O'qildi: 47
Iyun 22, 2025
/ 7 Muharram 1447
Fatvo mavzusi: Iymon » Oxiratga iymon keltirish
Javob
Alloh taologa hamdu sanolar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salavot va salomlar bo‘lsin.
Jannatni yaratgan Zot bizga jannatga kiradigan kishilarning tavsiflari haqida xabar berdi.
Alloh azza va jalla aytadi:
«Va erkakmi, ayolmi kim mo‘min bo‘lgan holida biron yaxshilik qilsa, ana o‘shalar jannatga kiradilar (va) u joyda ularga behisob rizq berilur» (G‘ofir: 40).
Yana Alloh taolo aytadi:
«Albatta «Parvardigorimiz Allohdir», degan, so‘ngra (To‘g‘ri Yo‘lda) ustuvor bo‘lgan zotlar uchun xavf-xatar yo‘qdir va ular g‘amgin bo‘lmaslar. Ana o‘shalar jannat egalari bo‘lib, u joyda mangu qolurlar. (Bu) ular qilib o‘tgan amallarining mukofotidir» (Ahqof: 13–14).
Yana aytadi:
«Magar iymon keltirib, yaxshi amallar qilgan zotlargina (azobga duchor qilinmaslar). Bas, ular jannatga kirurlar va ularga biron zulm qilinmas» (Maryam: 60).
Shunday ekan, kim Allohga taslim bo‘lsa (Islomni qabul qilsa), Alloh buyurgan amallarni bajarsa va Alloh harom qilgan narsalardan tiyilsa, jannatga kiradi.
Bu javob foydali bo’ldimi?