O'qildi: 51
Iyul 15, 2025
/ 20 Safar 1447
Fatvo mavzusi: Daʼvat » Ilm va daʼvat
Savol
Islomga kirish haqida ko‘proq ma’lumot olishni istardim. Men musulmonlar, masjidlar yoki o‘quv guruhlari bo‘lmagan hududda istiqomat qilaman. O‘rganishni boshlashning eng samarali usuli qanday? Nimalarni bilishim lozim?
O’xshash fatvolarJavob
Alloh taologa hamdu sanolar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salavot va salomlar bo‘lsin.
Hurmatli savol beruvchi singlim, modomiki Islomning haq din va to‘g‘ri yo‘l ekanini anglab yetgan ekansiz, darhol dinga kirishingiz namoz va boshqa ibodatlar kabi Islomiy farzlarni ado etishga darhol kirishishingiz lozim. Islomni o‘rganishga bo‘lgan intilishingiz tahsinga sazovor ajoyib ishdir.
Biroq, siz munosib muhit va jamoaning yo‘qligidan xavotirdasiz. Bu, shubhasiz, muammo, lekin Allohning izni bilan bu muammoni bartaraf etishingiz mumkin.
Islom haqida ko‘proq bilim va foydali ma’lumotlar olish uchun bir qancha Islomiy internet sahifalari mavjud. Keyin Islomiy tashkilotlar va nashriyotlarga murojaat qilib, Islomga oid foydali kitoblar olishingiz mumkin. Ehtimol, sizning shahringizda yoki yoki yaqin atrofdagi shaharda Islomiy markaz bo‘lishi mumkin, u yerga oyda bir marta borib, musulmon opa-singillaringiz bilan uchrashib, yaxshilik va ezgulik haqida o‘zaro fikr almashishingiz mumkin. Shuningdek, har bir viloyat yoki shahardagi Islom markazlari manzillarini intenetdan qidirsangiz ham boʻladi.
Agar imkoningiz bo‘lsa, musulmonlar jamiyati yoki sof Islomga (ahli sunna val-jamoaga) amal qiladigan Islom markazi mavjud bo‘lgan shaharga ko‘chib o‘tsangiz yaxshi bo‘lardi. Har holda, agar birorta musulmonni topa olmasangiz ham, bu sizning Islomda qolishingizga to‘sqinlik qilmaydi. Islomda Rabbingiz bilan doimiy muloqotda bo‘lasiz. Allohga ibodat qilasiz, U Zotga iltijo qilasiz, U Zotdan hidoyat va sobitqadamlik so‘raysiz, namoz orqali U Zotga yaqinlashasiz va U Zotdan panoh topasiz. Bu esa har qanday yoʻldoshning o‘rnini toʻldirib, yolg‘izlik va muslima opa-singillaringizga boʻlgan ishtiyoqning oʻrnini bosadi.
Islomning dastlabki davrida musulmon bo‘lgan sahobalarning ba’zilari o‘z qavmlari va qabilalari orasida yolg‘izlanib, yakkalanib qoldilar va har biri o‘z o‘rnida Allohga ibodat qilib, to Payg‘ambar sollallohu alayhi va sallam Madinaga hijrat qilgunlariga qadar shu holda yashadilar. So‘ng ular u zot bilan birga hijrat qilishdi va Islom davlatini barpo etishda yordam berishdi.
Allohdan sizni haq yo‘lga hidoyat qilishini, Alloh va Rasulining da’vatiga tezroq javob berishga muvaffaq qilishini soʻraymiz. Sizga dunyo va oxiratda baxt-saodat tilaymiz.
Bu javob foydali bo’ldimi?