Mavzular

Yangi fatvolar

Maqolalar

Kitoblar


Saqlanganlar

Murakkab qidiruv


Loyiha haqida

Fikr bildiring

Fatvo: 610

O'qildi: 242

01.07.2025

/ 6 Muharram 1447

Fatvo mavzusi:

Benamozning tavbasi

Savol

Men hayotimning bir qismini namoz o‘qimay oʻtkazdim. So‘nggi yillarda Allohga tavba qilib, namozimni muntazam ado etyapman. O‘tmishdagi o‘qilmagan namozlarim bo‘yicha shar’iy hukmni aytib bersangiz.

O’xshash fatvolar

Javob

Alloh taologa hamdu sanolar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salavot va salomlar bo‘lsin.

Allohning sizga bo‘lgan ne’matini yodda tuting: namozni tashlab qo‘yganingizdan so‘ng U Zot sizni yana hidoyatga qaytardi. Namozni o‘z vaqtida, muntazam ado eting va nafl namozlarni ko‘paytiring, toki ular o‘tkazib yuborgan farz namozlaringizning o‘rnini to‘ldirsin.

Bu haqda sahih hadisda kelgan:

عَنْحُرَيْثِ بْنِ قَبِيصَةَ قَالَ: «قَدِمْتُ الْمَدِينَةَ» فَقُلْتُ: اللَّهُمَّ يَسِّرْ لِي جَلِيسًا صَالِحًا، قَالَ: فَجَلَسْتُ إِلَىأَبِي هُرَيْرَةَ فَقُلْتُ: إِنِّي سَأَلْتُ اللهَ أَنْ يَرْزُقَنِي جَلِيسًا صَالِحًا، فَحَدِّثْنِي بِحَدِيثٍ سَمِعْتَهُ مِنْ رَسُولِ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ لَعَلَّ اللهَ أَنْ يَنْفَعَنِي بِهِ؟ فَقَال: سَمِعْتُ رَسُولَ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ يَقُولُ: إِنَّ أَوَّلَ مَا يُحَاسَبُ بِهِ الْعَبْدُ يَوْمَ الْقِيَامَةِ مِنْ عَمَلِهِ صَلَاتُهُ، فَإِنْ صَلَحَتْ فَقَدْ أَفْلَحَ وَأَنْجَحَ، وَإِنْ فَسَدَتْ فَقَدْ خَابَ وَخَسِرَ، فَإِنِ انْتَقَصَ مِنْ فَرِيضَتِهِ شَيْءٌ قَالَ الرَّبُّ تَبَارَكَ وَتَعَالَى: انْظُرُوا هَلْ لِعَبْدِي مِنْ تَطَوُّعٍ فَيُكَمَّلَ بِهَا مَا انْتَقَصَ مِنَ الْفَرِيضَةِ، ثُمَّ يَكُونُ سَائِرُ عَمَلِهِ عَلَى ذَلِكَ.

Hurays ibn Qabiysadan rivoyat qilinadi: «Madinaga kelganimda: «Allohim, menga solih hamsuhbat nasib et», dedim. Keyin Abu Hurayra yoniga o‘tirdim va: «Men Allohdan solih hamsuhbat nasib etishini so’ragan edim. Menga Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan eshitgan hadisingizdan birortasini aytib bersangiz, shoyad Alloh uni menga manfaatli qilsa», dedim. U kishi: «Men Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning shunday deganlarini eshitganman: «Qiyomat kuni banda hisob-kitob qilinadigan birinchi amal – uning namozidir. Agar namozi yaxshi bo‘lsa, najot topadi va muvaffaqiyat qozonadi. Agar namozi yomon bo‘lsa, u mag‘lub bo‘ladi va ziyon ko‘radi. Agar uning farz namozlarida kamchilik bo‘lsa, Alloh azza va jalla: « Qaranglar, bandamning farz namozlaridagi kamchiliklarni to‘ldiradigan biror nafl namozi bormi?», deydi. Keyin uning barcha amallari xuddi shunday tekshiriladi va hukm qilinadi» dedi» (Termiziy, 413; «Sahihul Jome’» 2020-da sahih deyilgan).

Abu Dovud Anas ibn Hakim az-Zobbiydan rivoyat qilgan hadisda, u Madinaga kelgan va Abu Hurayra roziyallohu anhu bilan uchrashgan. U aytadi:

قَالَ: فَنَسَبَنِي، فَانْتَسَبْتُ لَهُ، فَقَالَ: يَا فَتَى، أَلَا أُحَدِّثُكَ حَدِيثًا، قَالَ: قُلْتُ: بَلَى، رَحِمَكَ اللَّهُقَالَ يُونُسُ: وَأَحْسَبُهُ ذَكَرَهُ عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَقَالَ: «إِنَّ أَوَّلَ مَا يُحَاسَبُ النَّاسُ بِهِ يَوْمَ الْقِيَامَةِ مِنْ أَعْمَالِهِمُ الصَّلَاةُ»، قَالَ: «يَقُولُ رَبُّنَا جَلَّ وَعَزَّ لِمَلَائِكَتِهِ وَهُوَ أَعْلَمُ: انْظُرُوا فِي صَلَاةِ عَبْدِي أَتَمَّهَا أَمْ نَقَصَهَا؟ فَإِنْ كَانَتْ تَامَّةً كُتِبَتْ لَهُ تَامَّةً، وَإِنْ كَانَ انْتَقَصَ مِنْهَا شَيْئًا، قَالَ: انْظُرُوا هَلْ لِعَبْدِي مِنْ تَطَوُّعٍ؟ فَإِنْ كَانَ لَهُ تَطَوُّعٌ، قَالَ: أَتِمُّوا لِعَبْدِي فَرِيضَتَهُ مِنْ تَطَوُّعِهِ، ثُمَّ تُؤْخَذُ الْأَعْمَالُ عَلَى ذَاكُمْ»

Abu Hurayra mendan nasabim haqida so‘radi. Men unga aytib berdim. Shunda u: «Ey yigit, senga bir hadis aytib beraymi?» dedi. Men: «Albatta, Allohning sizga rahmati boʻlsin», dedim». Yunus aytadi: «U bu hadisni Nabiy sollallohu alayhi vasallamdan rivoyat qilgan, deb o‘ylayman». Abu Hurayra shunday dedi: «Qiyomat kuni odamlardan so‘raladigan birinchi narsa – ularning namozidir. Rabbimiz O‘z farishtalariga (garchi O‘zi yaxshi bilsa-da) shunday deydi: «Bandamning namoziga qaranglar, uni to‘liq ado etganmi yoki kamchilikka yoʻl qoʻyganmi?» deydi. Agar namozlar mukammal bo‘lsa, to‘liq qilib yoziladi. Agar kamchilik bo‘lsa, U Zot: « Qaranglar, bandamning nafl namozlari bormi?» deydi. Agar nafl ibodatlari bo‘lsa: « Bandamning farz namozlaridagi kamchiliklarni uning nafl namozlari bilan to‘ldiringlar», deydi. Keyin uning qolgan amallari ham xuddi shu tarzda ko‘rib chiqiladi» (Abu Dovud, 864; «Sahihul Jome’» 2571-da sahih deyilgan).

Namoz o‘qimagan kishining tavbasi haqida batafsil ma’lumot olish uchun 91411-raqamli savolning javobiga qarang.

Fatvo manbasi

Maqola borasida fikringiz?

Izoh sababi
Ushbu qator to'ldirilishi shart.

Bu javob foydali bo’ldimi?

1

O’xshash fatvolar

  • Tavba va istig‘for oʻrtasidagi farq

    Tavba va istig‘for o‘rtasidagi farq nima?
  • Bedavo dardga chalingan kishining tavbasi maqbulmi?

    Ko‘p gunohlar bilan yurgan bir kishi og‘ir xastalikka chalinib qoldi. U davolanishga urinib ko‘rdi, biroq natija bermadi. Shifokorlar uning dardiga davo yo‘qligini aytishdi. Endi afsus-nadomat chekib, tavba qilishni xohlayapti. Uning shifo topishidan umid bo‘lmagan, o‘lim xastaligiga duchor bo‘lgan holda qilgan tavbasi qabul qilinadimi?
  • Yo‘ldan adashgandan keyin Islomga qaytish

    Bobom va buvim musulmon, ota-onam ham o‘zlarini musulmon deb bilishadi, ammo ular faqat ba’zida namoz o‘qib, ro‘za tutadilar, Islomning barcha qoidalariga to‘liq amal qilishmaydi. Men esa buvim bilan namoz o‘qishni va Islom ta’limotini o‘rganishni boshladim. Bu mening birinchi marta to‘liq ro‘za tutayotgan Ramazonim. O‘tmishda ko‘p gunohlar qilganman. Qilgan ishlarimni Alloh kechirarmikan?
  • Zino qilgan kishining solih amallari qabul boʻladimi?

    Alloh taolo zino qilgan odamning namozi va ro‘zasini, agar tavba qilsa, uning tavbasini qabul qiladimi?
  • Fohishalikdan tavba qilish

    Men katta gunoh qilib qo‘ydim va nima qilishni bilmayapman. Bilaman, bizning go‘zal dinimizda «ruhoniyga gunohni e’tirof etish» tushunchasi yo‘qligini bilaman, lekin men zino qilib qoʻydim. Allohdan mag‘firat so’rab, tavba qilishga harakat qilyapman. «Nur» surasini o‘qiganimda, men iffatli, pokiza ayolga uylana olmasligimni angladim, endi nima qilishni bilmay boshim qotgan. Iltimos, Alloh menga do‘zax azobini yengillashtirishi uchun duo qiling.