O'qildi: 70
Iyul 1, 2025
/ 22 Safar 1447
Fatvo mavzusi: Eʼtiqod masalalari » Iymon » Jinlar, sehr va nazarga iymon » Nikoh ahkomlari » Nikoh odobi » Nikohni buzadigan ishlar » Oilaviy masalalar
Savol
Men bir muslima qizga uylangan edim, lekin u bilan yaqinlik qila olmaganimdan uni taloq qildim. Holbuki men 100% sog’lom edim. Keyin buning sababi sehr ekanini bildim. Men va otamga bir shayxning huzuriga borib, Ruqiya qildirishni maslahat berishdi. Shunda sobiq xotinim butunlay titray boshladi va kimdir unga sehr qilgani aniq-ravshan bo‘ldi. Keyinchalik, sobiq xotinimning oilasi sehr bilan shug‘ullanishini bilib qoldim. Ular o’zlarining ushbu botil, jirkanch ishlarida qattiq turib olishgani uchun uni taloq qildim. Endi bu muammoni yengib o‘tishimga yordam beradigan yechim izlamoqdaman, chunki yana uylanishim kerak. Javobingiz uchun rahmat.
O’xshash fatvolarJavob
Alloh taologa hamdu sanolar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salavot va salomlar bo‘lsin.
Sizga maslahatim – Allohga tavakkal qilib, tezroq uylanishga harakat qiling. Toki Allohga tavakkul qilar ekansiz, sizga hech narsa zarar yetkaza olmaydi. Alloh taolo aytadi:
«Kim Allohga tavakkul qilsa, bas, (Allohning) O‘zi unga yetarlidir» (Taloq: 3).
Lekin bu safar bo‘lajak rafiqangizni va uning oilasini juda ehtiyotkorlik bilan tekshirishingiz, oʻtmishdagi tajribangizdan saboq olib, ularni yaxshilab surishtirishingiz lozim. Sahih hadisda kelganidek:
Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Mo‘min bir kavakdan ikki marta chaqtirmaydi», dedilar» (Sahihi Buxoriy, 6133).
Iztirobingizni yengishga yordam beradigan narsa shuki, savolingizdan ko‘rinib turganidek, ayb sizda emas, balki sobiq xotiningizda ekan. Shuning uchun har namozdan keyin va uxlashdan oldin Qur’onning qoʻrgʻon qiluvchi suralari, «Falaq» va «Nos» suralarini o‘qishga harakat qiling. Ularni o‘qiganingizda qo‘lingizga puflab, so‘ng yuzingiz va tanangizga surting.
Alloh sizni va bizni barcha yomonliklardan asrasin.
Bu javob foydali bo’ldimi?