Mavzular

Yangi fatvolar

Maqolalar

Kitoblar


Saqlanganlar

Murakkab qidiruv


Loyiha haqida

Fikr bildiring

Bosh sahifa » Ilm va daʼvat » Daʼvat » Gʻayridinlarni Islomga chaqirish » Ayolini Islomdan toʻsgan kofir er
Fatvo: 1917

O'qildi: 146

Noyabr 6, 2025

/ 15 Jumadal-ula 1447

Fatvo mavzusi:

Ayolini Islomdan toʻsgan kofir er

Savol

Men anchadan beri Islomni o‘rganib, amal qilib kelaman va uni rasman qabul qilishni xohlayman, ammo jiddiy qiyinchiliklarga duch kelmoqdaman. Turmush o‘rtog‘im bilan uzoq vaqtdan beri oilaviy muammolarni boshdan kechiryapmiz. Hozirda ahvolimiz yaxshilangan bo‘lsa-da, bu holat uzoq davom etishiga ishonchim komil emas, chunki erim tez-tez g‘azablanadi va juda asabiy. Advokatimiz maslahatidan so‘ng, ajrashish haqida jiddiy o‘ylay boshladim. Muammo shundaki, men endi uni sevmayman. Buning ustiga, u menga Islomni qabul qilishimga yo‘l qo‘ymasligini, o‘zi ham qabul qilmasligini va men musulmon bo‘lgandan ko‘ra ajrashishni afzal ko‘rishini aytdi. Yana bir muammo – ikki qizim hind maktabida o‘qiydi. Men Islomga kirganimdan so‘ng, ular borasida shariatning hukmi qanday bo‘ladi? Yaqinda bir musulmon yigit bilan tanishdim. U meni yaxshi ko‘radi, men ham uni juda sevib qoldim. U menga ikki marta uylanishni taklif qildi. Biz o‘rtamizda hech qanday jismoniy aloqa yo‘q va buni xayolimga ham keltirmaganman. U qizlarimni ham qabul qilishga tayyor, agar ular ham Islomni qabul qilishsa. Yigit yil oxirigacha kutishini aytdi, chunki boshqa ayollar bilan ham turmush qurishi mumkin ekan, lekin ulardan ko‘ra meni afzal ko‘rar ekan. Ko‘p masalalarda qat’iy qarorlar qabul qilishim kerak. Shu bilan birga, oilamizni saqlab qolishga urinayotgan erim uchun o‘zimni aybdor his qilyapman va unga achinaman. Ammo, afsuski, din oramizda katta to‘siq bo‘lib turibdi.

O’xshash fatvolar

Javob

Alloh taologa hamdu sanolar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salavot va salomlar bo‘lsin.

Modomiki ringiz sizni Islomga kirishdan man etsa, o‘zi ham qabul qilmasa, Islomdan ko‘ra ajralishni afzal ko‘rsa, va siz uni haq dinga ishontirishga qanchalik urinmang foyda bermasa, bu uning qalbida yaxshilik yo‘qligini bildiradi. Siz uni jahldor, asabiy va qo‘pol tabiatli, tuzalishi vaqtinchalik ekanligini va uni umuman sevmasligingizni aytmoqdasiz. Bu odam xalq tilidagi «na dini va na dunyosi bor», degan iboraga mos tushadi. Shunday ekan, u bilan qolishning nima ma’nosi bor?

Bu vaziyatda sizga maslahatim – darhol u bilan ajrashing va ikki qizingizni Islomga muvofiq tarbiyalash uchun ularning vasiyligini olishga harakat qiling. Bunday holatlarda Islom shariatining hukmi – ajralish vaqtida vasiylik er-xotindan musulmon bo‘lgan tarafga beriladi, chunki Islom ustun bo‘ladi va boshqa din Islomdan ustun sanalmaydi.

Ikkinchi masalaga kelsak, siz musulmon deb atayotgan bu odamga nisbatan, uning iffatli, fahsh va buzuqlikka berilmagan odam ekanligiga ishonch hosil qilishingiz va nikohdan oldin u bilan har qanday aloqadan saqlanishingiz kerak. Agar uning iffati va dinining durustligi isbotlansa, hozirgi eringiz bilan ajrashganingizdan so‘ng islomiy idda muddati tugaganidan keyin unga turmushga chiqishingizni maslahat beraman.

Allohdan sizga O‘z rahmati ila g‘amxo‘rlik qilishini, yaxshilikni oson qilishini, bu dinga kirishingizda yordam berishini va sizni kufrdan hamda uning ahlidan qutqarishini so‘raymiz. Fir’avnning mo‘mina xotini va uning kofir eri haqidagi qissani eslang. Alloh u haqda shunday degan:

﴿وَضَرَبَ اللَّهُ مَثَلًا لِلَّذِينَ آمَنُوا امْرَأَتَ فِرْعَوْنَ إِذْ قَالَتْ رَبِّ ابْنِ لِي عِنْدَكَ بَيْتًا فِي الْجَنَّةِ وَنَجِّنِي مِنْ فِرْعَوْنَ وَعَمَلِهِ وَنَجِّنِي مِنَ الْقَوْمِ الظَّالِمِينَ۝١١﴾

«Alloh iymon keltirgan zotlar (va ular o‘zlari haqiqiy mo‘min bo‘lsalar, yaqin odamlarining kofir holda bo‘lishi ularga ziyon qilmasligi) haqida Fir’avnning ayolini misol keltirdi. O‘shanda (ya’ni, Fir’avn u ayolning Muso payg‘ambarga iymon keltirganini bilib qolgach, azoblagan chog‘ida) u: «Parvardigorim, O‘zing men uchun huzuringda — jannatda bir uy bino qilgin, menga Fir’avn va uning qilmishidan najot bergin va menga bu zolim qavmdan najot bergin», dedi» (Tahrim: 11). Payg‘ambarimiz Muhammadga Allohning salovoti bo‘lsin.

Fatvo manbasi

Maqola borasida fikringiz?

Izoh sababi
Ushbu qator to'ldirilishi shart.

Bu javob foydali bo’ldimi?

0

O’xshash fatvolar

  • Haq din izlayotgan tadqiqotchidagi shak-shubhalar

    Men Islom diniga qiziquvchi g‘ayrimusulmonman va izlanishlarim davomida meni hayratlanlantirgan ba’zi ma’lumotlarga duch keldim. Men Ibrohim va Ismoil Ka’badan barcha butlarni olib tashlashgan, lekin «Iloh» degan bir but qolgani haqida ma’lumot o’qidim. Unda «Alloh» ismi shundan olingan va bu iloh butparastlikda oy xudosi bo‘lgan, uning ramzi hilol bo‘lgan va ramazon oyi oy harakatiga qarab belgilanishi aytilgan. Men bunday din mavjud bo‘lganmi yoki yo‘qmi va Islom haqiqatan ham butparastlik an’anasiga bog‘liqmi, shu haqida bilmoqchi edim.
  • Da’vatdagi ilk qadam

    Agar kimdir boshqa bir insonni Islomga da’vat etmoqchi bo‘lsa, u da’vatni qanday boshlashi va nimaga da’vat qilishi kerak?
  • Musulmonga turmushga chiqish uchun Islomga kirish

    Mening asli Pokistonlik musulmon do‘stim (yigitim) bor. U hozir Yevropadagi bir davlatda yashamoqda, men esa Yevropaning boshqa bir davlatida yashayman va men nasroniy diniga e’tiqod qilaman. U mendan unga turmushga chiqishimni so‘radi va men rozi bo‘ldim, ammo muammo uning oilasida. Ular unga kelin tanlab qo‘yishgan, lekin u o‘sha qizga uylanishni xohlamaydi. Biroq, agar men Islomga kirmasam, u otasining hurmati uchun har qanday narsaga rozi bo‘lishi mumkin. Agar shunday yoʻl tutsam, u otasi bizning nikohimizga rozi bo‘lishiga umid qilyapti. Buni bilgach, undan: «Oilangiz sizning g‘arblik qizga uylanishingizga qanday munosabat bildiradi?», deb so‘radim. Biroq u bu savolga javob bera olmadi. Endi mening savolim: uning oilasining bu masalaga munosabati haqida qanday fikrdasiz? Agar men musulmon bo‘lsam, otasi rozi bo‘lishi mumkinmi?
  • Islomga kirish uchun boshlang‘ich nuqta

    Men haqiqiy Islom diniga qiziqish bildirgan odam uchun boshlang‘ich nuqta borligini bilmoqchiman, chunki bu haqda turli xil javoblar olgandim.
  • Kofir yaqinining hidoyatini soʻrab duo qilish

    Alloh menga yaqin bo‘lgan odamning qalbini Islomga ochishi uchun qanday duo qilish yoki qaysi oyatni o‘qish maqsadga muvofiq bo‘ladi?
  • Xatna qilish va yangi musulmon uchun ism tanlash

    Men Daniyalik yigitman, ancha vaqtdan beri Islom diniga qiziqib kelaman. Hozir shunday bosqichga yetdimki, toʻlaqonli musulmon bo‘lishga qat’iy qaror qildim. Mening savollarim quyidagicha:1. Musulmon bo‘lish uchun xatna qilingan bo‘lishim kerakmi (buni mamnuniyat bilan qabul qilaman)? Buni shifokor yoki imom bajaradimi yoki o‘zim qila olamanmi? 2. Musulmon bo‘lganimda ismimni o‘zgartirish haqiqatan ham quvonchli voqea bo‘lishini his qilyapman. Quyidagi ismlardan qaysi biri yangi ismim sifatida eng maqbul bo‘lishini bilmoqchiman: Qosim, Osim, Taymulloh yoki Said. Xabarimga javob bersangiz, minnatdor bo‘lardim.