O'qildi: 8
19.12.2025
/ 28 Jumadal-oxira 1447
Fatvo mavzusi: Dafn marosimlari va qabristonlar
Savol
Musulmon qo‘shnimizning onasi vafot etdi. Biz uni ta’ziya bildirish uchun ziyorat qilmoqchimiz. Buning uchun islomda qanday odatlar mavjud?
O’xshash fatvolarJavob
Alloh taologa hamdu sanolar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salavot va salomlar bo‘lsin.
Agar siz musulmon kishini biron qarindoshining vafoti munosabati bilan ta’ziya bildirmoqchi bo‘lsangiz, uni chiroyli ibora bilan sabrga undaysiz va barcha maxluqotlar oxir-oqibat yo‘q bo‘lib, vafot etishi muqarrar ekanligini eslatasiz.
Yaqinlari yoki qadrdonlarini yo‘qotgan musulmonlarga ta’ziya bildirishning eng yaxshi ifodasini bilmoqchi bo‘lsangiz, u quyidagicha: «Olgani ham, bergani ham Allohniki. U Zotning huzurida har narsaning belgilangan ajali bor. Sabr qiling, savob umidida bo‘ling».
Bu haqda Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan sahih hadis vorid bo‘lgan:
Usoma ibn Zayd roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallamning huzurlarida edik. Shu payt qizlaridan birining elchisi kelib, uning o‘g‘li o‘lim yoqasida turganini aytib, u zotni chaqirdi. Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Uning oldiga borib, unga aytginki, olgani ham, bergani ham Allohniki. U Zotning huzurida har narsaning belgilangan ajali bor. Unga aytgin, sabr qilsin va savob umid qilsin», dedilar» (Sahihi Buxoriy, 7377).
Bu javob foydali bo’ldimi?