Mavzular

Yangi fatvolar

Maqolalar

Kitoblar


Saqlanganlar

Murakkab qidiruv


Loyiha haqida

Fikr bildiring

Bosh sahifa » Fiqh asoslari » Fiqh » Jazolar va ehtiyot choralari » Zino va bachchabozlik » Nikohsiz tug‘ilgan bola oldidagi mas’uliyat
Fatvo: 1201

O'qildi: 128

28.08.2025

/ 5 Rabiul-avval 1447

Fatvo mavzusi:

Nikohsiz tug‘ilgan bola oldidagi mas’uliyat

Savol

Islomga kirishdan oldin, ya’ni kofirlik paytimda uylangan ayol bilan fahsh ish – zino qilgandim va bundan bola tug‘ildi. Uning eri haqiqatdan xabardor, u bolaning o‘ziniki emasligini bilsa-da, bolani va xotinini saqlab qolmoqchi ekanini aytdi. Tushunishimcha, u menga nisbatan hech qanday chora ko‘rmoqchi emas va men kamdan-kam ko‘radigan hamda mening kimligimni bilmaydigan o‘g‘limdan uzoqda turishimni istaydi. Bola taxminan uch yoshda, men esa ikki yilcha oldin Islomni qabul qilganman. Bunday holatda Islomning hukmi qanday bo‘ladi? Bolani o‘g‘lim deb hisoblashim mumkinmi? Eslatib oʻtaman, ayol va uning eri g‘ayridinlardir.

O’xshash fatvolar

Javob

Alloh taologa hamdu sanolar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salavot va salomlar bo‘lsin.

Islom o‘zidan oldingi narsalarni o‘chirib yuboradi va Alloh sizni hidoyat qilganidan so‘ng, o‘tmishdagi narsalarning yuki sizning zimmangizda boʻlmaydi. Shar’iy qoida shuki, bola to‘shak egasiniki va agar er undan voz kechmasa, bola unga qarashli boʻladi. Nima boʻlgan taqdirda ham, bu bola sizning farzandingiz hisoblanmaydi va siz uning oldida hech qanday mas’uliyatga ega emassiz. Shunday ekan, shar’iy nikoh bilan halol turmush hayotini boshlang, shunda Alloh sizning tavbangizni qabul qiladi va sizni Oʻz hifzida qoʻllaydi. Shunga o‘xshash savolga yuqorida 117-raqamli fatvoda dalillari bilan, batafsil javob berilgan.

Fatvo manbasi

Maqola borasida fikringiz?

Izoh sababi
Ushbu qator to'ldirilishi shart.

Bu javob foydali bo’ldimi?

1

O’xshash fatvolar

  • Musulmonlarning LGBTga munosabati

    Men hozirda Osiyo qit’asida, xususan, Malayziyada geylarga zulm qilinishi masalasini tadqiq qilmoqdaman. Sizdan ba’zi savollarimga javob berishingizni so‘rayman. 1. Malayziyada geylarga (xoh musulmon va g‘ayridin bo‘lsin) qanday muomala qilinadi? 2. Bu ishga beriladigan jazo qanchalik ogʻir? 3. Jamiyat gomoseksuallikni qay darajada tushunadi? 4. LGBT qonuniymi (qonun tomonidan ruxsat etilganmi)?
  • Zinodan tugʻilgan farzand

    Agar islomni qabul qilishimdan oldin bir arab erkakdan farzand ko‘rganman. So‘ng bola tug‘ilganidan bir necha yil o‘tgach islomni qabul qildim. Hozir musulmon er izlayabman, ammo bu bola bilan nima qilishim kerakligini bilmayabman. Unga chin otasi haqida nimani aytishim lozim? Boshqalarga nima deyishim kerak? Farzandga otasi to‘g‘risida xabar berish yoki odamlarga bolaning kelib chiqishi haqidagi haqiqatni aytishim shartmi?
  • Zino qilgan kishining solih amallari qabul boʻladimi?

    Alloh taolo zino qilgan odamning namozi va ro‘zasini, agar tavba qilsa, uning tavbasini qabul qiladimi?
  • Nikohsiz sevishning ayanchli oqibati

    Men bir musulmon yigitni qattiq sevaman va unga turmushga chiqmoqchiman. Alloh erkak va ayol o‘rtasidagi noshar’iy munosabatlarni harom qilganini bilaman. Bu munosabatimiz uchun qalbimda chuqur afsus chekyapman. Sezishimcha, biz Alloh nafratlanadigan munosabatda bo‘lganimiz uchun u menga uylanmaydi, chunki u menga nisbatan hurmatini yo‘qotgan. Bu masala haqida Qur’onda nima deyilgan?
  • Zinokor ayolni uyda qamash oyatining bekor qilinishi

    Ayollarning zino qilgani isbotlanganda, to o‘lgunicha yoki chiqish yo‘li topilguncha o‘z uyida qamab qo‘yilishi haqida kelgan, «Niso» surasining o‘n beshinchi oyatining ma’nosini bilishni istardim. Bu zinokor ayol shu tarzda jazolanishi yoki umrining oxirigacha qamoqqa tashlanishini anglatadimi? Alloh unga yo‘l ochib berishi nima degani? Men Islomni musulmonlarning o‘zlaridan yaxshiroq bilib olmoqchiman. Vaqtingizni ajratganingiz uchun rahmat.
  • Zino, qimor va cho‘chqa harom qilinishi

    Nima uchun islomda zino, qimor va cho‘chqa go‘shtini yeyish harom qilingan?