O'qildi: 213
Oktabr 13, 2025
/ 21 Rabiul-oxir 1447
Fatvo mavzusi: Nikoh odobi
Savol
To‘y kechasi kuyov kelinning oldiga kirganda sunnatga amal qilishning mezoni nima? Chunki ko‘pchilikka bu kecha «Baqara» surasini tilovat qilish va namoz o‘qish kerakligi haqidagi tushuncha chalkashlik tug‘diradi. Bu esa bugungi kunda ko‘pchilik orasida odatiy holga aylanib qolgan.
O’xshash fatvolarJavob
Alloh taologa hamdu sanolar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salavot va salomlar bo‘lsin.
Kuyov kelinning oldiga birinchi marta kirganda, qo‘lini uning peshonasiga qo‘yadi. Soʻngra:
«Allohim, Sendan uning yaxshiligini va Sen unda yaratib qo‘ygan narsaning yaxshiligini so‘rayman, uning yomonligidan va Sen unda yaratib qo‘ygan narsaning yomonligidan panoh so‘rayman», deydi.
Bunga dalil:
Amr ibn Shuayb otasidan, u bobosi roziyallohu anhudan rivoyat qiladi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam shunday dedilar: «Birortangiz bir ayolga uylansa yoki xodim sotib olsa, «Allohumma, innii as’aluka xoyrohaa va xoyro maa jabaltaha ’alayhi va a’uuzu bika min sharrihaa va min sharri maa jabaltahaa ’alayhi» (ya’ni, Allohim, Sendan uning yaxshiligini va Sen unda yaratib qo‘ygan narsaning yaxshiligini so‘rayman, uning yomonligidan va Sen unda yaratib qo‘ygan narsaning yomonligidan panoh so‘rayman), desin. Tuya sotib olsa, uning o‘rkachining tepasidan ushlab turib ham xuddi shunday desin». Abu Dovud aytadi: «(Roviy) Abu Sa’id «(U zot xotin va xodim haqida) «So‘ngra uning peshona sochidan ushlab, baraka tilab duo qilsin», dedilar» deb qo‘shimcha qilgan» (Abu Dovud, 2160; Hadis hukmi: «hasan». Manba: «Al-Kalim at-toyyib», 208).
Agar erkak kishi ayolning peshonasidan ushlab, shu duoni aytsa, ayol bezovta bo‘lib qolishidan xavotir olsa, u holda ayolning peshonasini o‘pmoqchi bo‘lgandek ushlab ko‘rishi va ayolga eshittirmasdan ichida shu zikrni aytishi mumkin. Er bu duoni tili bilan talaffuz qilishi kerak, lekin ayolga eshittirmasin, toki kelin bezovta bo‘lmasin.
Agar ayol ilm tolibasi bo‘lib, bu amal shariatda buyurilganini bilsa, erkakning bu amalni unga koʻrsatib qilishi va ayolga eshittirishining zarari yo‘q.
Xotini bor xonaga kirganda ikki rakaat namoz o‘qishga kelsak, bu ba’zi salaflardan rivoyat qilingan, ya’ni ular shunday qilishgan. Agar shunday qilsa yaxshi, qilmasa ham zarari yo‘q.
Ammo «Baqara» surasi yoki boshqa suralarni o‘qish masalasiga kelsak, bu amalning biror sahih asosi bor-yo‘qligini bilmayman.
Bu javob foydali bo’ldimi?