O'qildi: 5
Avgust 7, 2025
/ 20 Safar 1447
Fatvo mavzusi: Bezaklar
Javob
Alloh taologa hamdu sanolar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salavot va salomlar bo‘lsin.
Er-xotin har biri bir-biriga yoqadigan va munosabatlarini mustahkamlaydigan narsalar bilan jozibali ko‘rinishi lozim, biroq bu taqiqlangan narsalar bilan emas, Islom shariati ruxsat bergan doirada bo‘lishi. Parik (sun’iy soch) taqish g‘ayridin ayollardan boshlangan bo‘lib, ular buni taqib, o‘zlariga oro berish bilan shuhrat qozonganlar, hattoki bu ularning o‘ziga xos belgilariga aylanib boʻlgan. Shu bois, ayolning bunday narsani taqishi va u bilan bezanishi, hatto eri uchun bo‘lsa ham, kofira ayollarga taqlid qilish hisoblanadi. Nabiy sollallohu alayhi va sallam bu ishdan qaytarganlar.
Ibn Umar roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: «Kim o‘zini bir qavmga o‘xshatsa, u o‘shalardandir», dedilar» (Abu Dovud, 4031; Hadis hukmi: «sahih». Manba: «Irvoul gʻalil», 1269).
Bundan tashqari, parik taqish – soch uzaytirish hukmiga kiradi, balki undan ham yomonroqdir. Nabiy sollallohu alayhi va sallam soch ulashdan qaytarganlar va soch ulaydiganlarni la’natlaganlar («Fatava al-Lajna ad-Daima», 5/191).
Ibn Shihobdan rivoyat qilinadi: «Humayd ibn Abdurrahmon ibn Avf Muoviya ibn Abu Sufyon haj qilgan yili minbarda turib, bir soqchining qo‘lidagi bir tutam sochni olib, shunday deganini eshitgan ekan: «Ulamolaringiz qani?! Men Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning bu kabi ishdan qaytarib, «Banu Isroil ayollari mana shuni tutganlaridagina halok bo‘lgan», deganlarini eshitganman» (Sahihi Buxoriy, 5932). Izoh: Muoviya roziyallohu anhu ulama sochni ko‘rib, ayollarda bu odat paydo bo‘lib qolganini tanqid qilgan va ulamolarning bu kabi ishlardan bexabar qolmasligi, beparvo bo‘lmasligi kerakligini ta’kidlagan. Bu hadisdan ushbu odatning harom ekani tushuniladi.
Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Soch ulovchi ayolni ham, soch ulatuvchi ayolni ham va vashm qiluvchi ayolni ham, vashm qildiruvchi ayolni ham Alloh la’natlagan!» dedilar» (Sahihi Buxoriy, 5933).
Alloh bilguvchiroqdir.
Bu javob foydali bo’ldimi?