O'qildi: 7
Avgust 7, 2025
/ 20 Safar 1447
Fatvo mavzusi: Bezaklar
Savol
Ba’zi erkaklarning yonogʻida soqol o‘sib qoladi. Ularni qirish joizmi yoki yo‘qmi?
O’xshash fatvolarJavob
Alloh taologa hamdu sanolar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salavot va salomlar bo‘lsin.
Yonoqdagi tuklar soqolning bir qismi hisoblanadi, shu sababli uni qirish ham, qisqartirish ham joiz emas.
عَنْ نَافِعٍ، عَنِ ابْنِ عُمَرَ عَنِ النَّبِيِّ ﷺ قَالَ: «خَالِفُوا الْمُشْرِكِينَ: وَفِّرُوا اللِّحَى وَأَحْفُوا الشَّوَارِبَ»
Ibn Umar roziyallohu anhumo Nabiy sollallohu alayhi vasallamdan rivoyat qiladi: «Mushriklarga xilof qilinglar: soqolni o‘stiringlar, mo‘ylabni taroshlanglar» (Sahihi Buxoriy, 5892).
Arab tilining mashhur «Al-Qomus» va «Al-Lison» lug‘at kitoblari mualliflari yonoqdagi tuklar soqolning bir qismi ekanligini ta’kidlaganlar. Shunga koʻra, ularni olish ham soqol olish hukmida boʻladi. Demak, uni qirish ham, qisqartirish ham joiz emas.
Alloh bilguvchiroqdir.
Bu javob foydali bo’ldimi?