O'qildi: 54
Oktabr 10, 2025
/ 18 Rabiul-oxir 1447
Fatvo mavzusi: Jinlar, sehr va nazarga iymon
Savol
Men sehrgarlik haqida ma’lumot olishni xohlayman. Uning ta’siri qanday? Sehrgar undan odam o‘ldirish uchun foydalanishi mumkinmi?
O’xshash fatvolarJavob
Alloh taologa hamdu sanolar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salavot va salomlar bo‘lsin.
Ha, sehrning ba’zi turlari o‘ldirishi mumkin. Ulamolar qasddan odam o‘ldirishning turlarini aytib, kimki boshqa bir insonni ko‘pincha o‘limga olib keladigan sehr bilan o‘ldirsa, undan qasos olish vojib bo‘lishini ta’kidlaydilar. Chunki u o‘sha insonni odatda o‘limga sabab bo‘ladigan vosita bilan o‘ldirgan hisoblanadi.
Ibn Qudoma rahimahulloh «Mug‘niy» kitobida (9/330) shunday deydi: «Oltinchi tur: odatda o‘limga olib keladigan sehr bilan insonni o‘ldirish. Bu holatda qasos vojib bo‘ladi, chunki u insonni pichoq bilan o‘ldirish kabi ko‘pincha o‘limga sabab bo‘ladigan narsa bilan o‘ldirgan. Agar u odatda o‘limga olib kelmaydigan yoki ba’zan o‘limga sabab bo‘lib, ba’zan oʻlimga olib bormasa, bu holatda qasos emas, balki diya (qon puli) talab qilinadi. Chunki bu tayoq bilan urish kabi bexosdan o‘ldirish hisoblanadi».
«Al-Mavsua al-Fiqhiya»da (24/267) sehr bilan odam o‘ldirgan sehrgarning hukmi haqida shunday deyilgan: «Ko‘pchilik ulamolar sehr bilan odam o‘ldirish qasddan bo‘lishi mumkin va bu holatda qasos vojib, degan xulosaga kelganlar. Molikiylarning fikricha, bu dalil yoki iqror bilan isbotlanadi.
Shofe’iylar esa, agar sehrgar qasosda e’tiborga olinadigan qonlar bo‘yicha o‘ziga teng (ya’ni, ozodlik va qullik jihatidan hamda din jihatidan bir xil) bo‘lgan kishini sehr orqali qasddan o‘ldirsa, undan qasos olish vojib bo‘ladi, deb hisoblaydilar. Bu esa sehrgarning haqiqiy yoki hukmiy iqror bo‘lishi bilan isbotlanadi, masalan «uni sehr qilib o‘ldirdim» yoki «uni falon narsa bilan o‘ldirdim» deyishi kabi. Bunda sehr ishidan avval xabardor boʻlib, keyin tavba qilgan ikki odil guvoh, sehrning bu turi ko‘pincha o‘limga sabab bo‘lishiga guvohlik beradi. Agar u aksar holatda o‘limga olib kelmasa, qasdga o‘xshash o‘ldirish (shibh amd) deb hukm qilinadi.
Alloh bilguvchiroqdir.
Bu javob foydali bo’ldimi?