Mavzular

Yangi fatvolar

Maqolalar

Kitoblar


Saqlanganlar

Murakkab qidiruv


Loyiha haqida

Fikr bildiring

Bosh sahifa » Fiqh asoslari » Fiqh » Harom pullari bilan halol pullari aralashib ketgan kishining tavbasi
Fatvo: 26

O'qildi: 248

30.05.2025

/ 3 Zulhijja 1446

Fatvo mavzusi: » » » »

Harom pullari bilan halol pullari aralashib ketgan kishining tavbasi

Savol

Kishi tamaki (sigareta) savdosidan topgan pulini nima qilishi kerak, shuningdek, agar boshqa haloldan topgan pullari ham bor bo‘lib, aralashib ketgan bo‘lsa, nima qilsin?

O’xshash fatvolar

Javob

Alloh taologa hamdu sanolar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salavot va salomlar bo‘lsin.

Kimki harom narsalar savdosi nojoizligini bila turib, masalan, musiqa asboblari, behayo video yoki audio tasmalar va sigaretalar kabi narsalar sotib tirikchilik qilgan bo‘lsa, so‘ngra tavba qilgan bo‘lsa, ushbu harom savdodan kelgan foydalarini sadaqa sifatida chiqarmaydi, zero Alloh pokdir va faqat pok narsalarni qabul qiladi. Ammo, bu pullarni haromdan qutulish maqsadida (ajr olish maqsadida emas) turli xayr ishlarga sarflashi kerak bo‘ladi.

Agar bu kabi harom pullar kishining boshqa halol pullari bilan aralashib ketgan bo‘lsa, masalan, do‘kon egasi joiz tovarlar bilan birga sigaret savdosi bilan ham shug‘ullangan bo‘lsa, u holda u o‘z molidagi harom pullar miqdorini kuchi yetgancha chamalaydi va umumiy molimdan shuncha pulni ajratsam, molim haromdan tozalanadi, degan miqdorni chiqaradi (ya’ni, tepada aytilganidek, sadaqa sifatida emas, balki haromdan qutulish maqsadida turli xayr ishlarga sarflash uchun chiqaradi). Alloh albatta u chiqargan miqdor o‘rnini to‘ldiradi, zero U marhamati keng va Karim Zotdir.

Qoida shuki, kimnidir haromdan topgan boyligi bo‘lib, endi bundan tavba qilmoqchi bo‘lsa, uning holati quyidagi ikki holatdan biri bo‘ladi:

  1. Agar kishi haromdan tirikchilik qilgan vaqtida kofir bo‘lgan bo‘lsa, u holda tavba qilganida harom yo‘l bilan topgan molini chiqarib tashlashi shart qilinmaydi. Chunki sahobalar islomni qabul qilganlarida Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam ulardan haromdan topgan mollarini chiqarib tashlashni talab qilmaganlar.
  2. Agar u haromdan tirikchilik qilgan vaqtida musulmon bo‘lgan va bunday tiriklik haromligini bilgan bo‘lsa, tavba qilgan paytida umumiy mol-mulki orasidan haromdan kasb qilgan o‘sha boyligini chiqarib tashlashi lozim bo‘ladi.

Fatvo manbasi

Maqola borasida fikringiz?

Izoh sababi
Ushbu qator to'ldirilishi shart.

Bu javob foydali bo’ldimi?

2

O’xshash fatvolar

  • Musulmonning kofirdan olgan merosini sadaqa qilishi

    Mening musulmon bo‘lmagan amakim vafot etdi va uning mendan boshqa merosxo‘ri yo‘q. Uning merosini olib, turli xayriya ishlariga sarflashim joizmi?
  • Qur’onni o‘pish hamda qiroat paytida tebranish

    Ba’zi birodarlar shariatda asli bo‘lmagan amallarni qilishayotganini ko‘rdim. Men ularni bid’at amallar deb o‘ylasam-da, buni ishonchli manbalar bilan tasdiqlay olmayman. Agar bu amallar to‘g‘ri bo‘lmasa, ularni hikmat bilan to‘g‘rilashga harakat qilmoqchiman. 1. Duodan keyin barmoqlarga puflab, bosh barmoqlar bilan ko‘zlarni silash; 2. Duoni doimo Fotiha surasi bilan tugatish; 3. Qur’onni ko‘targanda va qo‘yishdan oldin o‘pish; 4. Namozda o‘tirganda yoki Qur’on o‘qiyotganda tebranish.
  • Ayollarnikidek ko‘kragi bor kishi haqida

    Ayollarnikiga o‘xshash ko‘kragi bor kishining uni kichraytirish uchun jarrohlik amaliyotini o‘tkazishi joizmi?
  • Tanadagi tuklarni butunlay yo‘qotish hukmi

    Tanadagi tuklarni butunlay yo‘qotishning ba’zi usullari mavjud bo‘lib, ular tuk o‘sishini batamom to‘xtatadi. Bunday usullardan foydalanish ruxsat etilganmi?
  • Qiroatdan so‘ng «Sodaqallohul a’ziym» deyish

    Qur’on tilovatidan so‘ng «Sodaqallohul a’ziym» deyish bid’atmi?
  • Qazo namozlar haqida

    Namoz o‘qishda e’tiborsizlikka yo‘l qo‘ygan kishining namozlari hukmi qanday bo‘ladi? Oramizda namozlarini bir o‘qib, bir o‘qimaydiganlar ko‘p. Ba’zilar o‘ttiz yoki qirq yoshdan keyin namozlarni muntazam o‘qishni boshlaydilar. Ular o‘qishda e’tiborsizlik qilgan qazo namozlari va Ramazon ro‘zalarining hukmi qanday bo‘ladi?