Mavzular

Yangi fatvolar

Maqolalar

Kitoblar


Saqlanganlar

Murakkab qidiruv


Loyiha haqida

Fikr bildiring

Bosh sahifa » Oilaviy masalalar » Nikoh ahkomlari » Musulmonning nasroniy ayolga uylanishi va ilgari nasroniy bo‘lmaganligi
Fatvo: 689

O'qildi: 127

Iyul 5, 2025

/ 10 Muharram 1447

Fatvo mavzusi: » »

Musulmonning nasroniy ayolga uylanishi va ilgari nasroniy bo‘lmaganligi

Savol

Musulmon kishi nasroniy diniga o‘tmay yoki ilgari nasroniy bo‘lmay turib katolik ayolga uylanishi joizmi?

O’xshash fatvolar

Javob

Alloh taologa hamdu sanolar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salavot va salomlar bo‘lsin.

Muslima ayolning kofirga turmushga chiqishi joiz emas, modomiki kofirmi, uning qaysi dinga mansub ekanining ahamiyati yoʻq. Chunki Alloh taolo:

﴿وَلَا تُنْكِحُوا الْمُشْرِكِينَ حَتَّىٰ يُؤْمِنُوا﴾

«To iymonga kelmagunlaricha mushriklarga (qizlaringizni) nikohlab bermang!» (Baqara: 221), degan.

Musulmon erkakning nasroniy ayolga uylanishi joiz, agar ayol afifa (oʻzini haromdan saqlagan) bo‘lsa. Chunki Alloh taolo:

﴿وَالْمُحْصَنَاتُ مِنَ الَّذِينَ أُوتُوا الْكِتَابَ﴾

«Ahli kitoblardan bo‘lgan o‘zlarini haromdan saqlagan ayollar ham haloldir», degan (Moida: 5).

Xorijda yashovchi musulmonlarga, garchi bu ishga aslida ruxsat etilgan bo‘lsa-da, bunday qadam tashlashdan oldin shoshilmasdan, yaxshilab o‘ylab ko‘rishlarini maslahat beramiz. Chunki ularning farzandlari nasroniy bo‘lib ketish ehtimoli juda katta, ayniqsa qonun g‘ayridin onaning tomonida bo‘lsa. Hayotda bunga oid ko‘plab fojiali voqealar mavjud.

Allohdan barchaga hidoyat va muvaffaqiyat so‘raymiz va Alloh Payg‘ambarimiz Muhammadga salavot yo‘llasin.

Fatvo manbasi

Maqola borasida fikringiz?

Izoh sababi
Ushbu qator to'ldirilishi shart.

Bu javob foydali bo’ldimi?

0

O’xshash fatvolar

  • Nikoh kechasida aytiladigan duo

    To‘y kechasi kuyov kelinning oldiga kirganda sunnatga amal qilishning mezoni nima? Chunki ko‘pchilikka bu kecha «Baqara» surasini tilovat qilish va namoz o‘qish kerakligi haqidagi tushuncha chalkashlik tug‘diradi. Bu esa bugungi kunda ko‘pchilik orasida odatiy holga aylanib qolgan.
  • Ayol kishi turmushga chiqishi shartmi?

    Ayol kishi turmushga chiqishi shartmi?
  • Nikohda harom ishni shart qilish

    Agar kelinchak kuyovning uyida it boqishni shart qilsa, buning hukmi qanday bo‘ladi?
  • Jinsiy aloqa paytida oʻqiladigan duo

    Mening savolim uning javoblari har xil bo‘lgan savollardan. Musulmon kishi jimo paytida biror duo aytishi kerakmi? Musulmon er-xotin birinchi jinsiy aloqadan oldin namoz o‘qishi kerakmi?
  • Nikohsiz sevishning ayanchli oqibati

    Men bir musulmon yigitni qattiq sevaman va unga turmushga chiqmoqchiman. Alloh erkak va ayol o‘rtasidagi noshar’iy munosabatlarni harom qilganini bilaman. Bu munosabatimiz uchun qalbimda chuqur afsus chekyapman. Sezishimcha, biz Alloh nafratlanadigan munosabatda bo‘lganimiz uchun u menga uylanmaydi, chunki u menga nisbatan hurmatini yo‘qotgan. Bu masala haqida Qur’onda nima deyilgan?
  • Er-xotin orasidagi jinsiy aloqalarning me’yori

    Er-xotin nikoh kechasida jinsiy aloqa qilishi mumkinmi? Agar javob ijobiy bo‘lsa, er xotini bilan bir haftada qancha marta jinsiy aloqada bo‘lishi mumkin, bir martami yo ko‘proq yoki kamroqmi? Iltimos, so‘ramoqchi bo‘lgan narsani ifodalash uchun boshqa so‘z topa olmadim.