Mavzular

Yangi fatvolar

Maqolalar

Kitoblar

Namoz


Saqlanganlar

Murakkab qidiruv


Loyiha haqida

Fikr bildiring

Fatvo: 2183

O'qildi: 283

07.12.2025

/ 16 Jumadal-oxira 1447

Fatvo mavzusi:

Namoz vaqtlari

Savol

Biz uchun asr namozining vaqti kollejdagi ma’ruza vaqtimizga to‘g‘ri keladi. Professor nasroniy bo‘lib, bizga ibodat qilishga imkon bermaydi. Shu bois, namozni ketganimizdan so‘ng, shom namozidan taxminan bir soat oldin o‘qiymiz. Bu ishimizning hukmi qaday boʻladi?

O’xshash fatvolar

Javob

Alloh taologa hamdu sanolar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salavot va salomlar bo‘lsin.

Namozni iloji boricha ertaroq o‘qish afzalroqdir. Siz aytgan vaqtda o‘qiyotgan namozingiz o‘z vaqtida ado etilgan namoz hisoblanadi. Biroq quyosh sarg‘ayguncha namozni kechiktirish joiz emas. Bu masala haqda:

عَنْ عَبْدِ اللهِ بْنِ عَمْرٍو أَنَّ نَبِيَّ اللهِ قَالَ: «إِذَا صَلَّيْتُمُ الْفَجْرَ فَإِنَّهُ وَقْتٌ إِلَى أَنْ يَطْلُعَ قَرْنُ الشَّمْسِ الْأَوَّلُ، ثُمَّ إِذَا صَلَّيْتُمُ الظُّهْرَ فَإِنَّهُ وَقْتٌ إِلَى أَنْ يَحْضُرَ الْعَصْرُ، فَإِذَا صَلَّيْتُمُ الْعَصْرَ فَإِنَّهُ وَقْتٌ إِلَى أَنْ تَصْفَرَّ الشَّمْسُ، فَإِذَا صَلَّيْتُمُ الْمَغْرِبَ فَإِنَّهُ وَقْتٌ إِلَى أَنْ يَسْقُطَ الشَّفَقُ، فَإِذَا صَلَّيْتُمُ الْعِشَاءَ فَإِنَّهُ وَقْتٌ إِلَى نِصْفِ اللَّيْلِ».

Abdulloh ibn Amr roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi: «Allohning Nabiysi sollallohu alayhi vasallam shunday dedilar: «Qachon bomdod namozini o‘qisangiz, uning vaqti quyoshning yuqori gardishi chiqqunchadir. Keyin, qachon peshinni o‘qisangiz, uning vaqti asr vaqti kirgunichadir. Keyin, qachon asrni o‘qisangiz, uning vaqti quyosh sarg‘aygunchadir.* Qachon shomni o‘qisangiz, uning vaqti shafaq yo‘qolgunchadir. Qachon xuftonni o‘qisangiz, uning vaqti kechaning yarmigachadir» (Sahihi Muslim, 612)» (Doimiy qo‘mita fatvolari, 6/121).

عَنِ الْعَلَاءِ بْنِ عَبْدِ الرَّحْمَنِ أَنَّهُ قَالَ: دَخَلْنَا عَلَى أَنَسِ بْنِ مَالِكٍ بَعْدَ الظُّهْرِ، فَقَامَ يُصَلِّي الْعَصْرَ، فَلَمَّا فَرَغَ مِنْ صَلَاتِهِ ذَكَرْنَا تَعْجِيلَ الصَّلَاةِ أَوْ ذَكَرَهَا، فَقَالَ: سَمِعْتُ رَسُولَ اللَّهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ يَقُولُ «تِلْكَ صَلَاةُ الْمُنَافِقِينَ، تِلْكَ صَلَاةُ الْمُنَافِقِينَ، تِلْكَ صَلَاةُ الْمُنَافِقِينَ يَجْلِسُ أَحَدُهُمْ حَتَّى إِذَا اصْفَرَّتِ الشَّمْسُ فَكَانَتْ بَيْنَ قَرْنَيْ شَيْطَانٍ، أَوْ عَلَى قَرْنَيِ الشَّيْطَانِ قَامَ فَنَقَرَ أَرْبَعًا لَا يَذْكُرُ اللَّهَ فِيهَا إِلَّا قَلِيلًا»

Alo ibn Abdurrahmondan rivoyat qilinadi: «Peshindan keyin Anas ibn Molikning oldiga kirdik. Shunda u asrni o‘qish uchun turdi. U namoz o‘qib bo‘lgach, namozni erta o‘qiganini aytdik [yoki aytdi]. U shunday dedi: «Men Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning (asrni kechiktirib o‘qish haqida) shunday deganlarini eshitganman: «U munofiqlarning namozi! U munofiqlarning namozi! U munofiqlarning namozi!* Ulardan biri to quyosh sarg‘aygungacha o‘tiradi. Quyosh shaytonning ikki shoxi orasiga kelganda [yoki «shaytonning ikki shoxi ustiga kelganida»] turib, (to‘rt rak’atni) to‘rt marta cho‘qilagandek o‘qiydi, unda Alloh azza va jallani juda kam zikr qiladi» (Abu Dovud, 413; Hadis hukmi: «sahih». Manba: «Sahihi Abu Dovud», 413).

Alloh bilguvchiroqdir.

Fatvo manbasi

Maqola borasida fikringiz?

Izoh sababi
Ushbu qator to'ldirilishi shart.

Bu javob foydali bo’ldimi?

0

O’xshash fatvolar

  • Namozdagi qunut

    Sizdan namozdagi qunut (ruku’dan keyin qo‘l ko‘tarib duo qilish) haqida so‘ramoqchiman. Bu amal Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning sunnatlaridanmi yoki bu ish ularning holati sababli istisno tariqasida bo‘lganmi? Iltimos, menga javob bering, chunki masjidimiz imomi, Rasulullohdan qaysi namoz afzal, deb so‘ralganda, u zot alayhissalotu vassalom: «Qunuti uzunroq bo‘lgan namoz», deb javob berganlar», deb aytdi.
  • Vitr duosi vojibmi va uni yod bilmasa nima deydi?

    Vitrdagi qunut duosi kabi duolarni yod olishga qiynalaman. Shuning uchun bu duoning oʻrniga biror sura oʻqirdim. Bu duoni oʻqishning farz ekanini bilgach, yod olishga harakat qildim va namoz paytida yonimdagi stol ustidan kitobni olib, qiblaga yuzlangan holda oʻqiydigan boʻldim. Shunday qilishim joizmi?
  • Joynamoz yig‘ishtirilmasa jinlar namoz oʻqib qoʻyadimi?

    Bizda namoz o‘qib bo‘lgach, joynamozni yig‘ishtirib qo‘yish odat tusiga kirgan. Aytishlaricha, agar joynamoz yig‘ishtirib olinmasa, jinlar kelib, uning ustida namoz o‘qir yoki uyga jinlar kirib olar emish! Bu gap menga juda g‘alati tuyuldi, axir ular chindan ham bunda ibodat qilishsa, bu katta baxt-ku, shunday emasmi? Shar’iy manbalarda bu gapning biror asosi bormi yoki bu bid’at tushunchami?
  • Farz namozini bir kunda ikki marta o‘qish hukmi

    Farz namozini ikki marta o‘qishning hukmi nima? Ikkinchi namoz birinchisini botil qiladimi? Agar farz namozini o‘qiyotganingizda namozning vaqti chiqib ketsa, buning hukmi nima?
  • A’uzu va basmala iftitoh duosining bir qismimi?

    Namozdagi a’uzu va basmala (A’uzu billahi minash shaytonir rojiym, so‘ngra «bismillah» deyish) iftitoh duosi boshlanishining bir qismimi? Agar bir kishi imom ortida namoz o‘qisa, u a’uzu va basmalani past ovozda aytishi kerakmi? Namozxon bularni har rakaatda aytishi kerakmi?
  • Bosh kiyimsiz namoz oʻqish

    Namoz paytida shapka yoki bosh kiyim kiyish sunnatdanmi?