Mavzular

Yangi fatvolar

Maqolalar

Kitoblar


Saqlanganlar

Murakkab qidiruv


Loyiha haqida

Fikr bildiring

Bosh sahifa » Fiqh asoslari » Fiqh » Ibodatlar » Poklanish bobi » Tahorat » Tahoratda kaftni yuvmaslik
Fatvo: 2069

O'qildi: 41

Noyabr 18, 2025

/ 27 Jumadal-ula 1447

Fatvo mavzusi:

Tahoratda kaftni yuvmaslik

Savol

Tahorat asnosida qo‘lini bilakdan tirsakkacha yuvib, kaftini tahoratning avvalida yuvganligi bilan kifoyalanib, ikkinchi bor yuvmaslikning hukmi qanday? Bu holda qayta tahorat olish lozim bo‘ladimi?

O’xshash fatvolar

Javob

Alloh taologa hamdu sanolar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salavot va salomlar bo‘lsin.

Tahoratda faqat bilakni yuvib, kaftni yuvmaslik joiz emas. Yuzni yuvishni tugatgach, qo‘llarni yuvish boshlanadi, har bir qo‘lni barmoq uchlaridan tirsaklargacha yuviladi. Agar kaftlarni yuzdan oldin yuvgan bo‘lsa ham, birinchi yuvish sunnat, yuzni yuvgandan keyingi qoʻllarni yuvish esa farz.

Qo‘llarini yuvishda bilakdan tirsakkacha yuvish bilan cheklangan kishi talab qilingan farzni to‘liq bajarmagan hisoblanadi. Shuning uchun u tahoratni to‘liq qayta olishi yoki agar vaqt koʻp oʻtmagan bo‘lsa, qoldirgan qismini, ya’ni kaftlarini va ulardan keyingi qismlarni ham yuvishi lozim.

Alloh bilguvchiroqdir.

Fatvo manbasi

Maqola borasida fikringiz?

Izoh sababi
Ushbu qator to'ldirilishi shart.

Bu javob foydali bo’ldimi?

0

O’xshash fatvolar

  • Tahorat paytida bintga mas’h tortish

    Oyog‘imda chipqonga o‘xshash yara paydo bo‘ldi va davolash uchun tahorat paytida suv tegmasligi uchun yara joyini bint bilan bog‘lashim kerak bo‘ldi. Bunday holatlarda tahoratning hukmi qanday?
  • Bo‘yinga mash tortish sunnatda bormi?

    Tahorat paytida bo‘yinga mas’h tortish joizmi yoki bu Allohning Kitobida va Muhammad sollallohu alayhi vasallamning sunnatida aytilmaganmi?
  • Yalang‘och holda tahorat olish hukmi

    Erkakning avrati kindikdan tizzagacha bo‘ladi. Yalang‘och holda yoki tizzani yopmaydigan kalta ishton kiyib tahorat olishning hukmi qanday?
  • Tishlar orasidagi taom qoldiqlari bilan tahorat olish hukmi

    Ovqatlanish paytida ba’zi taom qoldiqlari tishlar orasida qoladi. Agar biz tahorat yoki g‘usl qilsak-u, bu qoldiqlarni tozalay olmasak, tahorat yoki g‘usl durust bo‘ladimi?
  • Issiq suvda tahorat olish hukmi

    Issiq suvda tahorat olishning hukmi qanday?
  • Tahoratda burunga suv tortish vojibmi?

    Namozga tahorat olib, namoz asnosida burunga suv tortmasdan tahorat olganimni eslab qoldim. Mening tahoratim va namozimning hukmi nima?