O'qildi: 34
25.04.2026
/ 8 Zulqada 1447
Fatvo mavzusi: Harom kasblar
Savol
Menga bir bankning kompyuter bo‘limida tizim muhandisi bo‘lib ishlaydigan kishidan sovchi keldi. Bu kasbning hukmini bilmoqchi edim. Yigitning daromadi halolmi yoki yoʻqmi degan xavotirdaman. Ushbu kasbdan keladigan daromad halolmi yoki harommi?
O’xshash fatvolarJavob
Alloh taologa hamdu sanolar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salavot va salomlar bo‘lsin.
Agar zikr qilingan bank sudxo‘rlik (ribo) bilan shug‘ullanadigan bo‘lsa, unda ishlash joiz emas. Bunga quyidagi sahih hadis dalildir.
Jobir roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ribo yeydiganni ham, uni yediruvchisini, kotibini ham, ikki guvohini ham la’natladilar va: «Ular bab-barobardirlar», dedilar» (Sahihi Muslim, 1598).
Alloh taolodan sizga undan ham yaxshiroq joydan ato qilishini so‘raymiz.
Alloh bilguvchiroqdir.
Manba: Shayx Muhammad Solih al-Munajjid.
Bu javob foydali bo’ldimi?