Mavzular

Yangi fatvolar

Maqolalar

Kitoblar


Saqlanganlar

Murakkab qidiruv


Loyiha haqida

Fikr bildiring

Bosh sahifa » Qurʼon ilmlari » Qur’ondagi «biz» olmoshining ma’nosi
Fatvo: 606

O'qildi: 57

Iyun 29, 2025

/ 20 Safar 1447

Fatvo mavzusi: »

Qur’ondagi «biz» olmoshining ma’nosi

Savol

Nima uchun Qur’on oyatlarida «biz» so‘zi ishlatilgan? Ko‘plab g‘ayridinlar bu Iso alayhissalomga ishora bo‘lishi mumkin, deb aytishadi.

O’xshash fatvolar

Javob

Alloh taologa hamdu sanolar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salavot va salomlar bo‘lsin.

«Arab tilining uslubiy xususiyatlaridan biri shuki, inson o‘zini ulug‘lash maqsadida «biz» olmoshini ishlatib gapirishi mumkin. Shuningdek, u o‘zi haqida «men» deb birinchi shaxsda yoki «u» deb uchinchi shaxsda ham gapirishi mumkin. Qur’onda bu uch uslubning barchasi qo‘llanilgan, chunki Alloh arablarga ularning ona tilida murojaat qilgan» (Doimiy qo‘mita fatvolari, 4/143).

Tarjimon izohi: Bu uslub oʻzbek tilida ham mavjud. Ya’ni, «biz» olmoshi faqatgina koʻplikni ifoda etish uchun emas, balki birlik shaxsning «men» olmoshi oʻrnida ishlatilib, kamtarlik yoki, aksincha, maqtanish, gʻururlanish, pinhona gʻurur maʼnolarini ifodalaydi. Bunga oʻzbek adabiyotidan quyidagi misollarni keltirish mumkin:

  1. Asal otliqqa yoʻq, hali biz piyoda-ku! (Abdulla Qahhor, Asarlar).
  2. Kim talabgor? — Mana, biz talabgor, deydi oʻziga ishora qilib.

«Alloh subhanahu va taolo O‘zi haqida ba’zan birlik shaklda, ochiq yoki olmosh tarzda, ba’zida esa ko‘plik sonda zikr qiladi, masalan,

﴿إِنَّا فَتَحْنَا لَكَ فَتْحًا مُبِينًا ۝١﴾

«(Ey Muhammad alayhis-salot-u vas-salom), darhaqiqat, Biz sizga ochiq-ravshan fath-g‘alaba ato etdik» (Fath: 1).
Biroq Alloh O‘zini hech qachon ikkilik (tasniya) olmoshida zikr qilmaydi, chunki ko‘plik shakli Allohga munosib ulug‘lash ma’nosini anglatadi. Gohida esa U Zotning ismlari ma’nolariga dalolat qilishi ham mumkin. Ikkilik olmoshi esa maʻlum bir songa ishora qiladi, Alloh esa sherikdan pokdir» (Shayxul Islomning «Aqida at-Tadmuriya» kitobi, 75-bet).

«إِنَّا – innaa» (albatta biz) hamda «نَحْنُ – nahnu» (biz) olmoshlari va boshqa ko‘plik shakllari ba’zan bir shaxs o‘z jamoasi nomidan gapirishda ishlatiladi, ba’zan esa yagona ulug‘ zot o‘zi haqida gapirishda ishlatadi. Masalan, ba’zi podshohlar farmon yoki qaror chiqarganda «biz» deydi va «biz qaror qildik» kabi iboralar ishlatadi, holbuki u yolg‘iz shaxsdir. Bu ulug‘likni ifoda qilish uchundir. Ulug‘lanishga hammadan koʻproq haqli Zot – Alloh azza va jalladir. Shuning uchun Alloh O‘z kitobida «إِنَّا – innaa» (albatta biz) hamda «نَحْنُ – nahnu» deganda, sanoqni emas, balki ulug‘lashni maqsad qilgan.

Agar bu turdagi oyatlar biror kishiga noaniq bo‘lib, unda shubha uygʻotsa, bu oyatning tafsirini bilish uchun «muhkam (ma’nosi aniq)» oyatlarga murojaat qilishi vojib bo‘ladi.
Agar qaysidir nasroniy, masalan bu oyatni:

﴿إِنَّا نَحْنُ نَزَّلْنَا الذِّكْرَ﴾

«Albatta, bu eslatmani (ya’ni, Qur’onni) Biz O‘zimiz nozil qildik» (Hijr: 9) oyatini va shunga o‘xshash oyatlarni koʻpxudolilikni isbotlash uchun keltirsa, unga muhkam oyatlar bilan javob qaytaramiz, masalan:

﴿وَإِلَـٰهُكُمۡ إِلَـٰهࣱ وَٰحِدࣱۖ لَّاۤ إِلَـٰهَ إِلَّا هُوَ ٱلرَّحۡمَـٰنُ ٱلرَّحِیمُ ۝١٦٣﴾

«Ilohingiz yagona ilohdir. Undan o‘zga haq iloh yo‘qdir. U Rahmon va Rahimdir» (Baqara: 163),

﴿قُلۡ هُوَ ٱللَّهُ أَحَدٌ ۝١﴾

«Ayting: U — Alloh Birdir (Yagonadir)» (Ixlos: 1) kabi faqat bir ma’noga ega bo‘lgan oyatlar bilan rad etishimiz mumkin. Haqiqatni izlayotgan kishi uchun shu kifoya qiladi. Alloh o‘zini zikr qilgan barcha ko‘plik shakllari U munosib bo‘lgan ulug’likka, Uning ism va sifatlari ko‘pligi hamda Uning askarlari va farishtalari ko‘pligiga ishora qiladi» (Shayxul Islomning «Aqidatu Tadmuriya» kitobi, 109-bet).

Alloh bilguvchiroqdir.

Fatvo manbasi

Maqola borasida fikringiz?

Izoh sababi
Ushbu qator to'ldirilishi shart.

Bu javob foydali bo’ldimi?

0

O’xshash fatvolar

  • Qur’onda besh vaqt namoz zikr qilinganmi?

    Alloh taolo aytadi: ﴿فَسُبْحَانَ اللَّهِ حِينَ تُمْسُونَ وَحِينَ تُصْبِحُونَ۝١٧وَلَهُ الْحَمْدُ فِي السَّمَاوَاتِ وَالْأَرْضِ وَعَشِيًّا وَحِينَ تُظْهِرُونَ۝١٨﴾ «Bas, tunga kirish paytlaringizda ham, tongga kirish paytlaringizda ham Allohni poklangiz (ya’ni, U Zotga hamd-u sano aytingiz). Oqshomda ham, peshin paytiga kirishingizda ham (Allohni poklangiz). Zero, osmonlar va Yerdagi bor hamd-u sano Unikidir (ya’ni, koinotdagi barcha mavjudot Unga hamd-u sano aytur)» (Rum: 17-18). Ushbu oyatlarda faqat to‘rtta namoz eslatilgan, holbuki musulmonlar «sunnatga qo‘shimcha ravishda» besh vaqt namoz o‘qiydilar. Nega beshinchi namoz tilga olinmagan? Men haqiqiy musulmonman va Qur’onni ayblashdan mutlaqo yiroqman.
  • «Biz oyni bir necha manzilga belgilab-tayinlab qo‘ygandirmiz» oyatining mazmuni

    Men Islomga moyilman va 1994-yildan beri Qur’onni va shu yilning boshidan Payg‘ambar sollallohu alayhi va sallamning hadislarini o‘qib kelmoqdaman. Islom dini menda katta ma’naviy qoniqish hosil qildi. Men bu dinni qabul qilish niyatida ta’lim olmoqdaman. Qur’onning «Yosin» surasidagi bir oyatning ma’nosini to‘liq tushunmayapman va sizdan bu masalada yordam berishingizni soʻrayman (39-oyat): ﴿وَالْقَمَرَ قَدَّرْنَاهُ مَنَازِلَ حَتَّىٰ عَادَ كَالْعُرْجُونِ الْقَدِيمِ۝٣٩﴾ «Biz oyni ham toki u eski (xurmo) butog‘i kabi bo‘lib (egilib hilol holiga kelib) qolgunicha bir necha manzilga belgilab-tayinlab qo‘ygandirmiz» (Yosin: 39). Yordamingiz uchun minnatdorman. Butun dunyo bo‘ylab ko‘plab odamlarning savollariga javob berib, muammolariga yechim topib berayotganingiz uchun Alloh sizni hidoyat aylasin, himoya qilsin va barakali ato etsin.
  • Har bir guruh uchun xatolarni tuzatuvchi nazoratchi qo‘yish

    Ba’zi sayohatlarda Qur’on o‘qish dasturi bo‘ladi va ular alohida halqalarga (guruhlarga) bo‘linadi. Har bir halqa(guruh)ga Qur’onni yaxshi o‘qiydigan va xatolarni to‘g‘rilaydigan bir kishi boshchilik qiladi. Bunda biror noto‘g‘ri narsa bormi?
  • Rahmon surasining 33-oyatining tafsiri

    Men arab tilini bilmaganim sababli, «Rahmon. surasining 33-oyatini tushuntirib berishingizni iltimos qilaman. Alloh sizga yaxshilik bersin.
  • Bir bemor ustida bir nechta kishi Ruqiya qilishi

    Bir bemorning ustida bir vaqtning o‘zida bir nechta qori qiroat qilishi joizmi?
  • Qur’onni bu nom bilan kim atagan

    Qur’onni bu nom bilan kim atagan? Men bir jurnalda Abu Bakr roziyallohu anhu deb o‘qidim, ammo buning to‘g‘riligiga ishonmayman, chunki Alloh subhanahu va taolo Inson surasida:إِنَّا نَحْنُ نَزَّلْنَا عَلَيْكَ الْقُرْآنَ تَنْزِيلًا«(Ey Muhammad alayhis-salotu vas-salom), albatta Bizning o‘zimiz sizga bu Qur’onni bo‘lib-bo‘lib nozil qildik» (Inson: 23), degan.Aziz birodarim, iltimos, menga bu masala haqida aniq tushuntirish bering.