‘rashim joizmi? – Agar biror narsaga qasam ichib, so‘ng qasamimni buzsam, bu katta gunohlardan sanaladimi? Bunday holatda zimmamga nima vojib bo‘ladi?Alloh sizlardan rozi bo‘lsin.
  • Xotinning sutini emish hukmi

    Emizikli xotinim bilan jinsiy aloqa qilayotganimda uning sutini ichib yubordim. Uning suti menga halolmi?
  • Eriga xiyonat qilgan ayolga eslatma

    Men 26 yoshli qizman, bir hafta oldin ajrashdim. Bir yil oldin erimning uyini tark etib, ikki yoshli farzandim bilan ota-onamnikiga ketgan edim. Sevgi asosida qurilgan nikohimizning boshida qaynonamning uyida yashadik. Qaynonam hamma narsaga aralasha boshladi va hayot qiyinchiliklarini yengish hamda toʻyimiz uchun olingan qarzni toʻlashda erimga yordam berishim uchun ishlashimni talab qildi. Haqiqatan ham ish topdim, ishladim va unga yordam berdim. Yagona shartim — qaynonamning doimiy aralashuvidan uzoqda, alohida yashashimiz edi. U menga buni vaʼda qilgandi. Uyda hamma narsani qaynonam boshqarardi, erim esa eʼtiroz bildira olmasdi, aks holda onasi uni uydan chiqarib yuborishini aytardi. Qaynonam ham ishlar edi. Erimga kelsak, u bilan ikki yil yashab, uni boshida tanigan odamimdan butunlay boshqacha shaxs ekanini bildim. U shunchaki niqob ekan. U mening bor maoshimni olib qoʻyar, oʻzimga kundalik xarajat uchun ozgina pul berardi. Pulga muhtoj boʻlib qolsa yoki ishini tashlasa, tillalarimni sotishni talab qilardi. Men sotardim, baʼzida u oʻzi ham sotardi. Ota-onamdan qarz olishimni soʻrardi va men olardim. Evaziga esa u menga hech narsa bermasdi, men hamma narsadan mahrum edim. U doim menga: «Vaziyatimizni bilasan-ku, chida», derdi. Hamyonini mashinasida yashirar va unda pul bor-yoʻqligini bilishga haqqim yoʻqligini aytardi. Oramizdagi muammolar koʻpaya boshladi. Men alohida uyga koʻchishni soʻrashda davom etdim, chunki kim kirib, kim chiqayotgani nomaʼlum boʻlgan uyda yashashga oʻrganmagan edim. Uning ajrashgan singlisi bor edi, u ishlar va ish joyida — (bizning hududimizdan tashqaridagi) mehmonxonada tunardi. U ziyoratga kelganida har kecha koʻchaga aylangani chiqib ketar va yarim tundan keyin qaytardi. Bu holat meni qoniqtirmasdi va yoqtirmasdim. «Hurmatli» erimga: «Jamiyat bu uyning aholisi haqida nima deydi? Bu ayb-ku», derdim. U esa: «Men ular bilan gaplashaman, bu menga ham yoqmaydi», deb javob berar va meni gap bilan yupatib yurardi. Oxir-oqibat u menga: «Bu bizning odatlarimiz va tabiatimiz (ular arab boʻlmagan millat vakillari edi), men onam va singlimni yolgʻiz qoldirib, ulardan uzoqda yashay olmayman», dedi. Ota-onamga aytishga ikkilanib yurdim, chunki ular boshidanoq bu nikohga qarshi boʻlishgandi, lekin men undagi xulq va qalb goʻzalligini koʻrib, turib oldim. Qanchalik koʻr boʻlgan ekanman. Oxiri, u onasiga mendan shikoyat qilayotganini, onasi esa uni meni urishga va bolamni tortib olishga undayotganini eshitib qolganimdan soʻng ota-onamga aytdim. Bu oxirgi voqea boʻldi va men uni tark etib, ota-onamning uyiga ketdim. U ikki haftadan keyin nima uchun uydan ketganimni bilish uchun keldi, lekin men unga gaplarini eshitib qolganimni aytmadim. Talabim — ularnikida emas, alohida sharʼiy uy edi. U rozi boʻldi. Uyni koʻrganimizdan va u uyni koʻrgani borganidan soʻng fikridan qaytdi. Bu masala ikki yil davom etdi. Shu vaqt ichida u meni kim bilandir munosabatda boʻlishda va kimdir mening fikrimni buzayotganlikda aybladi. Bunga sabab, otamning bir tanishi meni ish joyimdan olib ketayotganini koʻrib qolgani boʻldi. Oʻsha kuni uni tasodifan ish joyimda uchratgandim, erim esa pastda meni kutib turgan ekan. Menga ozor berishidan qoʻrqib, oʻsha odamdan meni tashlab qoʻyishni iltimos qilgandim. Shundan soʻng u meni yomon otliq qilish uchun odamlar yubordi: yo onasining uyiga qaytaman, yoki huquqlarimdan voz kechib ajrashaman. Men albatta rad etdim va ajrashishga qatʼiy qaror qildim, endi uy ham kerak emas edi. U menga nisbatan «itoat» (toʻat) daʼvosini ikki marta ochdi, oxiri men ajrashish uchun daʼvo arizasi berdim. Lekin oxirgi besh oy davomida men oʻsha otam taniydigan, meni tashlab qoʻygan kishi bilan tasodifan gaplashib qoldim. U mendan taxminan 14 yosh katta. Unga boshimdan oʻtganlarni aytib berdim, u meni qoʻllab-quvvatladi va hayot haqida, odamlar haqidagi baʼzi narsalarni tushuntirdi. Baʼzi narsalarga sukut saqlab boʻlmasligini, bu odam bilan boshidanoq birga boʻlishim xato boʻlganini va hech kimning maslahatiga quloq solmay xato qilganimni aytdi. Keyinchalik bu kishiga nisbatan oʻzimda intilish his qila boshladim. Ichimdan bu qilmishimni xato ekanini bilardim va bu tuygʻu meni doim qiynardi, ayniqsa uni sevib qolganimdan keyin. Bilaman, u ham meni yaxshi koʻradi. Bu narsa rejalashtirilmagan edi. Biz bir necha bor uchrashdik, koʻrishdik, oʻtirdik va koʻp gaplashdik. Hatto u men hali ajrashmasimdan oldin menga uylanmoqchi ekanini aytdi. Men ham buni xohlayman, lekin keyinroq, ayniqsa bu munosabatlar boshlangan sharoit tufayli qarshiliklar boʻlishidan qoʻrqaman. Boshqa bir erkakning nikohida boʻla turib boshqani sevib qolganim uchun Allohdan qoʻrqaman. Vaholanki, erimni tark etganimga bir yil-u uch oy boʻlgan, ajrashganimga esa taxminan ikki hafta boʻldi. Qilgan ishlarim haqida menga yoʻl koʻrsating. Men xato qildimmi? Qilgan ishim harommi? Oʻzim bilan doim ziddiyatdaman va qattiq hayronlikdaman, chunki Allohning gʻazabini keltirishni va gunoh ish qilishni xohlamayman.
  • Internet – Islom mezonida

    Yaqinda Alloh menga Oʻz jannatiga yoʻl ochdi va men musulmon boʻldim. Men Islomning internet haqidagi qarashini bilmoqchiman. Internet xizmatlarini taqdim etuvchi Microsoft kompaniyasiga sarmoya kiritmoq istagim bor. Maʼlumki, internetdan nimani koʻrish foydalanuvchining oʻz ixtiyorida: yalangʻoch ayollarning suratlarimi yoki foydali maʼlumotlarmi?! Biroq, men shuni bilamanki, Amerika Qoʻshma Shtatlaridagi internet foydalanuvchilarining 60 foizi tarmoqdan nooʻrin web-saytlarni koʻrish uchun foydalanadi.
  • Ayolga teginish tahoratni buzadimi?

    Inson kun davomida xotiniga biror narsa berish va olishdan xoli bo‘la olmaydi. Agar tahoratli kishi xotinining qo‘liga tegsa, tahorati buziladimi?
  • Ayolning orqa avratiga yaqinlik qilish hukmi

    Muhtaram shayximiz, ushbu noqulay savolni berganim uchun uzr soʻrayman. Savolim: xotinning orqa avratidan yaqinlik qilishning hukmi qanday?