Zino qilgan va o‘z joniga qasd qilishni o‘ylayotgan ayol
Savol
Bir turmush qurgan ayol fahsh ishga qoʻl urib, soʻng tavba qilgan. Lekin qilmishining asorati uni ta’qib qilmoqda. Hozirda u oʻz joniga qasd qilish haqida oʻylayapti. U ayol endi nima qilishi kerak?
O’xshash fatvolarJavob
Alloh taologa hamdu sanolar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salavot va salomlar bo‘lsin.
Abdulloh Ibn Mas’ud roziyallohu anhu aytadilar:
«إِنَّ الْمُؤْمِنَ يَرَى ذُنُوبَهُ كَأَنَّهُ قَاعِدٌ تَحْتَ جَبَلٍ يَخَافُ أَنْ يَقَعَ عَلَيْهِ، وَإِنَّ الْفَاجِرَ يَرَى ذُنُوبَهُ كَذُبَابٍ مَرَّ عَلَى أَنْفِهِ، فَقَالَ بِهِ هَكَذَا. قَالَ أَبُو شِهَابٍ بِيَدِهِ فَوْقَ أَنْفِهِ».
«Mo‘min o‘zining gunohlarini xuddi tog‘ning tagida uning ustiga qulashidan qo‘rqqan odamdek ko‘radi. Fojir esa gunohlarini burnining ustidan uchib o‘tgan pashshani – Abu Shihob qo‘li bilan burnining tepasiga ishora qilib – mana bunday qilgan kishidek ko‘radi» (Sahihi Buxoriy: 6308).
Bu ayol gunohining ogʻirligini his qilishi va uning ruhiga ta’siri iymon alomatlaridandir. Biz unga quyidagicha maslahat beramiz:
- Birinchi eridan shar’iy taloq qilinganini yoki shar’iy xulu’ (ayol talabi bilan nikohni bekor qilish) qilinganini aniqlash kerak.
- Ikkinchi er bilan nikohining haqiqiyligiga ishonch hosil qilishi lozim, chunki ikki zinokor o‘rtasidagi nikoh, faqat tavba qilganlaridan keyingina shar’an joiz boʻladi (649-fatvoga qarang). Agar nikoh haqiqiy boʻlmasa, qayta nikohlash
- Agar bu ayol Allohga chin dildan tavba qilsa, qilgan ishidan pushaymon bo‘lsa va uni boshqa takrorlamaslikka qat’iy qaror qilsa, Allohga qaytsa, Alloh uning barcha gunohlarini, qanchalik katta bo‘lmasin, mag‘firat qiladi. Shuning uchun u Allohning rahmatidan umidini uzmasligi kerak, zero faqat kofirlar va adashganlar Allohning rahmatidan noumid bo‘ladilar.
- Yaxshi amallar qilishga oshiqish va ularni koʻpaytirish orqali oʻsha gunohni yuvish, Alloh taolo aytganidek:
﴿وَأَقِمِ ٱلصَّلَوٰةَ طَرَفَيِ ٱلنَّهَارِ وَزُلَفٗا مِّنَ ٱلَّيۡلِۚ إِنَّ ٱلۡحَسَنَٰتِ يُذۡهِبۡنَ ٱلسَّيِّـَٔاتِۚ ذَٰلِكَ ذِكۡرَىٰ لِلذَّٰكِرِينَ﴾
«Kunduzning har ikki tarafida va kechaning bir boʻlagida namozni toʻkis ado qiling! Albatta, yaxshi amallar yomonlik-gunohlarni ketkazur. Bu quloq tutguvchilar uchun eslatmadir» (Hud: 114).
- Poklik va iffatga asoslangan sof Islomiy hayotni boshlash. Ammo oʻz joniga qasd qilish mutlaqo yechim emas, aksincha u eng og‘ir gunohlardan biri bo‘lib, uni qilgan kishining azobini yanada kuchaytiradi. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam aytdilar:
عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ ﵁ عَنِ النَّبِيِّ ﷺ قَالَ: «مَنْ تَرَدَّى مِنْ جَبَلٍ فَقَتَلَ نَفْسَهُ فَهْوَ فِي نَارِ جَهَنَّمَ يَتَرَدَّى فِيهِ خَالِدًا مُخَلَّدًا فِيهَا أَبَدًا، وَمَنْ تَحَسَّى سُمًّا فَقَتَلَ نَفْسَهُ فَسُمُّهُ فِي يَدِهِ يَتَحَسَّاهُ فِي نَارِ جَهَنَّمَ خَالِدًا مُخَلَّدًا فِيهَا أَبَدًا، وَمَنْ قَتَلَ نَفْسَهُ بِحَدِيدَةٍ فَحَدِيدَتُهُ فِي يَدِهِ يَجَأُ بِهَا فِي بَطْنِهِ فِي نَارِ جَهَنَّمَ خَالِدًا مُخَلَّدًا فِيهَا أَبَدًا».
Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam shunday dedilar: «Kimki o‘zini tog‘dan tashlab o‘lsa, jahannam o‘tidadir, unda mangu qolgan holida abadul-abad o‘zini tashlayveradi. Kim zahar ichib, o‘zini o‘ldirsa, jahannam o‘tida mangu qolgan holida abadul-abad o‘sha qo‘lidagi zaharini ichaveradi. Kim biror tig‘ bilan o‘zini o‘ldirsa, jahannam o‘tida mangu qolgan holida abadul-abad o‘sha qo‘lidagi tig‘ini qorniga tiqaveradi» (Buxoriy: 5778).
Alloh taolodan bu ayolni xolis tavbaga muvaffaq qilishini, uning gunohini kechirishini va Oʻz rahmatiga kiritishini soʻraymiz. Albatta, U duolarni eshituvchi va ijobat qiluvchidir.