Mavzular

Yangi fatvolar

Maqolalar

Kitoblar


Saqlanganlar

Murakkab qidiruv


Loyiha haqida

Fikr bildiring

Bosh sahifa » Odob-axloq va maʼnaviyat » Odob » Ismlar, kunyalar va laqablar » Kimnidir otasining ismidan boshqa nomga nisbat berishning hukmi
Fatvo: 1942

O'qildi: 52

Noyabr 9, 2025

/ 18 Jumadal-ula 1447

Fatvo mavzusi:

Kimnidir otasining ismidan boshqa nomga nisbat berishning hukmi

Savol

Ayol islomga kirish oldidan familiyasini erining familiyasiga o‘zgartirgan. Hozir islomni qabul qilganidan so‘ng u erini tark etgan va o‘zining islomiy shaxsiyatini ta’kidlash uchun ismini islomiy ismga rasmiy ravishda o‘zgartirmoqchi. Shuningdek, u familiyasini yana bir bor o‘z oilasining familiyasiga o‘zgartirmoqchi, ammo u otasining familiyasiga emas, ona tarfadan bobosining familiyasini olmoqchi, chunki otasi bilan o‘rtalarida kelishmovchilik bor va aytishicha, otasi uning tarbiyasida ishtirok etmagan. Ayol onasining nikohdan oldingi familiyasini olishi mumkinmi?

O’xshash fatvolar

Javob

Alloh taologa hamdu sanolar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salavot va salomlar bo‘lsin.

Bu ayol qilmoqchi bo‘lgan amal, ya’ni ismini islomiy ismga o‘zgartirish va sobiq erining familiyasidan voz kechish to‘g‘ri ishdir. Biroq uning haqiqiy otasidan boshqasiga nisbat berilishi sabab nima bo‘lishidan qat’i nazar mutlaqo joiz emas. Alloh taolo marhamat qiladi:

﴿ادْعُوهُمْ لِآبَائِهِمْ﴾

«Ularni o‘z otalari (ismi) bilan chaqiringlar» (Ahzob: 5).

عَنِ ابْنِ عَبَّاسٍ قَالَ: قَالَ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: «مَنِ انْتَسَبَ إِلَى غَيْرِ أَبِيهِ أَوْ تَوَلَّى غَيْرَ مَوَالِيهِ، فَعَلَيْهِ لَعْنَةُ اللَّهِ وَالْمَلَائِكَةِ وَالنَّاسِ أَجْمَعِينَ».

Ibn Abbos roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi: Nabiy sollallohu alayhi va sallam aytadilar: «Kim o‘zini otasidan boshqasiga nisbat bersa, yoki oʻz mavlosidan (uni qullikdan ozod qiluvchisidan) boshqaga mansublik qilsa, unga Allohning, farishtalarning va barcha odamlarning la’nati bo‘lsin». (Ibn Moja, 2609; Hadis hukmi: «sahih». Manba: «Sahihul Jome’», 6104).

Alloh tavfiq berguvchidir.

Fatvo manbasi

Maqola borasida fikringiz?

Izoh sababi
Ushbu qator to'ldirilishi shart.

Bu javob foydali bo’ldimi?

0

O’xshash fatvolar

  • Harom va makruh ismlar

    Islomda taqiqlangan va qo‘yish mumkin bo‘lmagan ismlar bormi? Ular qaysilar?
  • Islomga yangi kirgan kishi oʻz ismini qanday oʻzgartirishi kerak?

    Tugʻilganimda otam meni kofirlik eʼtiqodlarini ifodalovchi ism bilan atagan ekan. Islomni qabul qilganimdan soʻng, ismimni islomiy ismga oʻzgartirdim. Bu qilgan ishim toʻgʻrimi?