Mavzular

Yangi fatvolar

Maqolalar

Kitoblar


Saqlanganlar

Murakkab qidiruv


Loyiha haqida

Fikr bildiring

Bosh sahifa » Fiqh asoslari » Fiqh » Ibodatlar » Dafn marosimlari va qabristonlar » Marhumni eslab mahzun bo‘lish unga qabrida zarar yetkazadimi?
Fatvo: 2072

O'qildi: 35

19.11.2025

/ 28 Jumadal-ula 1447

Fatvo mavzusi:

Marhumni eslab mahzun bo‘lish unga qabrida zarar yetkazadimi?

Savol

Aytilishicha, tirik odam marhumni eslasa, masalan, farzand vafot etgan otasini har doim, har yerda va har vaqtda xotirlab, xafa bo‘lib, yig‘lab, hissiyotga berilsa – bu marhumga ta’sir qilib, unga zarar yetkazar va unga azob berar ekan. Shu sababli, marhumni g‘am-anduh, ko‘z yoshi va ruhiy iztirob bilan eslamasdan, balki faqat duo qilish, gunohlarini kechirishni so‘rash va Allohdan rahmat tilash bilan cheklanish tavsiya etiladi. Bu fikrda nima to‘g‘ri-yu, nima noto‘g‘ri? Alloh sizga yaxshilik ato etsin. Marhumlar haqida nima qilish kerak? Alloh sizni yaxshilik bilan mukofotlasin.

O’xshash fatvolar

Javob

Alloh taologa hamdu sanolar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salavot va salomlar bo‘lsin.

عَنْ عَبْدِ اللهِ بْنِ عُمَرَ قَالَ: «اشْتَكَى سَعْدُ بْنُ عُبَادَةَ شَكْوَى لَهُ، فَأَتَاهُ النَّبِيُّ يَعُودُهُ مَعَ عَبْدِ الرَّحْمَنِ بْنِ عَوْفٍ، وَسَعْدِ بْنِ أَبِي وَقَّاصٍ، وَعَبْدِ اللهِ بْنِ مَسْعُودٍ، ﵃، فَلَمَّا دَخَلَ عَلَيْهِ، فَوَجَدَهُ فِي غَاشِيَةِ أَهْلِهِ، فَقَالَ: قَدْ قَضَى؟. قَالُوا: لَا يَا رَسُولَ اللهِ، فَبَكَى النَّبِيُّ ﷺ، فَلَمَّا رَأَى الْقَوْمُ بُكَاءَ النَّبِيِّ بَكَوْا، فَقَالَ: أَلَا تَسْمَعُونَ، إِنَّ اللهَ لَا يُعَذِّبُ بِدَمْعِ الْعَيْنِ، وَلَا بِحُزْنِ الْقَلْبِ، وَلَكِنْ يُعَذِّبُ بِهَذَا وَأَشَارَ إِلَى لِسَانِهِ أَوْ يَرْحَمُ، وَإِنَّ الْمَيِّتَ يُعَذَّبُ بِبُكَاءِ أَهْلِهِ عَلَيْهِ. وَكَانَ عُمَرُ يَضْرِبُ فِيهِ بِالْعَصَا، وَيَرْمِي بِالْحِجَارَةِ، وَيَحْثِي بِالتُّرَابِ»

Abdulloh ibn Umar roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi: «Sa’d ibn Uboda roziyallohu anhu betob bo‘lib qoldi. Nabiy sollallohu alayhi vasallam Abdurrahmon ibn AvAbuSa’d ibn Abu Vaqqos va Abdulloh ibn Mas’ud roziyallohu anhum bilan uni ko‘rgani keldilar. Uning oldiga kirganlarida, uni o‘z ahlining qurshovida ko‘rdilar. U zot: «Qazo qildimi?» dedilar. «Yo‘q, ey Allohning Rasuli», deyishdi. Nabiy sollallohu alayhi vasallam yig‘ladilar. U zotning yig‘laganlarini ko‘rAbu odamlar ham yig‘lashdAbuShunda u zot dedilar: «Eshitib qo‘yinglar, albatta, Alloh ko‘z yoshi va qalb mahzunligi bilan azoblamaydi, lekin mana bu bilan azoblaydi yoki rahm qiladi – deb tillariga ishora qildilar. – Albatta, mayyit o‘z ahlining uAbu yig‘lagani uchun azoblanadi». Umar roziyallohu anhu buning uchun (ya’ni mayyitga yig‘langanda) aso bilan urar, tosh otar va tuproq sochar edi» (Sahihi Buxoriy, 1304).

Ulamolar bu hadisni sharhlab, agar marhum o‘z oilasiga jahiliyat davridagidek yig‘i-sig‘i qilishni vasiyat qilgan bo‘lsa, yoki ular dod-faryod qilishni odat qilgan bo‘lib, u esa ularni ogohlantirmagan bo‘lsa, shunda u bunga mas’ul bo‘ladi, deb aytishgan. Ba’zilar esa buni «azob» deb atalishi – bu do‘zax azobi emas, balki uning foyda bermaydigan amallaridan aziyat chekishi, ranjishi deb izohlagan.

Ammo shunchaki marhumni eslash, xafa bo‘lish va «Inna lillahi va inna ilayhi roji‘un» («Albatta, biz Allohnikimiz va Unga qaytuvchilarmiz») deyish man qilinmagan. Chunki bu inson tabiatidan kelib chiqadigan narsa bo‘lib, uni to‘liq nazorat qilish qiyin. Agar inson marhumni eslab, «Inna lillahi va inna ilayhi roji‘un» desa va Robbisidan sabr, taskin va musibat o‘rniga yaxshiroq narsani so‘rab duo qilsa, Alloh unga ajr va savob beradi.

Alloh bilguvchiroqdir.

Fatvo manbasi

Maqola borasida fikringiz?

Izoh sababi
Ushbu qator to'ldirilishi shart.

Bu javob foydali bo’ldimi?

0

O’xshash fatvolar

  • Marhumga bagʻishlanadigan «6 amal» | Mayyitga o‘limidan keyin nima foyda beradi? U tiriklarning gaplarini eshitadimi?

    Otam ikki hafta avval vafot etdi. Shuni bilmoqchimanki, men va oila a’zolarim uning qabrini ziyorat qilganimizda, u bizni va unga aytayotgan gaplarimizni eshita oladimi? Agar eshita olmasa, gaplarimizni unga eshittirishning biror yo‘li bormi? Iltimos, savolimga tezroq javob bering, chunki buni bilishim zarur. Javob menga boshdan kechirayotgan qayg‘umda yordam beradi deb o‘ylayman.
  • Marhumlar tiriklarni yalangʻoch holda koʻrishadimi?

    Ayollarning qabrlarni ziyorat qilishi joiz emasligi haqida eshitganmiz, sababi marhumlar tiriklarni yalangʻoch holda koʻradilar emish. Ammo men bunday ekaniga ishonmayman. Onam va singlim otamning qabrini ziyorat qilishni xohlashadi, hatto ziyorat qilishgan ham. Buning hukmi nima?