Mavzular

Yangi fatvolar

Maqolalar

Kitoblar


Saqlanganlar

Murakkab qidiruv


Loyiha haqida

Fikr bildiring

Bosh sahifa » Ilm va daʼvat » Daʼvat » Juma xutbasini tarjima qilish
Fatvo: 984

O'qildi: 393

18.07.2025

/ 23 Muharram 1447

Fatvo mavzusi: » » » »

Juma xutbasini tarjima qilish

Savol

Agar jamoatning aksariyati arab tilini tushunmasa, imom juma namozida ingliz tilida xutba qilishi joizmi?

O’xshash fatvolar

Javob

Alloh taologa hamdu sanolar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salavot va salomlar bo‘lsin.

Ba’zi ulamolar juma va hayit xutbalarini chet tillarga tarjima qilishni man etganlar. Ular, Alloh ularni rahmat qilsin, arab tilini saqlab qolish va muhofaza etish, arabcha xutba qilishda arab bo‘lmagan mamlakatlarda va boshqa joylarda Rasululloh sollallohu alayhi va sallam va sahobalar roziyallohu anhumoning yo‘llariga ergashish, odamlarni arab tilini o‘rganishga va uni asrab-avaylashga targ‘ib qilish uchun shunday yo‘l tutishgan.

Boshqa ulamolar esa, agar tinglovchilar yoki ularning ko‘pchiligi arab tilini bilmasa, xutbalarni chet tillarga tarjima qilish joiz, deb hisoblashgan. Bunga sabab, Alloh xutbalarni buyurishdan maqsad odamlarga U Zot nimani farz qilgani va nimadan qaytarganini tushuntirish, ularni yaxshi axloq va maqtovga sazovor fazilatlarga yo‘naltirish hamda buning aksidan ogohlantirishdir. Shubhasiz, ma’no va maqsadlarni e’tiborga olish so‘zlarni e’tiborga olishdan ko‘ra muhimroq va zarurroqdir. Ayniqsa, tinglovchilar arab tiliga qiziqmasa, voizning va’zidan ta’sirlanmasa va bu ularni arab tilini o‘rganishga undamasa (ayniqsa, hozirgi paytda musulmonlar orqada qolib, boshqalar ilgarilab ketayotgan, g‘oliblarning tili tarqalib, mag‘lublarning tili bu dunyoda chekinayotgan bir paytda).

Agar boshqa millatlar orasida ilm va shariatni odamlarga yetkazish maqsadiga faqat xutbalarni ularning tiliga tarjima qilish orqali erishilsa, u holda xutbalarni ular orasida keng tarqalgan, jamoat tushunadigan tillarga tarjima qilish maqsadga muvofiqdir. Ayniqsa, tarjima qilmaslik nizo va fitnaga sabab bo‘lsa. Shubhasiz, bu holatda xutbani tarjima qilish foydani jalb qilish va zararni bartaraf etish uchun zarurdir.

Agar tinglovchilar orasida arab tilini biladiganlar bo‘lsa, xatib uchun mashru’ bo‘lgan narsa – ikki tilni jamlashdir. U arab tilida xutba qilib, soʻngra uni boshqalar tushunadigan tilda takrorlaydi. Shu bilan u ikki manfaatni jamlagan, barcha zararlarni bartaraf etgan boʻladi. Jamoat orasidagi nizo ehtimoli ham shu yoʻsinda hal qilinadi.

Bunga shariatda ko‘plab dalillar bor, jumladan, Alloh taoloning:

﴿وَمَا أَرْسَلْنَا مِنْ رَسُولٍ إِلَّا بِلِسَانِ قَوْمِهِ لِيُبَيِّنَ لَهُمْ﴾

«Biz har bir payg‘ambarni (hukmlarimizni) bayon qilib berishi uchun o‘z qavmining tili bilan (so‘zlaydigan qilib) yuborganmiz» (Ibrohim: 4), degan oyati.

Yana bir misol, Rasululloh sollallohu alayhi va sallam Zayd ibn Sobitga yahudiylarga xat yozish va ularga hujjat qoim qilishi uchun ularning tilini o‘rganishni, ular kelganida kitoblarini o‘qib, ma’nosini Payg‘ambar sollallohu alayhi va sallamga tushuntirishni buyurganlar. Boshqa bir misol, sahobalar roziyallohu anhum fors va rum kabi ajam yurtlarini fath qilganlarida, ularni tarjimonlar orqali Islomga da’vat qilmaguncha jang qilmasdilar. Qachonki ajam diyorlarini fath qilganlarida, xalqni arab tilida da’vat qilib, uni o‘rganishga buyurganlar.

Ulardan kimki arab tilini bilmasa, uni o‘z tilida chaqirishib, ma’nosini o‘zlari tushunadigan tilda tushuntirib, hujjat qoim qilishgan. Shubhasiz, bu usul, ayniqsa, oxirgi zamonda, Islom g‘arib bo‘lgan va har bir millat o‘z tiliga yopishib olgan bir paytda zarurdir. Hozirda tarjimaga bo‘lgan ehtiyoj juda dolzarb bo‘lib, da’vatchi shusiz odamlarni Islomga da’vat qila olmaydi.

Xatib jamoat uchun eng foydali bo‘lgan narsani amalga oshirishi kerak. Agar xutbani arab tiliga bo‘lib, har bir qismini xutba tugagunicha tarjima qilish foydaliroq bo‘lsa, shunday qilsin. Agar xutbadan keyin yoki namozdan keyin hammasini tarjima qilish foydaliroq bo‘lsa, shunday qilsin.

Alloh bilguvchiroqdir.

Shayx Abdulaziz ibn Boz rahimahulloh.

Manba: «Doimiy fatvo qoʻmitasi», 8/251-255.

Fatvo manbasi

Maqola borasida fikringiz?

Izoh sababi
Ushbu qator to'ldirilishi shart.

Bu javob foydali bo’ldimi?

0

O’xshash fatvolar

  • Bankda ishlash joizmi?

    Menga bir bankning kompyuter bo‘limida tizim muhandisi bo‘lib ishlaydigan kishidan sovchi keldi. Bu kasbning hukmini bilmoqchi edim. Yigitning daromadi halolmi yoki yoʻqmi degan xavotirdaman. Ushbu kasbdan keladigan daromad halolmi yoki harommi?
  • Xayriya mablagʻlaridan zakot berish vojibmi?

    Bir guruh odamlar ma’lum miqdorda pul yig‘ib, bu pulni ulardan birortasining boshiga tushadigan musibatlar, masalan, qasdsiz qotillik diyasi (xun puli) uchun ajratib qoʻyishdi. Soʻng bu pulni investitsiya qilish uchun tijoratga kiritdilar va undan keladigan foyda o‘zaro kelishilgan xayriya maqsadlariga sarflanadi. Bu puldan zakot berish vojib bo‘ladimi? Shuningdek, insonlar zakotini ushbu xayriya jamg‘armasiga berishlari joizmi?
  • Musulmon va kofir bir-biridan meros oladimi?

    Musulmon kishi kofir qarindoshi o‘lsa, undan meros oladimi? Buning aksi boʻlsa-chi? Islom dinida turli din vakillarining bir-birlaridan meros olishlarining hukmi qanday?
  • Hojilar duch keladigan qiyinchiliklar

    Haj qilmoqchi bo‘lgan kishi duch keladigan qiyinchiliklar nimalardan iborat?
  • Musulmonning ruhiyati va hayotiga hajning ta’siri

    Haj ibodati musulmon kishining nafsi va hayotiga qanday ta’sir etadi?
  • Qarzdor qarz bergan kishini topa olmasa, nima qiladi?

    Bir necha yil oldin bir do‘stimdan qarz olgan edim, lekin uning qayerdaligini bilmayman, uni uzoq vaqt izladim, lekin topa olmadim. Bu menga katta tashvish tug‘dirmoqda. Qarz olgan pulimni nima qilishim kerak? Shuningdek, men qarz olgan valyutaning qiymati so‘nggi yillarda pasayib ketdi. Men pulni olganimdek qaytarishim shartmi yoki valyutaning qadrsizlanishi ahamiyatsizmi?