Mavzular

Yangi fatvolar

Maqolalar

Kitoblar


Saqlanganlar

Murakkab qidiruv


Loyiha haqida

Fikr bildiring

Bosh sahifa » Ilm va daʼvat » Ilm » Psixologiya faniga oid Islomiy kitoblar
Fatvo: 605

O'qildi: 264

29.06.2025

/ 4 Muharram 1447

Fatvo mavzusi: » » » »

Psixologiya faniga oid Islomiy kitoblar

Savol

Psixologiya faniga oid qaysi kitoblarni tavsiya qilasiz?

O’xshash fatvolar

Javob

Alloh taologa hamdu sanolar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salavot va salomlar bo‘lsin.

Agar siz islomiy psixologiya sohasidagi kitoblar haqida so‘rayotgan bo‘lsangiz, afsuski, bu sohada zamonaviy kitoblar hali juda kam. Bu sohada Qur’on va Sunnatni chuqur o‘rgangan, inson psixologiyasini yaxshi tushunib, amaliy tajribaga ega bo‘lgan, shuningdek, g‘ayridin olimlarning bu sohadagi tajribalari va asarlaridan xabardor bo‘lgan mutaxassislarga ehtiyoj bor, toki ular bu mavzuda sof va foydali asarlar yarata olsinlar. Shunga qaramay, bu sohada bir nechta zamonaviy kitoblar mavjud. Ular quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

  1.   «Ilm an-Nafs ad-Da’viy» (Da’vat psixologiyasi) – Abdulaziz Muhammad an-Nug‘amishiy
  2.   «Madxal ila at-tarbiya al-Islomiyya» (Islomiy ta’limga kirish) – Abdurahmon al-Yomiy
  3.   «Usus as-Sihha an-Nafsiyya lit-Tifl al-Muslim» (Musulmon bola ruhiy salomatligining asoslari) – Molik Badriy
  4.   «At-Tafakkur min al-Mushahada ila-sh-Shuhud: Dirosat Nafsiyya Islomiyya» (Ko‘rishdan guvohlikkacha: Islomiy psixologiya tadqiqoti) – Molik Badriy
  5.   «Ilm an-Nafs at-Ta’limiy» (Ta’lim psixologiyasi) – Muhammad Xalifa Barakot
  6.   «Ara’ Ibn al-Qayyim at-Tarbaviyya» (Ibn Qayyimning tarbiyaviy qarashlari) – Hasan Ali Hasan al-Hajjojiy
  7.   «Ilm an-Nafs fiy Hayatina al-Yavmiyya» (Kundalik hayotimizdagi psixologiya) – Muhammad Usmon Najotiy
  8.   «Ilm an-Nafs at-Takviniy» (Rivojlanish psixologiyasi) – Abdulhamid Muhammad al-Hoshimiy
  9.   «Al-Murahiqun» (O’smirlar) – Abdulaziz Muhammad an-Nug‘amishiy
  10. «Usul Ilm an-Nafs-ul-Om» (Umumiy psixologiya asoslari) – Abdulhamid Muhammad al-Hoshimiy

Birinchi keltirilgan manba sizga bu kitoblar haqida batafsil ma’lumot beradi, inshaalloh.

Allohdan sizga muvaffaqiyat tilaymiz.

Fatvo manbasi

Maqola borasida fikringiz?

Izoh sababi
Ushbu qator to'ldirilishi shart.

Bu javob foydali bo’ldimi?

0

O’xshash fatvolar

  • Sevib qolgan yigit nima qilishi kerak?

    Men hozirda Britaniya universitetlaridan birida o‘qiyman va universitetda menga yoqib qolgan bir qiz bor.Men u bilan hech qachon gaplashmaganman. Odatda qizlar bilan gaplashmayman. Biroq, ba’zan salomlashib turamiz.Men Islom shariatiga amal qilgan holda ayollar bilan gaplashmaydigan bo‘lsam, unga qanday qilib turmush qurishni taklif qilishim mumkin? Buning eng yaxshi yo‘li qanday?Borib u bilan gaplashib, shar’iy chegaralardan chiqmagan holda avval tanishib ko‘raymi? Yoki unga to‘g‘ridan to‘g‘ri turmushga chiqishni taklif qilaymi?Agar unga avval tanishmasdan to‘g‘ridan to‘g‘ri turmushga chiqishni taklif qilsam, u meni yaxshi tanimagani uchun va u men mansub bo‘lgan madaniyatdan boshqa madaniyatga mansub bo‘lgani uchun taklifimni darhol rad etishidan qo‘rqaman. Boshqa tomondan, agar u bilan tanishish maqsadida gaplashsam, bu qilmishim Islomga zid bo‘lishidan qo‘rqaman.Men qiyin ahvoldaman, qanday yo‘l tutsam eng to‘g‘ri bo‘ladi?
  • Nasroniy bilan jiddiy suhbat

    Men sahifangizni ko‘zdan kechirayotib, undan zavq oldim, chunki men diniy maktabda ta’lim olayotgan nasroniy talabaman va ko‘proq bilim olishni xohlayman. Quyidagi fikrlar haqidagi qarashlaringizni bilmoqchiman, ular to‘g‘rimi?1. Islomda: Jannat may, ayollar va qo‘shiqlardan iborat. Jannatga erishish yo‘li ana shu narsalardan tiyilish, so‘ngra ular bilan mukofotlanish, shuningdek, Islomning besh rukniga amal qilishdir.2. Islomda: Najot va azobdan qutulishning kafolati yo‘q. Faqat umr bo‘yi shu yo‘lda yursangiz, Allohning najotiga va xalos bo‘lishga erishasiz, deyiladi. Hech qanday kafolat mavjud emas. Kafolatsiz yashash menga yoqmaydi. Men musulmonlar asliy gunohga ishonmasliklarini bilaman, lekin inson gunohkor boʻlib tugʻiladimi yoki yoʻqmi, bundan qatʼi nazar, inson xatokor va koʻp xato qiluvchi ekaniga qoʻshilmaysizmi? Inson o‘z xatolari va gunohlari bilan nima qiladi? Tavba haqida bilaman, ammo menga Alloh huzurida hech kim najot topolmaydigandek tuyuladi. Shu sababli, bizni o‘tmishdagi, hozirgi va kelajakdagi gunohlarimizdan xalos etish uchun O‘z O‘g‘lini bizning uchun qurbon qilib, xochga mixlanib oʻldirilishi uchun yubordi.3. Islomda najot kafolati yo‘q, bunday kafolatsiz yashash haqiqatan ham dahshatli narsa. Hayotingizni yashab, qiyomat kunida xalos boʻlishingiz uchun yetarlicha solih amallar qildingizmi yoki yoʻqmi, bilmaysiz, yetarlicha namoz oʻqidingizmi yoki yoʻqmi, bilmaysiz va hokazo… Bu haqiqatan ham dahshatli.Men koʻplab musulmon hamkasblarimdan o‘limdan so‘ng jannat yoki do‘zaxga borishlariga ishonchlari komilmi, deb so‘raganimda, ulardan ijobiy javob ololmadim. Islomda hech qanday kafolat yo‘q, chunki (bu din vakillari nasroniylardan farqli oʻlaroq, birgina) Iso Masihga ishonish orqali najot topishga ishonishmaydi; Islom insonning xatti-harakatlari va amallariga bog‘liq.Men musulmon bo‘lishni xohlasam ham buni qila olmayman. Agar musulmonlar o‘zlarini xalq orasidan tanlangan deb hisoblashsa, nega dinlarini yoymaydilar? Bu faqatgina musulmon bo‘lib tug‘ilganingiz uchun omadli bo‘lishga asoslanganmi?Agar kimdir nasroniy bo‘lishni istasa, u buni qila oladi. Har kim bir necha soniyada nasroniy bo‘lishi mumkin. Men tug‘ilganimda nasroniy bo‘lmaganman. Nasroniylar Iso Masih Allohga olib boradigan yagona yo‘l ekanligini ta’kidlaydilar.Iso Masihning o‘zi shunday degan: «Men Yoʻl, Haqiqat va Hayotman. Hech kim Otaga mening yoʻlimsiz yeta olmaydi». U «Men yo‘llardan biriman» demadi, balki «Men yo‘lman» dedi.U yana: «Men va Otam birmiz», deb aytgan.Men qanday qilib biror kishi bu haqiqatlardan koʻr boʻlishi mumkinligini tushunmayman, magar ular buni avval eshitmagan boʻlsalar.Men sizdan javob va izoh kutib qolaman.
  • Islomni qabul qilgani uchun kofira onasi undan voz kechdi

    Onam musulmon emas. U men bilan 13 yil oldin aloqani uzgan. Unga xat yozsam, javob bermaydi, qo‘ng‘iroq qilsam, telefonni oʻchirib qoʻyishi mumkin. Manzilini oʻzgartirgan, men uning yangi manzilini bilaman, lekin borsam, yana o‘zgartiradi. Agar biror kishi men haqimda yaxshi gapirsa, u uni men tomonga yon bosyabdi deb haqorat qiladi. Bilaman, u ruhiy kasal va ilgari kasalxonada yotgan. Uyda bo‘lganida yolg‘iz qolishni ma’qul ko‘radi. U Islomga qarshi ekanligini aytgan, shundan uning siqilishi sababi mening Islomni qabul qilganim ekanini bildim. Men nima qilishim kerak? Maslahat beringlar, Alloh sizlarni yaxshilik bilan mukofotlasin.
  • Gunohkor ona bilan muomala qilish usuli

    Mening savolim musulmon yosh yigitlardan biri haqida. U, mashaalloh, jiddiy, ixlosli, ilmli, Islom taʼlimotlariga hamda Paygʻambar sollallohu alayhi vasallamning sunnatlariga amal qiladigan va toʻgʻri aqidaga ergashishga bor kuchi bilan harakat qiladigan yigit. U beva onasi bilan yolgʻiz yashaydi. Biroq onasi Islomga to‘liq amal qilmaydi va Islomga mutlaqo to‘g‘ri kelmaydigan ishlar bilan mashgʻul… Men u yigit va uning onasi bilan tanishman, ular bir-biriga mehribon va samimiy insonlar. Ba’zida yigit onasining uni noqulay ahvolga soladigan xatti-harakatlaridan xijolat bo‘layotganini ko‘raman, men esa unga to‘g‘ri maslahat bera olmayman.Bunday vaziyatlarga baʼzi misollar: onasi uydan qisqa muddatga chiqqanida, o‘g‘il onasining bu ishidan uyaladi, lekin biror kishi unga gap otishidan qoʻrqib, u bilan birga yuradi… Onasi gʻarbcha uslubda boshqa erkaklar bilan koʻp tanishadi, kechki ovqat ziyofatlariga koʻp boradi. Bu ziyofatlar gʻoliban spirtli ichimliksiz oʻtmaydi, onasi esa erkak tanishlari va dugonalari bilan spirtli ichimlik qoʻyilgan stollarda ular bilan birga oʻtiradi, garchi oʻzi umuman ichmasa ham. Onasining doʻstlari amal qiladigan koʻplab bid’atlar va munkar ishlar bor. Oʻgʻil doimo onasini daʼvat qilishga va unga masalalarni tushuntirishga harakat qiladi, lekin onasi uni mutaassiblikda, haddan oshishda yoki tosh asridan qolganlikda ayblaydi. Iltimos, do‘stimga maslahat bering, u mendan boshqa hech kim bilan do‘stlashmagan. U oʻzini dayusdek his qilyapti. Shu bois onasi shunday xulq-atvorda boʻlganida u bilan birga qolishi toʻgʻrimi yoki yoʻqligini bilmoqchi. U onasiga begonalardan biri tegajogʻlik qilishidan xavotirda yuradi, chunki onasi noshar’iy va qisqa kiyimlar kiyib yuradi. U menga bu narsalarni aytmagan va oila sirlarini fosh qilmagan, lekin vaziyat men va atrofidagilar uchun aniq bo‘lib qolgan. Iltimos, yordam bering, Alloh taolo sizga yaxshi mukofot bersin.
  • Faxsh joyni birovga bildirmay buzish

    Hozirda bizning hududimizda tungi klub qurilmoqda. Biz bu yerda uning ochilishiga qarshi chiqishga harakat qildik, chunki u musulmon va musulmon bo‘lmagan aholimiz uchun ham katta axloqiy buzilishlarga sabab bo‘ladi. Agar bizni hech kim ko‘rmasa, bu joyni buzib tashlash joizmi? Shuni ham inobatga oling-ki, bu joy egasi unga sarflagan barcha mablag‘ini yo‘qotadi. Bu munkardan qaytarish yo‘llaridan birimi?
  • Xitoy millatdoshining Islom diniga ishtiyoqi va qalbidagi xavotirlari

    Islomni qabul qilishni orzu qilaman, lekin oziq-ovqat, ayniqsa cho‘chqa go‘shti masalasida ba’zi tashvishlarim bor. Men hali ham ota-onam bilan birga yashayman, biz asli xitoylikmiz va choʻchqa goʻshtidan tayyorlangan taom dasturxonimizdan aslo arimaydigan asosiy kundalik taomlardan hisoblanadi. Men Islomni qabul qilib, uyda ular bilan birga yashashda davom etsam, bilmagan holda yoki oldindan xabarim boʻlmay, choʻchqa goʻshtini tovuq goʻshti deb yeb qoʻyishdan xavotirdaman. Oilaviy yig‘inlar yoki tadbirlarda choʻchqa goʻshtidan tayyorlangan taomlardan o‘zimni tiyishga harakat qilaman, agar yeyishga majbur bo‘lsam, Allohga istigʻfor aytaman. Agar Islomni qabul qilsam va choʻchqa goʻshtini yeyishga majbur boʻlsam, Allohdan magʻfirat soʻrashim kerakmi? Men bu masaladan juda xavotirdaman va sizning maslahatingizga juda muhtojman.