Mavzular

Yangi fatvolar

Maqolalar

Kitoblar


Saqlanganlar

Murakkab qidiruv


Loyiha haqida

Fikr bildiring

Bosh sahifa » Fiqh asoslari » Fiqh » Ibodatlar » Poklanish bobi » Tahoratni buzadigan narsalar » Qon chiqishi tahoratni buzadimi?
Fatvo: 2176

O'qildi: 10

Dekabr 5, 2025

/ 14 Jumadal-oxira 1447

Fatvo mavzusi:

Qon chiqishi tahoratni buzadimi?

Savol

Qon namozni buzadi deb hisoblanadimi? Bu haqda ma’lumot berishingizni iltimos qilaman.

O’xshash fatvolar

Javob

Alloh taologa hamdu sanolar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salavot va salomlar bo‘lsin.

Jinsiy a’zodan boshqa joylardan qon chiqishi tahoratni buzishi haqida shar’iy dalil bilmaymiz va asl holatga ko‘ra u buzuvchi emas. Ibodatlar tavqif (vahiyga asoslanish) asosiga qurilgan bo‘lib, hech kimga dalilsiz bu ibodat mashru’ (qonuniy) deb aytish joiz emas. Ba’zi ilm ahli jinsiy a’zodan boshqa joylardan urfga ko‘ra ko‘p miqdorda qon chiqishi tahoratni buzadi deb hisoblaydilar. Agar bunday qon chiqqan kishidan tahorat qilsa, ehtiyot yuzasidan va ixtilofdan chiqish uchun bu yaxshidir. Chunki Payg‘ambar sollallohu alayhi va sallam aytganlar:

عَنْأَبِي الْحَوْرَاءِ السَّعْدِيِّ قَالَ: قُلْتُلِلْحَسَنِ بْنِ عَلِيٍّ: «مَا حَفِظْتَ مِنْ رَسُولِ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ؟ قَالَ: حَفِظْتُ مِنْ رَسُولِ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ، دَعْ مَا يَرِيبُكَ إِلَى مَا لَا يَرِيبُكَ…»

Abul Havro as-Sa’diydan rivoyat qilinadi, u aytdi: Men Hasan ibn Aliga: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan nimani yod olgansiz?» dedim. U dedi: «Men Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan (quyidagini) yod olganman: «Seni shubhaga soladigan narsani qo‘yib, shubha solmaydiganiga o‘t…» (Termiziy, 2518; Hadis hukmi: «sahih». Manba: «Sahihul Jome’», 3378).

Alloh bilguvchiroqdir.

Fatvo manbasi

Maqola borasida fikringiz?

Izoh sababi
Ushbu qator to'ldirilishi shart.

Bu javob foydali bo’ldimi?

0

O’xshash fatvolar

  • Me’dadan chiqqan narsa tahoratni buzmaydi

    Biror narsani ichganda yoki yeganda achchiq modda chiqsa-yu, lekin u oz miqdorda bo‘lib, og‘izni to‘ldirmasa yoki faqat tomoqning yuqori qismiga yetib, yana pastga tushsa, bu tahoratni buzadimi?
  • Ayolning old avratidan yel chiqishi

    Ayolning old avratidan chiqadigan havo tahoratni buzadimi?
  • Qorindagi gazlar harakati

    Agar kishi tahoratli bo‘lsa-yu, qornida gaz ovozini eshitsa, ammo bu gaz orqa avrat orqali chiqmasa, bunday holat haqidagi hukm qanday? U tahoratli holatda qoladimi yoki tahorati buzilgan sanaladimi?
  • Hojatdan keyin siydik tomib qolishi

    Peshob qilish asnosida jinsiy a’zosini siqib, siygandan so‘ng undan tomchi chiqayotgan kishiga nima vojib bo‘ladi? Bu tomchilar u hojatini tugatgandan bir daqiqa yoki undan ko‘proq vaqt o‘tgach, ba’zi hollarda esa tahoratni tugatgandan keyin beixtiyor paydo bo‘ladi. U nima qilishi kerak va agar bir necha marta yuvgandan so‘ng bu holat to‘xtasa, unga nima vojib bo‘ladi?
  • Tahorat va namoz paytida yel chiqishiga shubha qilish

    Bir kishining qornida ko‘p havo, ehtimol gazlar bo‘lishi mumkin, lekin u tahoratni faqat qiyinchilik bilan oladi. Masalan, yuzini yuvayotganda ozgina ovoz eshitiladi va tahorati buzilishidan qo‘rqib, tahoratni boshidan boshlaydi. Xuddi shunday, namoz o‘qiyotganda ham hech qanday hid sezmasa-da, shu holatni his qiladi. Bu muammoning yechimi qanday?
  • Jinsiy a’zolarda qolgan siydik tomchilari hukmi

    Siyib bo‘lganimdan so‘ng jinsiy a’zolarimda siydik tomchilari qolib ketadi. Shuning uchun siydikdan to‘liq tozalanish maqsadida hojatxonada taxminan chorak soat o‘tiraman. Bu, albatta, men uchun toliqtiruvchi va charchatuvchi jarayon. Shundan so‘ng namozga tahorat olaman. Ushbu muammoni bartaraf etish uchun bir necha shifokorlarga murojaat qildim, tahlillar topshirdim, turli dori-darmonlarni qo‘lladim, ammo natija bermadi. Qolgan siydik tomchilaridan yaxshilab tozalanib, tahorat olib, namozga kirishaman. Namoz o‘qiyotganimda jinsiy a’zolarimda tomchilar qolgandek, tashqariga chiqmoqchi bo‘layotgandek his qilaman. Albatta, bu men uchun muammo va noqulaylik tug‘diradi, ayniqsa jamoat namozida, keyin esa siydikning qolgan tomchilarini sezib qolaman. Hojatxonada o‘tirganimda ular darhol chiqmasligi mumkin, bu esa meni namozimni qayta o‘qishga majbur qilishi yoki namozimning to‘g‘riligiga shubha tug‘dirishi mumkin. Iltimos, menga bu masalada aniq fatvo bilan maslahat bering.