Mavzular

Yangi fatvolar

Maqolalar

Kitoblar


Saqlanganlar

Murakkab qidiruv


Loyiha haqida

Fikr bildiring

Bosh sahifa » Eʼtiqod masalalari » Shirk e’tiqodlar yoki g‘aybdan xabar berishga asoslangan filmlarni ko‘rish hukmi
Fatvo: 1107

O'qildi: 40

Iyul 27, 2025

/ 20 Safar 1447

Fatvo mavzusi: »

Shirk e’tiqodlar yoki g‘aybdan xabar berishga asoslangan filmlarni ko‘rish hukmi

Savol

«Gerkules» kabi shirkka asoslangan afsonalar va g‘oyalarga tayangan filmlarni tomosha qilish musulmon uchun joizmi?

O’xshash fatvolar

Javob

Alloh taologa hamdu sanolar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salavot va salomlar bo‘lsin.

Shirk va uning g‘oyalarini targ‘ib qiluvchi bunday filmlarni ko‘rish joiz emas, chunki ularni ko‘rish va eshitish musulmonning qalbiga katta xavf tug‘diradi. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam Umar ibn Xattob roziyallohu anhuning qo‘llarida Tavrotning bir parchasini ko‘rganlarida g‘azablanib, uni yo‘q qilishni buyurganlar.

Ko‘pchilik musulmonlar bu filmlardagi zalolatni aniqlash va anglash uchun yetarli himoyaga yoki zarur bilim darajasiga ega emaslar. Bunday filmlarni ko‘rish natijasida ba’zi tomoshabinlarning qalblariga ularning iymonlarini buzadigan va e’tiqodlarini larzaga soladigan shubhalar ilashib qolishi mumkin. Hatto ba’zilari botil e’tiqodlarga ishonib qolishi va buning oqibatida qalblariga yovuz zahar singib borishi mumkin. Bunga qo‘shimcha ravishda, bu filmlarda ayollar tasviri, musiqa va shunga o‘xshash harom narsalar ham uchraydi.

So‘nggi paytlarda Tavrot va Injildagi buzilgan e’tiqodlarni yoki dajjollar va sehrgarlarning yolg‘on bashoratlarini aks ettiruvchi filmlar paydo bo‘lib, Gʻarb davlatlarida keng tarqalganligi sezilmoqda. Bunga sabab, u yerlarda ruhiy bo‘shliq va to‘g‘ri dinning yo‘qligi natijasida paydo bo‘lgan ma’naviy bo‘shliqdir. Gʻarb yurtlaridagi ba’zi musulmonlar ham atrofdagi muhitning ta’siriga tushib, bu filmlarni kuzatib borishmoqda.

Bunga sabab, u yerlarda ruhiy bo‘shliq va to‘g‘ri dinning yo‘qligi natijasida paydo bo‘lgan ma’naviy bo‘shliqdir. Gʻarb yurtlaridagi ba’zi musulmonlar ham atrofdagi muhitning ta’siriga tushib, bu filmlarni kuzatib borishmoqda.

﴿ إِنَّ ٱلسَّمۡعَ وَٱلۡبَصَرَ وَٱلۡفُؤَادَ كُلُّ أُو۟لَـٰۤىِٕكَ كَانَ عَنۡهُ مَسۡـُٔولࣰا﴾

«Albatta quloq, ko‘z, dil — bularning barchasi to‘g‘risida (har bir inson) mas’ul bo‘lur (ya’ni, eshitgan, ko‘rgan, ishongan har bir narsasi uchun kishi Qiyomat Kunida javob beradi)» (Isro: 36).

Agar o‘yin-kulgi va ko‘ngilxushlik istasalar, halol narsa bilan cheklansinlar.

Alloh to‘g‘ri yo‘lga hidoyat qilguvchidir.

Fatvo manbasi

Maqola borasida fikringiz?

Izoh sababi
Ushbu qator to'ldirilishi shart.

Bu javob foydali bo’ldimi?

0

O’xshash fatvolar

  • Jannat ahli dunyodagi hayotlarini eslaydilarmi?

    Jannat ahli dunyoda qanday yashaganlarini eslaydilarmi? Ular yer yuzida orzu qilgan narsalarini jannatda ham istaydilarmi?
  • O‘qish-yozishni bilmaydigan Payg‘ambar

    Payg‘ambar Muhammad sollallohu alayhi va sallamning o‘qish va yozishni bilmaganliklariga biror dalil bormi?
  • Musulmonlar Falastinda tinch yashasalar boʻlmaydimi?!

    Men isloh umidida gapiryapman. Muqaddas Kitobga (Injilga) ko‘ra, Isroil degan davlat yo‘q, faqat Falastin bor, ham arab, ham yahudiy xalqlari Ibrohim alayhissalomning naslidandir. Aslida ular birodardirlar. Shunday ekan, nega ular Falastin deb ataluvchi yurtda uyg‘unlikda, ahil-inoq yashay olmaydilar?
  • Mazhabim haqida so‘ralsa nima deyman

    Yaqinda kelgan ba’zi birodarlarim mendan tez-tez: «Hanbaliymisiz, Shofe’iymisiz va hokazo», deb mazhabim haqida so‘rashadi. Holbuki, men bu masalalarni yaxshi tushunmayman. Menga musulmon bo‘lishimning o‘zi kifoya, din masalalarida shubham tug‘ilsa, ulamolardan so‘rayman. Siz qanday maslahat berasiz?
  • Er-xotin Islomga kirganda nikohni yangilash shart emas

    Er-xotin Islomga kirsa, nikoh shartnomasini yangilashi kerakmi?
  • Allohdan boshqaga atab jonliq soʻyish

    Alloh taoloning Baqara surasi, 173-oyatidagi:﴿إِنَّمَا حَرَّمَ عَلَیۡكُمُ ٱلۡمَیۡتَةَ وَٱلدَّمَ وَلَحۡمَ ٱلۡخِنزِیرِ وَمَاۤ أُهِلَّ بِهِۦ لِغَیۡرِ ٱللَّهِۖ ﴾«U sizlarga faqatgina o‘laksa, qonni, to‘ng‘iz go‘shtini va Allohdan o‘zgaga atalib so‘yilgan narsalarnigina harom qildi» degan soʻzining ma’nosi nima? Bu oyat Hindistonda Abdulqodir Jiyloniy kabi solih insonlar nomidan Fotiha surasini o‘qigandan so‘ng taklif qilingan har qanday taomni, garchi u Allohdan boshqaning nomiga so‘yilgan bo‘lmasa ham, qabul qilish yoki iste’mol qilishimga to‘sqinlik qiladimi?