O'qildi: 93
May 30, 2025
/ 21 Zulhijja 1446
Fatvo mavzusi: Eʼtiqod masalalari » Mazhab va firqalar » Samimiylik
Savol
Musulmon ergashishi lozim boʻlgan jamoaning shariat boʻyicha shartlari qanday?
O’xshash fatvolarJavob
Alloh taologa hamdu sanolar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salavot va salomlar bo‘lsin.
Najot topuvchi toifaning xususiyatlari
Najot topuvchi toifa kimlar?
Haqqa ergashish va najot topuvchi firqa, salafi solihlarning izdoshlari boʻlgan ahli sunna val–jamoaning safida boʻlish musulmon kishiga vojibdir. Ularni Alloh uchun yaxshi koʻrishi, ular qayerda boʻlsalar ham, bitta yurtda yoki boshqa joyda boʻlishidan qatʼi nazar, ular bilan ezgulik va taqvo yoʻlida hamkorlik qilishi, ular bilan birga Allohning dinini himoya qAb-ushi lozim.
Najot topuvchi toifaning xususiyatlari haqida bir necha sahih hadislar kelgan.
Quyida ushbu hadislardan baʼzilarini zikr qilamiz:
Muoviya raziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallamning «Ummatimdan bir jamoa Allohning amrini qoim qilib boraveradi. Ularni yolgʻonchiga chiqarganlar ham, ularga qarshi chiqqanlar ham ularga zarar yetkaza olmaydi. Allohning amri kelgunicha ular shu holatda boʻlishadi», deganlarini eshitdim» (Sahihi Buxoriy, 7460).
Umar ibn Xattob raziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam dedilar: «Ummatimdan bir jamoa to qiyomatgacha haq ustida gʻolib boʻladi» (Hokim, Mustadrak: 8609. Sahih hadis).
Mugʻiyra ibn Shuʼba roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallamning «Ummatimdan bir qavmga Allohning amri kelguncha ular odamlar ustidan gʻolib boʻlib turaverishadi», deganlarini eshitdim» (Sahihi Buxoriy, 7459).
Imron ibn Husayn raziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam dedilar: «Ummatimdan bir jamoa haqiqat yoʻlida jang qiladi. Ularga qarshi boʻlganlarga ustun boʻladi. Ularning oxirgisi Masih Dajjol bilan jang qiladi» (Imomi Ahmad, 19920; Abu Dovud, 2484; Alboniy sahih degan).
Bu hadislarning maʼnosidan bir necha hukmlar kelib chiqadi:
Bu hadislar haq ahli uchun bashoratdir. Chunki bu dalillar najot topuvchi jamoa bu dunyoda zafar, gʻalaba va ustunlikka erishishini anglatadi.
Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning «Allohning amri kelguncha» deyishlaridan maqsad — qiyomat yaqinlashganda, mayin shaboda esib, har bir moʻmin va moʻminani jonini oluvchi shabadadir.
Bu «Ummatimdan bir toifa qiyomatgacha haqiqatda boʻladi» degan hadisga zid emas, chunki ularning hammasi haqiqatda boʻlib, qiyomat yaqinlashganda oʻsha shabada ularni olib ketadi.
Najot topuvchi toifaning xususiyatlari
Ushbu hadislar va boshqa rivoyatlardan kelib chiqadigan xususiyatlar quyidagilardir:
Hadislardagi «Zuhur» soʻzi gʻalaba va ustunlik maʼnosida.
Abu Saʼlabadan rivoyat qilingan hadisda, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam dedilar: «Sizlardan keyin kelajakda sabr kunlari boʻladi, u kunlarda sabr qilish xuddi olovli choʻgʻni qoʻlga ushlashdek boʻladi» (Termiziy, 3058, Abu Dovud, 4341, Ibn Moja, 4014, Alboniy sahih degan).
Najot topuvchi toifa kimlar?
Imom Buxoriy: «Ular ahli ilmlar», degan.
Koʻpgina ulamolar taʼkidlaydilarki: Najot topuvchi toifa – ahli hadislardir.
Imom Navaviy aytadi: «Bu toifa turli moʻminlar orasida tarqalgan boʻlishi mumkin: ularning baʼzilari jasur jangchilar, baʼzilari fiqh ahli, baʼzilari hadis roviylari, baʼzilari zohidlar, baʼzilari yaxshilikka buyurib, yomonlikdan qaytaruvchilardir. Shuningdek, ularning orasida boshqa turdagi solih kishilar ham boʻlishi mumkin».
U kishi yana shunday deydi: «Bu toifa moʻminlarning turli guruhlaridan iborat boʻlishi mumkin: jangda jasur va mohir, fiqhni chuqur biladigan, hadis roviylari, mufassirlar, yaxshilikka buyurib, yomonlikdan qaytaruvchilar, zohidlar va obidlar».
Ibn Hajar rahimahulloh bu masalani batafsil bayon qilib aytadilar: «Bu toifa faqat bir joyda toʻplanishi shart emas. Ular bir qitʼada toʻplanishi yoki yer yuzida tarqalib ketgan boʻlishi mumkin. Bir mamlakatda toʻplanishi yoki har-har joyida yashashi ham mumkin. Ular asta–sekin kamayib va nihoyat faqat bir joyda birgina toifa qolishi ham mumkin, keyin esa Allohning amri keladi».
Olimlarning soʻzlari shuni koʻrsatadiki, bu toifa maʼlum bir insonlar guruhiga yoki maʼlum bir joyga bogʻlanmagan. Biroq, ularning oxirgi guruhi Shomda boʻladi va ular Dajjol bilan jang qiladilar, buni Paygʻambar sallallohu alayhi va sallam xabar berganlar.
Shubhasiz, shariat ilmi bilan shugʻullanadiganlar, yaʼni aqida, fiqh, hadis, tafsir, taʼlim, daʼvat va amalda ularni tatbiq qiladiganlar – najot topuvchi toifa sifatiga eng loyiq kishilardir. Chunki bu amallarni hammasi vahiydan olingan toʻgʻri ilm bilan boʻlishi shart.
Allohdan bizni ularning qatoriga qoʻshishini soʻraymiz. Nabiyimiz Muhammadga salavotlar va salomlar boʻlsin.
Alloh taolo bilguvchidir.
Bu javob foydali bo’ldimi?