Mavzular

Yangi fatvolar

Maqolalar

Kitoblar


Saqlanganlar

Murakkab qidiruv


Loyiha haqida

Fikr bildiring

Bosh sahifa » Oilaviy masalalar » Er-xotin huquqlari » Pul topmasa ham oilada erkak boshliqdir
Fatvo: 930

O'qildi: 314

17.07.2025

/ 22 Muharram 1447

Fatvo mavzusi: »

Pul topmasa ham oilada erkak boshliqdir

Savol

Agar erkak oilaning asosiy daromad manbai bo‘lmasa, u oila boshlig‘i hisoblanadimi?

O’xshash fatvolar

Javob

Alloh taologa hamdu sanolar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salavot va salomlar bo‘lsin.

Qavvomlik, ya’ni oiladagi rahbarlik Alloh taolo ayolga emas, faqat erkaklarga xos qilib belgilagan ishlardan biridir. Ya’ni, er ayolning ishonchli vasiysidir, uning ishlarini boshqaradi, holatini isloh qiladi va xuddi hokim o‘z fuqarolariga boshchilik qilganidek, er ayolning ustidan boshqaruvchi sifatida hukm yuritadi. Alloh taolo aytadi:

﴿وَلِلرِّجَالِ عَلَيْهِنَّ دَرَجَةٌ ۗ وَاللَّهُ عَزِيزٌ حَكِيمٌ﴾

«Va erkaklar uchun (ayollar) ustida bir daraja (imtiyoz) bor» (Baqara: 228).

U Zot yana aytadi:

﴿الرِّجَالُ قَوَّامُونَ عَلَى النِّسَاءِ بِمَا فَضَّلَ اللَّهُ بَعْضَهُمْ عَلَىٰ بَعْضٍ وَبِمَا أَنْفَقُوا مِنْ أَمْوَالِهِمْ﴾

«Erkaklar xotinlari ustida rahbardirlar. Bunga sabab Alloh ularning birovlarini birovlaridan (ya’ni, erkaklarni ayollardan) ortiq qilgani va erkaklar (xotinlari va oilalari uchun) o‘z mol-mulklaridan sarf-xarajat qilganlaridir» (Niso: 34).

Ibn Kasir aytadi: «Ya’ni, erkak ayolga boshchilik qiladi. U ayolning boshlig‘i, kattasi, hukmdori va agar ayol to‘g‘ri yo‘ldan toysa, uni to‘g‘rilovchidir». Alloma shayx Amin Shinqitiy shunday deydi: «(Alloh) erkakning ayoldan afzalligini ishora qilgan, chunki erkaklik sharaf va mukammallik, ayollik esa yaratilishdagi tabiiy nuqsondir. Butun insoniyat bunga ittifoq qilgan koʻrinadi, chunki ayollar barcha xalqlar tomonidan eng go‘zal taqinchoq va bezaklar bilan bezatiladi. Bu ularning tabiiy kamchiligini to‘ldirishdir… Shuningdek, ayollar orasidagi kamdan-kam uchraydigan holatlarga e’tibor bermaslik kerak, chunki istisno holatlarga asoslanib hukm chiqarilmaydi».

Rahbarlikning sabablari quyidagilardir:

  1. 1. Aql va farosat barkamolligi: Qurtubiy aytadi: «Erkaklar aql va boshqaruv jihatidan ustunlikka ega, shuning uchun ularga ayollarga g‘amxo‘rlik qilish huquqi berilgan».
  2. 2. Dindagi kamolot: chunki ayol hayz ko‘radi va nifos (tug‘ruqdan keyingi qon) holatida bo‘ladi, bu davrda namoz o‘qimaydi va ro‘za tutmaydi, erkak esa bunday emas.
  3. 3. Mahr va nafaqa kabi moliyaviy majburiyatlar erkakka yuklatilgan, ayolga emas. Shuning uchun agar er ayolga nafaqa qilishdan bosh tortsa, ayolga sud orqali nikohni bekor qilish huquqi beriladi.

Xulosa qilib aytganda, vasiylik Qur’oni Karimda aytilganidek, erkakka tegishlidir. Agar ayol erkakka, o‘ziga va farzandlariga sarf-xarajat qilsa, bu xayriya hisoblanadi. Alloh taolo aytganidek:

﴿فَإِن طِبۡنَ لَكُمۡ عَن شَیۡءࣲ مِّنۡهُ نَفۡسࣰا فَكُلُوهُ هَنِیۤـࣰٔا مَّرِیۤـࣰٔا﴾

«Agar ular (ayollar) sizlarga undan (mahridan) biror narsani o‘z xohishlari bilan tutsalar, bas, uni yenglar. Osh bo‘lsin, ofiyat bo‘lsin» (Niso: 4).

Rahbarlik har qanday holatda ham erkakka tegishli bo‘lib, erkak kishining, masalan, ko‘chaga chiqishdan oldin ayoldan ruxsat so‘rashi mantiqqa to‘g‘ri kelmaydi.

 

Alloh bilguvchiroqdir.

 

Masalani kengroq o‘rganish uchun quyidagilarga qarang: Ibn Arabiyning «Ahkamul Qur’on» (1/531), Jassos Al-Hanafiyning «Ahkom» (2/188), Qurtubiy tafsiri (2/169), Ibn Kasir tafsiri (1/491), Amin Shinqitiyning «Azvoul Bayon» (1/136-137 muhim).

Fatvo manbasi

Maqola borasida fikringiz?

Izoh sababi
Ushbu qator to'ldirilishi shart.

Bu javob foydali bo’ldimi?

0

O’xshash fatvolar

  • Unashtiruv buzilgan taqdirda, kuyov hadyalarini qaytarib oladimi?

    Men dindor va yaxshi xulqli deb hisoblagan bir yigitga unashtirilgan edim. Oilalar o‘rtasidagi muammolar sababli unashtiruv buzildi. Biz yashaydigan mamlakatning odatlaridan biri shuki, kuyov unashtirilgan qizini har ziyorat qilganida unga xarajat uchun 50-100 funt atrofida pul beradi. Unashtiruv davrida u menga bergan xarajat pullarini hisoblab, unga qaytarishimiz kerakmi yoki yo‘qmi?
  • Ayol pul topsa uyga xarajat qilishi kerakmi?

    Ishlaydigan ayol uy xarajatlarini to‘lashi kerakmi? Chunki eri: «Agar uy xarajatlarini to‘lamasang, ishlashga haqqing yo‘q», deydi. Erining uning maoshida haqqi bormi? Agar u uy xarajatlarini to‘lashi kerak bo‘lsa, u bilan eri o‘rtasida qanday nisbat bo‘lishi kerak?
  • Togʻaning ayoliga uylanish hukmi

    Savolim nikoh masalasiga taalluqli. Yaqin do‘stim tog‘asining xotiniga uylanmoqchi. Do‘stimning tog‘asi xotiniga juda yomon munosabatda bo‘ladi, bu ularning ikki farzandiga salbiy ta’sir qilmoqda. Ayol eridan ajrashib, do‘stimga turmushga chiqish istagida. Do‘stim unga va bolalarga yordam berib, togʻasining qo‘pollik va sovuqqonligini qoplamoqchi. Shu vaziyat yuzasidan quyidagi savollarim bor: 1. Bunday nikoh shariat bo‘yicha ruxsat etilganmi? 2. Do‘stimning ikki bola (togʻasining farzandlari) oldidagi huquq va majburiyatlari nimalardan iborat? Ushbu savolga batafsil javob berishingizni iltimos qilaman. Agar nikoh Islom shariati qoidalariga zid bo‘lsa, men bu nikohning oldini olishga harakat qilaman. Tezroq javob bersangiz, g‘oyat minnatdor bo‘lardim. Rahmat.
  • Tavba qilgan ikki zinokorning nikohi

    Men besh yildan beri Yevropada tahsil olayotgan musulmonman. O‘qishim davomida bir qizni uchratdim va uni ikki yil sevdim. Tan olishim kerakki, u bilan ogʻir gunohga – zino qilishgacha bordim. So‘nggi bir necha oy ichida qiz Islomni qabul qildi va endi men uni Alloh va Uning Rasuli sunnatiga muvofiq nikohimga olmoqchiman. Uni nikohimga olishim joizmi? Men qilishim kerak boʻlgan biror maxsus amal bormi? Alloh sizga ezgulik ato etsin.
  • Bachadonini oldirgan ayol va farzand istagi bor er uchun yechim

    Ikki yil oldin ayolim bachadon va jinsiy a’zolarini olib tashlash bo‘yicha jarrohlik amaliyotini o‘tkazdi. U bu qadamni tuxumdonlarga ta’sir qilishi ehtimoli bor va uzoq muddatda yomon oqibatlarga olib kelishi mumkin bo‘lgan asoratlarni inobatga olib, shifokorning tavsiyasidan so‘ng o‘z mas’uliyatiga oldi. Ammo men yana farzand ko‘rishni xohlardim. Biz musulmonmiz va men yana farzandli bo‘lib, ularni Islom ta’limotlari asosida tarbiyalashni istayman.Operatsiyadan keyin xotinimda jismoniy va ruhiy o‘zgarishlar sezildi, uning menga nisbatan munosabati sovuqlashdi. Bu hol meni qiynamoqda, ammo men baribir uni yaxshi ko‘raman. Mening hozir ikki farzandim bor: biri o‘z o‘g‘lim, 11 yoshda, ikkinchisi xotinimning avvalgi nikohidan o‘g‘li, 15 yoshda. Kichik o‘g‘lim Islomni qabul qildi, katta o‘g‘lim esa dinga befarq. Shunga qaramay, unisini ham o‘z farzandimdek yaxshi ko‘raman.Lekin men endi yana farzand ko‘rish, ikkinchi bor ota bo‘lish va ularni Islom dinida tarbiyalashni juda istayman. Shu bois, ikkinchi ayolga uylanish haqida o‘ylayapman. Biroq xotinim bunga qarshi, garchi u nikoh asnosida bunda shart qoʻymagan bo‘lsa ham. Agar men bu ishga qoʻl ursam, u men bilan ajrashishi mumkinligini bilaman. Men ikkilanib qoldim, xotinimdan ajralmasdan yangi hayot boshlasam to‘g‘ri bo’ladimi? Dinimizda bu masalaga qanday qaraladi? Bu borada menga qanday maslahat berasiz?
  • Kuyovlikka nomzod bilan uchrashuv mezoni

    Men Payg‘ambar sollallohu alayhi va sallamning nikohlanishni niyat qilgan ayolni ko‘rishga ruxsat bergan hadislarini o‘qidim. Savolim shuku, kuyovlikka nomzod kishiga boʻlajak kelinning nimalarini ko‘rishga ruxsat etiladi? Uning sochini yoki boshini toʻliq ko‘rish joizmi?