O'qildi: 29
Avgust 7, 2025
/ 20 Safar 1447
Fatvo mavzusi: Bezaklar
Savol
Ayollarning zaruratdan sochini qisqartirishining hukmi qanday? Masalan, Britaniyada ayollar sovuq havoda qalin sochlarini yuvishda qiynalishgani sababli sochlarini qisqartiradilar.
O’xshash fatvolarJavob
Alloh taologa hamdu sanolar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salavot va salomlar bo‘lsin.
Agar vaziyat bayon qilingandek bo‘lsa, ularga ehtiyoj miqdorida sochlarini qisqartirish joizdir. Biroq, g‘ayridin ayollarga taqlid maqsadida sochni qisqartirish joiz emas, chunki:
Ibn Umar roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: «Kim o‘zini bir qavmga o‘xshatsa, u o‘shalardandir», dedilar» (Abu Dovud, 4031; Hadis hukmi: «sahih». Manba: «Irvoul gʻalil», 1269). Doimiy qo‘mita fatvolari 5/182.
Shuningdek, ayollar sochlarini erkaklar sochi kabi qisqartirishlari ham joiz emas. Bunga dalil:
Ibn Abbos roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam xotinchalish erkaklarni va erkakshoda xotinlarni la’natladilar» (Sahihi Buxoriy, 5885).
Alloh biluvchiroqdir.
Bu javob foydali bo’ldimi?