Mavzular

Yangi fatvolar

Maqolalar

Kitoblar


Saqlanganlar

Murakkab qidiruv


Loyiha haqida

Fikr bildiring

Bosh sahifa » Oilaviy masalalar » Zinodan tug‘ilgan bolaning onasiga nisbat berilishi
Fatvo: 117

O'qildi: 449

09.06.2025

/ 13 Zulhijja 1446

Fatvo mavzusi:

Zinodan tug‘ilgan bolaning onasiga nisbat berilishi

Savol

Sizning saytingizni o‘qir ekanman, aqlga to‘g‘ri kelmaydigan bir maqolaga duch keldim. «Tavba» va «Zinodan tug‘ilgan bolaning shariatdagi holati» sarlavhasi ostidagi maqolada muallif: «Zino orqali dunyoga kelgan bolaning otasida bolani tarbiya qilish yoki unga qarash majburiyati yo‘q, balki barcha mas’uliyat ona zimmasida bo‘ladi», deb yozgan ekan. Mana shu gapga shar’iy dalillarni keltirib bera olasizmi?

O’xshash fatvolar

Javob

Alloh taologa hamdu sanolar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salavot va salomlar bo‘lsin.

Birinchidan: Allohning barcha hukmlari odilonadir va U Zotning barcha so‘zlari rostdir.

﴿وَتَمَّتْ كَلِمَةُ رَبِّكَ صِدْقًا وَعَدْلًا

«Parvardigoringizning so‘zlari sidqu adolatda komil bo‘ldi» (An’om: 115).

Rostlik so‘zlarda, adolat esa hukmlardadir. Kitob va sunnatda sobit bo‘lgan diniy asllar va shar’iy qoidalar ulamolar tomonidan ijmo qilingan narsalarda Allohga taslim boʻlgan musulmon kishi shubha qilishi va muhokama qilishi to‘g‘ri emas.

Musulmonning shariat hukmlaridagi murojaati Qur’on va Sunnatga va uning ma’nolarini to‘g‘ri tushungan ishonchli ulamolarning tushunchasiga bo‘lishi lozim. Insonda ba’zan shubha paydo bo‘lishi mumkin va u shariat hukmini izlashga majbur bo‘lishi mumkin, xuddi sizda bo‘lganidek, ey savol beruvchi birodar. Shuning uchun keling, shariatga va ulamolarning so‘zlariga murojaat qilaylik.

Abdulloh ibn Burayda otasi roziyallohu anhudan rivoyat qiladi: «Moiz ibn Molik Aslamiy Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning huzurlariga kelib, «Ey Allohning Rasuli, men o‘zimga zulm qilib, zino qilib qo‘ydim. Meni poklashingizni xohlayman», dedi. U zot uni qaytarib yubordilar. Ertasi kuni u yana kelib, «Ey Allohning Rasuli, men zino qilib qo‘ydim», dedi. U zot uni ikkinchi marta qaytarib yubordilar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam uning qavmiga: «Uning aqlida sizlarga g‘alati tuyulgan narsa yo‘qmi?» deya odam yubordilar. Ular: «Uning aqli butun, u bizning solihlarimizdan deb bilamiz», deyishdi. U uchinchi bor kelgan edi, u zot ularga yana odam yuborib, u haqda so‘radilar. Ular u zotga uning o‘zida ham, aqlida ham nuqson yo‘qligini aytishdi. To‘rtinchisida uning uchun chuqur qazdirdilar. Keyin buyurdilar, u toshbo‘ron qilindi. Keyin G‘omidlik ayol kelib, «Ey Allohning Rasuli, men zino qildim, meni poklang», dedi. U zot uni ham qaytarib yubordilar. Ertasi kuni: «Ey Allohning Rasuli, nega meni qaytarib yuborasiz? Siz meni ham Moizni qaytarib yuborgandek qaytarib yubormoqchisiz shekilli? Allohga qasamki, men (o‘sha zinodan) homiladorman», dedi. «Unday bo‘lsa, bor, tug‘ib olguningcha (kutib tur)», dedilar. U tuqqach, go‘dakni bir matoga o‘rab keldi da, «Mana, men tug‘dim», dedi. U zot: «Bor, uni sutdan chiqarguningcha emizgin», dedilar. U uni sutdan chiqargach, go‘dakni qo‘lida bir burda non bilan olib keldi va: «Mana, ey Allohning Nabiysi, uni sutdan chiqarib ham bo‘ldim, ovqat yeyapti», dedi. U zot go‘dakni musulmonlardan biriga topshirdilar. So‘ng buyurdilar, uning ko‘ksidan keladigan qilib chuqur qazildi. U zot odamlarga buyurdilar, uni toshbo‘ron qilishdi. Xolid ibn Valid bir tosh olib kelib, uning boshiga otgan edi, qon Xolidning yuziga sachradi. U ayolni so‘kib yuborgan edi, Allohning Nabiysi sollallohu alayhi vasallam uning so‘kkanini eshitib, «Qizishma, ey Xolid! Jonim qo‘lida bo‘lgan Zotga qasam, u shunday tavba qildiki, agar soliqxo‘r* shunday tavba qilsa, kechirilar edi», dedilar. So‘ngra buyurdilar, unga janoza o‘qidilar va u dafn qilindi» (Muslim: 1695).

* «Soliqxo‘r» deb tarjima qilingan so‘z matnda «sohibul maks» deb kelgan bo‘lib, yig‘uvchi, to‘plovchi degan ma’noni anglatadi. Bu so‘z johiliyat davrida tijoratchilardan zo‘rlik bilan o‘lpon undirib yuradigan odamga aytilgan bo‘lib, odamlarning mulkini zulm bilan olib, o‘zlashtirgan kimsani «sohibul maks» deyish mumkin.

Zinodan tug‘ilgan bolani boqishga eng haqli inson uning onasidir, chunki u unga eng yaqin bo‘lgan shaxs va ona o‘z bolasiga mehr-shafqatli bo‘lganligi sababli. Bu hech kim inkor qila olmaydigan holatdir. Lekin, bu majburiy emas; agar ona uni tark etsa, musulmonlar rahbari uning uchun yemizadigan ayol va boquvchi topishi lozim.

Ikkinchidan: Alloh taoloning rahmati va adolatining komilligi shuki, zinodan tug‘ilgan bola o‘z ota-onasining gunohiga yo‘ldosh qilinmaydi. U ozod hisoblanadi va katta bo‘lib, o‘zini boqishga qodir bo‘lguncha unga g‘amxo‘rlik qilish huquqiga ega bo‘ladi.

Uchinchidan: Ona o‘zining nikohdan bo‘lgan farzandiga nisbatan nafaqa berish, emizish yoki boqish borasida shar’an majbur emas. Nafaqa berish otaning majburiyatidir. Emizish esa erning, onaning yoki bolaning manfaatlariga qarab hal qilinadi. Har qanday holatda ham, agar ona emizishdan bosh tortsa yoki bu uchun haq talab qilsa, u haqli bo‘ladi va bolani emizish mas’uliyati otaning zimmasiga tushadi. Onani bu ishga majburlash mumkin emas. Alloh taolo aytadi:

﴿۞ وَٱلۡوَٰلِدَٰتُ يُرۡضِعۡنَ أَوۡلَٰدَهُنَّ حَوۡلَيۡنِ كَامِلَيۡنِۖ

«Onalar bolalarini to‘la ikki yil emizadilar…»
(Baqara: 233).

Bu yengil sharoitda. Lekin, agar kelishuvga erishilmasa, Alloh taolo aytadi:

﴿وَإِن تَعَاسَرۡتُمۡ فَسَتُرۡضِعُ لَهُۥٓ أُخۡرَىٰ﴾

«Agar (kelisha olmasdan) tang holga tushsangizlar, u holda (ota) uchun (bolasini) boshqa (bir ayol) emizur (Ya’ni, ota bolasini boshqabegona ayolga emizdurur)» (Taloq: 6).

Ammo boqish masalasida esa ona boshqalardan ko‘ra ko‘proq haqlidir, chunki u bolaga nisbatan katta mehr-shafqatga egadir. Lekin, agar ona boqish huquqidan voz kechsa, uning huquqi yo‘qoladi va boqish mas’uliyati boshqa yaqin qarindoshlarga (masalan, buvisiga) yoki fiqh kitoblarida ta’kidlangan holda boshqa birovga o‘tadi.

Agar shu holat nikohdan bo‘lgan farzandga tegishli bo‘lsa, zinodan tug‘ilgan bola haqida yanada ko‘proq qo‘llaniladi. Ona uni emizish va boqish borasida majbur emas, faqat bolaning halok bo‘lish xavfi bo‘lmasa. Agar bolani boqish va emizishga imkoni bor insonlardan biri bu mas’uliyatni o‘z zimmasiga olsa, shuni qilish lozim bo‘ladi. Shu tariqa muammo hal etiladi. Alloh yaxshiroq biluvchidir.

Farzand yotoq uchundir, zinokorga esa tosh bo‘ladi.

Payg‘ambarimizning sollallohu alayhi vasallamning  hadisi sharifida aytilganidek:

 الوَلَدُ لِلْفِراشِ، وَلِلْعاهِرِ الحَجَرُ

«Farzand yotoq uchundir, zinokorga esa tosh bo‘ladi» (Muslim: 1457).

Imom Navaviy aytgan: «Ohir (Fahsh ish qiluvchi) – zinokor (erkak) kishidir.  «Zinokorga esa tosh bo‘ladi» degani, unga nafaqat yo‘qotish nasib qiladi, balki bola u bilan bog‘lanmaydi. Arablarda «Unga tosh bor» deyish odat bo‘lib, bu bilan uning hech narsasi yo‘qligi nazarda tutiladi».

Zinodan tug‘ilgan bolaning nasabi sobit bo‘lmaydi.

Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning hadisi asosida:

 الوَلَدُ لِلْفِراشِ، وَلِلْعاهِرِ الحَجَرُ

«Farzand yotoq uchundir, zinokorga  esa tosh bo‘ladi». Shuning uchun fiqh ulamolari zinodan tug‘ilgan bolaning nasabi sobit bo‘lmasligi haqida aytishgan. Ya’ni, bola zinokor erkak bilan bog‘lanmaydi va uning nasabi unga tegishli hisoblanmaydi.

Ulamolarning zinodan tug‘ilgan bolaning nasabini inkor qilish haqidagi fikrlari:

 

Birinchi: Ibn Hazm Zohiriy aytgan:
«Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam zino farzandlarini to‘liq rad etdi, u zot hadisda «Zinokorga esa tosh bo‘ladi» dedilar. Zinokor – ya’ni zinokor shaxsga jazo qo‘llaniladi, shuning uchun bola unga bog‘lanmaydi. Bola uni dunyoga keltirgan ayol bilan bog‘lanadi, lekin erkak bilan emas. U o‘z onasidan meros oladi va onasi ham undan meros oladi. Chunki Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam la’nat qilish haqidagi voqeada bolani ayol bilan bog‘ladi va uni erkakdan uzoqlashtirdi».

Ikkinchi: Molikiylar fiqhida:
«Zinokorning urug‘i buzuq bo‘ladi, shuning uchun bola u bilan bog‘lanmaydi».

Uchinchi: Hanafiylar fiqhida:
«Agar erkak ozod ayol bilan zino qilganini tan olsa va bola uning zino orqali tug‘ilgan farzandi ekanini aytsa va ayol ham buni tasdiqlasa, nasab u ikkisining hech birida sobit bo‘lmaydi, Payg‘ambarimiz  sollallohu alayhi vasallamning quyidagi hadislariga ko‘ra: «Farzand yotoq uchundir, zinokorga esa tosh bo‘ladi». Zinokorning yotog‘i yo‘qdir. Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam zinokorga faqat tosh nasib bo‘lishini bayon qildi. Bu yerda maqsad – zinokorga farzanddan hech qanday huquq bo‘lmasligidir…».

Zinodan tug‘ilgan bola zinokor ayolga bog‘lanadi:

Zinodan tug‘ilgan bola, avval aytib o‘tganimizdek, zinokor erkakka bog‘lanmaydi. Lekin, u uni tug‘gan zinokor ayolga bog‘lanadi, agar uning tug‘ilganligi aniq bo‘lsa. Sarahsiyning «Al-Mabsut» kitobida shunday deyiladi:
«Agar erkak bir ozod ayol bilan zino qilganini tan olsa va bu bola zino orqali uning o‘g‘li ekanligini aytsa va ayol ham buni tasdiqlasa, nasab hech qaysi tomondan sobit bo‘lmaydi. Chunki Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam aytganlar: «Farzand yotoq uchundir, zinokorga esa tosh nasib bo‘ladi». Zinokorning yotog‘i yo‘qdir. Agar doya ayol guvohlik bersa (ya’ni uning tug‘ilganini ko‘rsa), shuning bilan bolaning onaga bog‘lanishi sobit bo‘ladi, lekin erkakka bog‘lanmaydi. Chunki uning onaga bog‘lanishi tug‘ilish orqali tasdiqlanadi va buni doya ayolning guvohligi bilan ko‘rish mumkin. Shuning uchun uning onaga bog‘lanishi sobit bo‘ladi».

Zinokorning o‘z zinokor ayoliga uylanishi va bolaning nasabiga ta’siri:

Hanafiy fiqhidagi «Fatovo Hindiya» kitobida shunday deyiladi:
«Agar erkak bir ayol bilan zino qilsa va u homilador bo‘lib qolsa, keyin unga uylansa va u ayol bolani tug‘sa, agar bola olti oy yoki undan ko‘proq muddatda tug‘ilgan bo‘lsa, uning nasabi sobit bo‘ladi. Agar bola olti oydan kam muddatda tug‘ilgan bo‘lsa, uning nasabi sobit bo‘lmaydi, faqatgina erkak bolaning uning o‘g‘li ekanligini da’vo qilsa va bu zino orqali emasligini aytsa, sobit bo‘ladi. Lekin, agar u «Bu mening zino orqali bo‘lgan o‘g‘lim», desa, uning nasabi sobit bo‘lmaydi va u erkakdan meros olmaydi».

Ibn Qudomaning «AlMug‘niy» kitobida:

«Mulo’ana qilingan bola, agar mula’ana qiluvchi erkak uni o‘z farzandi deb tan olsa, unga bog‘lanadi. Zinodan tug‘ilgan bola esa zinokor erkakka bog‘lanmaydi — ya’ni zinodan tug‘ilgan bolani o‘z farzandi deb tan olsa ham bog‘lanmaydi, ulamolarning umumiy fikriga ko‘ra.

To‘g‘riroq gap shuki, zinodan tug‘ilgan bolaning nasabi, garchi zino qilgan erkak o‘zi bilan zino qilgan ayolga ayolning homilador holatida uylansa va nikoh aqdidan 6 oydan kam fursatda ayol tug‘sa ham, yoki erkak u ayolga uylanmay ayol tug‘sa ham, erkakka bog‘lanmaydi. Lekin, agar u bolani o‘z farzandi deb da’vo qilsa va buni zino orqali bo‘lgan deb aytmasa, bolaning nasabi dunyo hukmlarida erkakka sobit bo‘ladi. Shuningdek zinokor erkak u bilan zino qilgan va undan homilador bo‘lgan ayolga uylansa hamda ayol eng kam tug‘ish muddatida tug‘sa, garchi erkak sukut qilsa yoki bolani zinodan bo‘lganini aytmay bola o‘ziniki ekanini da’vo qilsa – dunyodagi hukmga ko‘ra – bolaning nasabi erkakka bog‘lanishi sobit bo‘ladi».

Fatvo manbasi

Maqola borasida fikringiz?

Izoh sababi
Ushbu qator to'ldirilishi shart.

Bu javob foydali bo’ldimi?

2

O’xshash fatvolar

  • Unashtiruv buzilgan taqdirda, kuyov hadyalarini qaytarib oladimi?

    Men dindor va yaxshi xulqli deb hisoblagan bir yigitga unashtirilgan edim. Oilalar o‘rtasidagi muammolar sababli unashtiruv buzildi. Biz yashaydigan mamlakatning odatlaridan biri shuki, kuyov unashtirilgan qizini har ziyorat qilganida unga xarajat uchun 50-100 funt atrofida pul beradi. Unashtiruv davrida u menga bergan xarajat pullarini hisoblab, unga qaytarishimiz kerakmi yoki yo‘qmi?
  • Ayol pul topsa uyga xarajat qilishi kerakmi?

    Ishlaydigan ayol uy xarajatlarini to‘lashi kerakmi? Chunki eri: «Agar uy xarajatlarini to‘lamasang, ishlashga haqqing yo‘q», deydi. Erining uning maoshida haqqi bormi? Agar u uy xarajatlarini to‘lashi kerak bo‘lsa, u bilan eri o‘rtasida qanday nisbat bo‘lishi kerak?
  • Togʻaning ayoliga uylanish hukmi

    Savolim nikoh masalasiga taalluqli. Yaqin do‘stim tog‘asining xotiniga uylanmoqchi. Do‘stimning tog‘asi xotiniga juda yomon munosabatda bo‘ladi, bu ularning ikki farzandiga salbiy ta’sir qilmoqda. Ayol eridan ajrashib, do‘stimga turmushga chiqish istagida. Do‘stim unga va bolalarga yordam berib, togʻasining qo‘pollik va sovuqqonligini qoplamoqchi. Shu vaziyat yuzasidan quyidagi savollarim bor: 1. Bunday nikoh shariat bo‘yicha ruxsat etilganmi? 2. Do‘stimning ikki bola (togʻasining farzandlari) oldidagi huquq va majburiyatlari nimalardan iborat? Ushbu savolga batafsil javob berishingizni iltimos qilaman. Agar nikoh Islom shariati qoidalariga zid bo‘lsa, men bu nikohning oldini olishga harakat qilaman. Tezroq javob bersangiz, g‘oyat minnatdor bo‘lardim. Rahmat.
  • Tavba qilgan ikki zinokorning nikohi

    Men besh yildan beri Yevropada tahsil olayotgan musulmonman. O‘qishim davomida bir qizni uchratdim va uni ikki yil sevdim. Tan olishim kerakki, u bilan ogʻir gunohga – zino qilishgacha bordim. So‘nggi bir necha oy ichida qiz Islomni qabul qildi va endi men uni Alloh va Uning Rasuli sunnatiga muvofiq nikohimga olmoqchiman. Uni nikohimga olishim joizmi? Men qilishim kerak boʻlgan biror maxsus amal bormi? Alloh sizga ezgulik ato etsin.
  • Bachadonini oldirgan ayol va farzand istagi bor er uchun yechim

    Ikki yil oldin ayolim bachadon va jinsiy a’zolarini olib tashlash bo‘yicha jarrohlik amaliyotini o‘tkazdi. U bu qadamni tuxumdonlarga ta’sir qilishi ehtimoli bor va uzoq muddatda yomon oqibatlarga olib kelishi mumkin bo‘lgan asoratlarni inobatga olib, shifokorning tavsiyasidan so‘ng o‘z mas’uliyatiga oldi. Ammo men yana farzand ko‘rishni xohlardim. Biz musulmonmiz va men yana farzandli bo‘lib, ularni Islom ta’limotlari asosida tarbiyalashni istayman.Operatsiyadan keyin xotinimda jismoniy va ruhiy o‘zgarishlar sezildi, uning menga nisbatan munosabati sovuqlashdi. Bu hol meni qiynamoqda, ammo men baribir uni yaxshi ko‘raman. Mening hozir ikki farzandim bor: biri o‘z o‘g‘lim, 11 yoshda, ikkinchisi xotinimning avvalgi nikohidan o‘g‘li, 15 yoshda. Kichik o‘g‘lim Islomni qabul qildi, katta o‘g‘lim esa dinga befarq. Shunga qaramay, unisini ham o‘z farzandimdek yaxshi ko‘raman.Lekin men endi yana farzand ko‘rish, ikkinchi bor ota bo‘lish va ularni Islom dinida tarbiyalashni juda istayman. Shu bois, ikkinchi ayolga uylanish haqida o‘ylayapman. Biroq xotinim bunga qarshi, garchi u nikoh asnosida bunda shart qoʻymagan bo‘lsa ham. Agar men bu ishga qoʻl ursam, u men bilan ajrashishi mumkinligini bilaman. Men ikkilanib qoldim, xotinimdan ajralmasdan yangi hayot boshlasam to‘g‘ri bo’ladimi? Dinimizda bu masalaga qanday qaraladi? Bu borada menga qanday maslahat berasiz?
  • Kuyovlikka nomzod bilan uchrashuv mezoni

    Men Payg‘ambar sollallohu alayhi va sallamning nikohlanishni niyat qilgan ayolni ko‘rishga ruxsat bergan hadislarini o‘qidim. Savolim shuku, kuyovlikka nomzod kishiga boʻlajak kelinning nimalarini ko‘rishga ruxsat etiladi? Uning sochini yoki boshini toʻliq ko‘rish joizmi?