Mavzular

Yangi fatvolar

Maqolalar

Kitoblar


Saqlanganlar

Murakkab qidiruv


Loyiha haqida

Fikr bildiring

Bosh sahifa » Hadis va sunnat » Yosin surasiga oid toʻqima hadis
Fatvo: 654

O'qildi: 496

01.07.2025

/ 6 Muharram 1447

Fatvo mavzusi: »

Yosin surasiga oid toʻqima hadis

Savol

Qaysi sura Qur’onning qalbi deyiladi?

O’xshash fatvolar

Javob

Alloh taologa hamdu sanolar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salavot va salomlar bo‘lsin.

Yosin surasi Qur’onning qalbi ekanligiga ishora qiladigan hadis vorid boʻlgan, ammo toʻqima hadisdir. («Zaif va toʻqima hadislar silsilasi» asarida keladi: «Har bir narsaning qalbi bor. Qur’onning qalbi «Yosin» surasidir. Kim bu surani o‘qisa, go‘yo Qur’onni o‘n marta o‘qigandek bo‘ladi». Bu toʻqima hadisdir. Hadisni Termiziy va Dorimiy Humayd ibn Abdurrahmondan, u Hasan ibn Solihdan, u Horun Abu Muhammaddan, u Muqotil ibn Hayyondan, u Qatodadan, u esa Anasdan marfu’ (ya’ni Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamga nisbat berilgan) shaklda rivoyat qilishgan. Termiziy: «Bu hadis hasan g‘aribdir, biz uni faqat shu yo‘l bilan bilamiz» degan. Horun Abu Muhammad majhul (noma’lum) kishidir». Bu bobda Abu Bakr Siddiqdan kelgan rivoyat sahih emas, rivoyat zanjiri zaifdir. Shuningdek, bu bobda Abu Hurayradan ham rivoyat kelgan», deydi» (Silsilatu Ahodisu Zoifa val-Mavzu’a, 169).

Shubhasiz, Yosin surasi ta’sirli qissalar va ibratli saboqlarni o‘z ichiga olgan buyuk suradir, ammo uni Qur’onning qalbi deb ta’riflaydigan birorta ishonchli dalil yo‘q.

Atigi o‘n uch yoshingizda bunday savol berayotganingiz maqtovga sazovor, rag‘batga loyiqdir. Alloh sizga tavfiq berib, qadamingizni sobit qilsin.

Fatvo manbasi

Maqola borasida fikringiz?

Izoh sababi
Ushbu qator to'ldirilishi shart.

Bu javob foydali bo’ldimi?

0

O’xshash fatvolar

  • «Ayollarga yaxshi muomala qilinglar» hadisining ma’nosi

    Hadisda shunday deyiladi: «Sizlarni ayollarga yaxshi munosabatda bo‘lishga buyuraman, chunki ayol egri qovurg‘adan yaratilgan, qovurg‘aning eng egri qismi esa uning yuqori qismidadir» va hokazo. Iltimos, ushbu hadisning mazmunini tushuntirib bering, shuningdek, «qovurg‘aning eng egri qismi uning yuqori qismidadir» iborasining ahamiyatini ham izohlab bersangiz.
  • «Alloh azza va jalla shaʼbonning oʻn beshinchi kechasida dunyo osmoniga tushadi» hadisining sanadi

    Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi, u kishi aytdilar: «Bir kecha Rasululloh sollallohu alayhi vasallamni yoʻqotib qoʻydim, chiqsam, u zot Baqiʼda ekanlar. U zot: «Alloh va Rasuli senga zulm qilishidan qoʻrqdingmi?» dedilar. Men: «Yo Rasulalloh, men sizni biror ayolingizning oldiga ketib qoldingiz deb oʻyladim», dedim. U zot: «Alloh azza va jalla Shaʼbonning 15-kechasida dunyo osmoniga tushib, Kalb qabilasi qoʻylarining junidan ham koʻproq kishini magʻfirat qiladi», dedilar». Ushbu hadisning sanadi qanday?
  • «Allohim, bizga rajab va shaʼbon oylarida baraka ato etgin va bizni ramazonga yetkazgin» duosi sahih hadisda kelganmi?

    Rajab oyining birinchi kechasida muayyan duoni aytish sunnatdanmi, shuni bilmoqchi edim. Duo quyidagicha:«Allohumma barik lana fi rajab va shaʼban va balligʻna Ramazon». Alloh subhanahu va taolodan bizni sahih sunnatga amal qilishda sobitqadam qilishini soʻrayman.
  • Shaʼbon oyida oʻlim koʻpayadimi?

    Shaʼbon oyida ruhlarning olinishi koʻpayishi haqida biror asar kelganmi?
  • Misvok ishlatishdagi sunnatlar

    Misvok nima degani? Uni ishlatish hukmi qanday? Misvokdan foydalaniladigan vaqtlar qaysi? Misvokning xususiyatlari va uni ishlatish uslubi qanday? Misvokning ba’zi turlari limon va boshqa ta’mlarda bo‘ladi, ularning hukmi oddiy misvok hukmi bilan birmi?
  • Rasulullohning qabrlarini ziyorat qilgan kishi u zotni tirikliklarida ziyorat qilgandek boʻladimi?

    Men Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning vafotlaridan so‘ng u zotning qabrlarini ziyorat qilish hayotlik paytlarida u kishini ziyorat qilishga teng ekanligi haqidagi hadisni oʻqib qoldim. Bu hadisga binoan, biz Madinada u zotning qabrlarini ziyorat qilganimizda, go‘yo tirik insonday murojaat qilib, qiyomat kuni Alloh taoloning huzurida biz uchun shafoat so‘rashlarini iltimos qilishimiz man etilmagan deb tushundim. Biroq, bu harakatim shirkning bir ko‘rinishi bo‘lishi mumkinligidan xavotirdaman.