Mavzular

Yangi fatvolar

Maqolalar

Kitoblar

Namoz


Saqlanganlar

Murakkab qidiruv


Loyiha haqida

Fikr bildiring

Bosh sahifa » Fiqh asoslari » Fiqh » Xatmi Qur’onni nishonlash hukmi
Fatvo: 695

O'qildi: 457

05.07.2025

/ 10 Muharram 1447

Fatvo mavzusi: » » »

Xatmi Qur’onni nishonlash hukmi

Savol

Yosh qiz birinchi marta Qur’onni o‘qib tugatdi va shu munosabat bilan dugonalarini bayramga taklif qilmoqchi. Taklifnomalarga nima deb yozish kerak?

O’xshash fatvolar

Javob

Alloh taologa hamdu sanolar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salavot va salomlar bo‘lsin.

Bu yoshdagi (yaʻni, o‘n bir yoshli) muslima qizning dindan uzoqlashgan yurtda va nosogʻlom jamiyat orasida Alloh taoloning Kitobini to‘liq xatm qilishi katta yutuqdir. Qizning savolda o‘z ismini yashirgani esa, uning ixlosiga dalolat qiladi, inshaalloh. Ammo savolga kelsak, men bu ishni ommaga oshkor qilmaslik kerak deb hisoblayman, faqatgina boshqalarni shunga undash maqsadida ma’lum qilinishi bundan mustasno. U holda bu kichik tadbir shaklida oʻtkazilishi, unda ba’zi qarindosh ayollar yoki dugonalaringizni chaqirishingiz, riyo va shuhratparastlikdan saqlangan holda Qur’onni xatm qilish tajribangizni ular bilan oʻrtoqlashib, boshqalarni ham bu ishga targʻib qilishingiz mumkin. Shuningdek qizlarning onalari Qur’oni Karimning naqadar ulug‘ligi, Qur’on tilovatining fazilati hamda musulmonning Qur’onga bo‘lgan ehtiromi haqida aytib berishlari maqsadga muvofiqdir. Shuningdek, u qizlar ham ne’matga shukr qilish va shodlik ulashish maqsadida oʻz dugonalarini bu ziyofatga chaqirsalar, buning ham zarari yo‘q, faqat bu tadbir bayramga aylanib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik lozim.

Yuqoridagilardan ko‘rinib turibdiki, Qur’onni yod olish yoki xatm qilishni nishonlash, odamlarni taklif etish va bu munosabat bilan taom ulashish ikki xavfni keltirib chiqarishi mumkin: birinchisi, riyokorlik, shuhratparastlik, manmanlik va o‘zini katta olish; ikkinchisi esa, buni diniy bayramga aylantirib, bid’atga yo‘l qo‘yish. Birinchi xavfdan saqlanish uchun kishi Allohga chin dildan ixlosli bo‘lishga intilishi lozim. Ikkinchi xavfdan qochish uchun esa, bu tadbirni faqat oila a’zolari va kam sonli qarindoshlar davrasida o‘tkazish kerak. Bundan tashqari, bu amal sunnat degan e’tiqod paydo boʻlmasligi uchun ba’zan uni tark etish lozim.

Allohdan sizga ne’matlarini ziyoda qilishini, Qur’onni yodlashga kuch-quvvat berishini hamda so‘zda va amalda ixlos nasib etishini so‘rayman.

Alloh bilguvchiroqdir

Fatvo manbasi

Maqola borasida fikringiz?

Izoh sababi
Ushbu qator to'ldirilishi shart.

Bu javob foydali bo’ldimi?

0

O’xshash fatvolar

  • Tarmoqli marketing hukmi

    «Tarmoqli marketing» yoxud «Majburiy matritsa tizimi» shunday tizimki, unda bir kishi kompaniyaga 10 dollar to‘laydi. Shundan so‘ng, kompaniya va (tizimda avvaldan tanlangan) yana to‘rt kishining har biriga 2 dollardan o‘tkazib beriladi. Bu bir martalik to‘lov bo‘lib, to‘lovni amalga oshirgan kishi tizimga qo‘shiladigan yangi a’zolar ham shunday qilishini kutadi. Har safar yangi a’zo qo‘shilganda, tizimdagi har bir ishtirokchi 2 dollardan oladi, chunki yangi a’zolar to‘lovni bevosita o‘zidan yuqoridagi to‘rt kishiga to‘laydi. Kompaniya esa har bir a’zodan xizmat haqi sifatida o‘zining 2 dollarini olib qoladi. Ushbu dasturga qo‘shilish halolmi? Alloh sizni yaxshilik bilan mukofotlasin.
  • Piramida marketing sxemalari

    Ilmiy tadqiqotlar va fatvolar bo‘yicha doimiy qo‘mitaga «Biznes» va «Hibatul-Jazira» kabi piramida yoki tarmoqli marketing shirkatlarining faoliyati haqida ko‘plab savollar kelib tushdi. Bu shirkatlar faoliyatining mohiyati quyidagicha: bir kishi mahsulot yoki tovar sotib olishga ko‘ndiriladi, so‘ng u boshqalarni xuddi shunday qilishga undaydi, ular ham o‘z navbatida keyingilarni jalb qiladi va bu zanjir shu tarzda davom etadi. Ishtirokchilar qatlami qancha kengaysa, birinchi ishtirokchi shuncha ko‘p komission haq oladi va bu summa hatto minglab riyollarga yetishi mumkin. Har bir ishtirokchi o‘zidan keyingilarni a’zolar ro‘yxatiga yangi odamlarni jalb qila olsa, katta komission to‘lovlar olishi mumkinligi bilan qiziqtiradi. Aynan mana shu narsa piramida yoki tarmoqli marketing deb ataladi.
  • Namozdagi qunut

    Sizdan namozdagi qunut (ruku’dan keyin qo‘l ko‘tarib duo qilish) haqida so‘ramoqchiman. Bu amal Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning sunnatlaridanmi yoki bu ish ularning holati sababli istisno tariqasida bo‘lganmi? Iltimos, menga javob bering, chunki masjidimiz imomi, Rasulullohdan qaysi namoz afzal, deb so‘ralganda, u zot alayhissalotu vassalom: «Qunuti uzunroq bo‘lgan namoz», deb javob berganlar», deb aytdi.
  • Ro‘zador kishi xotinini quchoqlashi joizmi?

    Yaqinda uylandim. Ramazon oyida ro‘za tutgan holda, saharlikdan so‘ng yotaman va ba’zan yonimda xotinim ham bo‘ladi. Uni quchoqlashim ro‘zamga ta’sir qiladimi? Ro‘zador kishi uchun qaysi ishlar joiz, qaysilari harom yoki ro‘zani buzuvchi hisoblanadi? Shu haqda tushuntirish bersangiz.
  • «CadenzaX Music» platformasi orqali pul topish hukmi

    Men sizlardan hozirgi kunda ijtimoiy tarmoqlarda ommalashayotgan «CadenzaX music» nomli platformaga (yoki shunga o‘xshash loyihalarga) qo‘shilish va undan daromad topishning Islomdagi hukmi haqida so‘ramoqchi edim. Bu sahifaning ishlash tizimi va daromad ko‘rish tartibi quyidagicha: 1. Sayt yoki ilova foydalanuvchilarga ma’lum musiqalarni eshitish, layk bosish yoki qandaydir oddiy vazifalarni bajarish evaziga pul to‘lashni va’da qiladi. 2. Ko‘proq pul ishlash uchun foydalanuvchidan dastlab o‘z yonidan pul kiritib, maxsus «VIP» darajalarni sotib olish talab etiladi. 3. Sayt qoidalariga ko‘ra, orqangizdan yangi odamlarni taklif qilsangiz va ular ham pul kiritsa, ularning sarmoyasidan sizga ma’lum foizlarda bonus (daromad) beriladi. Meni shubhalantirgan jihati shundaki, tizimning asosi aslida musiqa eshitish emas, balki tarmoqli marketing va moliyaviy piramidaga o‘xshab ketadi. Chunki tizim asosan yangi qo‘shilganlarning pullari hisobidan eskilariga pul to‘layotgandek ko‘rinadi.
  • Vitr duosi vojibmi va uni yod bilmasa nima deydi?

    Vitrdagi qunut duosi kabi duolarni yod olishga qiynalaman. Shuning uchun bu duoning oʻrniga biror sura oʻqirdim. Bu duoni oʻqishning farz ekanini bilgach, yod olishga harakat qildim va namoz paytida yonimdagi stol ustidan kitobni olib, qiblaga yuzlangan holda oʻqiydigan boʻldim. Shunday qilishim joizmi?