O'qildi: 36
Iyul 15, 2025
/ 20 Muharram 1447
Fatvo mavzusi: Fiqh » Fiqh asoslari
Savol
Men oʻzim sotib olmagan dasturiy ta’minotni nusxalashimning hukmi haqida ma’lumot bering.
O’xshash fatvolarJavob
Alloh taologa hamdu sanolar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salavot va salomlar bo‘lsin.
Bu savolga Shayx Abdulaziz ibn Boz rahbarligidagi Doimiy fatvo qo‘mitasi quyidagicha javob bergan:
«Egalari nusxalashni taqiqlagan dasturlarni ularning ruxsatisiz nusxalash joiz emas. Chunki Payg‘ambar sollallohu alayhi va sallam:
«Musulmonlar (o‘zaro) shartlari asosida (turishadi)», deganlar. (Abu Dovud, 3594).
Shuningdek, yana boshqa hadisda:
Hanifa Raqqoshiy roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Musulmon kishining moli uning ko‘ngil roziligisiz halol bo‘lmaydi», dedilar (Abu Ya’lo va boshqalar rivoyat qilgan. «Sahihul Jome’», 7662).
Yana shunday deganlar:
«Kim bir muboh narsaga birinchi bo‘lib yetsa, u unga boshqalardan ko‘ra haqlidir».
Bu hukm dastur egasi musulmon bo‘lsin yoki urush holatida bo‘lmagan kofir bo‘lsin — barchasiga taalluqli. Chunki urush holatida bo‘lmagan kofirning haqqi ham musulmonning haqqidek hurmat qilinadi. Alloh bilguvchiroqdir» (Doimiy fatvo qo’mitasi, fatvo raqami: 18453).
Shayx Muhammad ibn Solih al-Usaymin bu masalada quyidagicha fikr bildirganlar: «Bu masalada urf-odat bo‘yicha ish tutiladi. Ammo agar kishi o‘zi uchun nusxalamoqchi bo‘lsa va dasturni birinchi yozgan kishi xususiy va umumiy nusxalashni taqiqlamagan bo‘lsa, bunda zarar yo‘q deb umid qilaman. Ammo agar dasturni birinchi yozgan kishi xususiy va umumiy nusxalashni taqiqlagan bo‘lsa, mutlaqo joiz emas».
Vallohu a’lam.
Bu javob foydali bo’ldimi?