O'qildi: 123
Noyabr 12, 2025
/ 21 Jumadal-ula 1447
Fatvo mavzusi: Ilm
Savol
Shariat masalalari bo‘yicha sun’iy idrok ilovalariga murojaat qilishim, ulardan fatvolar olishim va ular bergan hukmlarga tayanishim joizmi?
O’xshash fatvolarJavob
Alloh taologa hamdu sanolar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salavot va salomlar bo‘lsin.
Fatvo kalimasi o‘zbek tilida shariat dalillari va qonun-qoidalari asosida olimlar (muftiylar, shayxlar va qozilar) tomonidan biror diniy, huquqiy, siyosiy hamda ijtimoiy masala yuzasidan chiqariladigan hukm, qaror, izoh yoki biror ishning shariat nuqtai nazaridan amalga oshirish hukmi haqidagi ko‘rsatmani anglatadi. «Istifto» kalimasi fatvo so‘rashni, muftiy kalimasi esa «fatvo beruvchi», degan manoni anglatadi. Garchi bizning diyorlarda «muftiy» malum bir mansabga nisbatan qo‘llanilsa-da, arab tilida fatvo beruvchi har qanday shaxs «muftiy», fatvo so‘rovchi shaxs «mustaftiy», deb ataladi. Olimning shariat hukmini bayon qilishi «fatvo berish», sanaladi (O‘zbek tili izohli lug‘ati va «Misbohul munir», 2/462- tarj.).
Mardoviy aytadi: «Muftiy – shariy hukmni tushuntiruvchi va odamlarga uni majburlamasdan yetkazuvchi, qozi esa hukmni tushuntiruvchi va uni ijro etuvchidir» («Insof», 28/314).
Sun’iy idrok (sun’iy intellekt) asl mohiyati Arabistonning malumotlar va sun’iy idrok agentligi (SDAIA) tomonidan quyidagicha ta’riflangan: «Malumotlarni to‘plash va ulardan foydalanib, kelajakda sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan hodisalarni bashorat qilish, tavsiyalar berish yoki turli darajada avtomatlashtirilgan qarorlar qabul qilish, hamda ma’lum maqsadlarga erishish uchun eng maqbul usul va yo‘llarni tanlash qobiliyatiga ega bo‘lgan texnologiyalarni qo‘llovchi tizimlardir».
Sun’iy idrok (yoki sun’iy intellekt) ko‘plab ilmiy, insoniy va shariy sohalarda foydali bo‘lgan zamonaviy vositalardan biridir. U Islom shariatiga muvofiq ishlarda qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan boshqa muboh, ya’ni ruxsat etilgan vositalar sarasidandir. Chunki narsalarning asl hukmi mubohligidir. Shariat insonlarga diniy va dunyoviy ishlarda foyda keltirish, foydani ko‘paytirish hamda zararlarni bartaraf etish va zararni kamaytirish uchun Alloh tarafidan nozil qilingan. Shariat insonlarni diniy va dunyoviy manfaatlarini ro‘yobga chiqarishdan to‘smaydi, balki dunyo va oxiratda ularga zarar yetkazadigan ishlardan qaytaradi.
Shunga asosan, sun’iy idrokdan harom ishlarni o‘z ichiga olgan faoliyatda, boshqalarga zarar yetkazishda, buzg‘unchilikni tarqatishda, odamlarni aldash va chalg‘itishda foydalanish man etiladi. Shuningdek, uni noto‘g‘ri ma’lumotlar bilan to‘ldirish va foydalanuvchilarni zalolatga boshlashga o‘rgatish ham joiz emas.
Bundan tashqari, ko‘plab tadqiqotchilar sun’iy idrokka haddan ziyod bog‘lanib qolmaslik va uni ko‘plab ijtimoiy munosabatlarda inson o‘rnini egallashiga yo‘l qo‘ymaslik kerakligini takidlashgan, chunki bu uzoq muddatda jiddiy muammolar va fitna-fasodlarga sabab bo‘lishi mumkin.
Sun’iy idrok yordamida fatvo berish uning bazasiga diniy ma’lumotlarni kiritish va ularni kompyuter texnologiyalari orqali o‘rgatish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Bu ma’lumotlar turli bilim sohalaridagi mavzular bo‘yicha, turli manbalardan va turli aniqlik darajasida to‘planib, katta hajmdagi ma’lumotlar bazasi tuziladi. So‘ngra javoblarni shakllantirish jarayoni murakkab algoritm va dasturlar asosida amalga oshiriladi. Javoblar ma’lum ilovalarga yuborilgan savollarga mos ravishda ushbu ma’lumotlar bazasidan shakllantiriladi.
Islomda fatvo chiqarish nihoyatda jiddiy masala ekanligi ayon, chunki bu Alloh nomidan imzo qo‘yish, Uning hukmlarini bandalariga tushuntirish va voqelikka ushbu hukmlarni tatbiq etishdir. Bu ulug‘ vazifani faqat o‘zida bir qator fazilatlarni mujassamlashtirgan va fatvo berish shartlarini bajargan, bu ulkan ma’suliyatni o‘z zimmasiga olib, bu muhim o‘rinni egallashga qodir bo‘lgan insongina amalga oshira oladi. Bu shartlar quyidagilardir:
Muftiyning musulmon bo‘lmog‘i;
Balog‘at yoshiga yetishi;
Sog‘lom aqlga ega bo‘lish;
Adolat va go‘zal axloq sohibi bo‘lish;
Shariy bilimlarni chuqur egallash;
Faqih, dinni fahmlovchi zukko bo‘lish;
Hukmlardan xulosa chiqarish qobiliyati;
Voqelikni anglay oladigan bo‘lish va boshqa shartlardan iborat.
Imom Shofeiy rahimahulloh shunday deydi: «Allohning dinida hech kim fatvo berishga haqli emas, faqat Allohning kitobini: uning nosix va mansux (joriy qilingan yangi hukmlar va hukmi bekor bo‘lgan) oyatlarini, muhkam (aniq, bir manoli) va mutashobeh (mavhum) joylarini, oyatning tafsiri va nozil bo‘lish sababini, Makkiy yoki Madaniyligi, oyatdan maqsad va nima uchun nozil bo‘lganini bilgan kishilargina fatvo berishi mumkin. Bundan tashqari, ular Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning hadislarini puxta bilishlari, nosix va mansux qismlarini anglashlari, hadisni Quronni tushunganlari kabi tushunishlari, arab tilini mukammal bilishlari, arab she’riyatidan xabardor bo‘lishlari va undan shariy ilmlar hamda Quron uchun zarur bo‘lgan narsalarni bilishlari lozim. Shu bilan birga, fatvo beruvchilar insofli, adolatli va kamgap bo‘lishlari kerak. Shuningdek, «Ahlul amsor» (Makka, Madina, Basra, Kufa, Bog‘dod, Shom va Misrda yashab o‘tgan tobein va atbaa tobeinlardan iborat mujtahid imomlar – tarj.) o‘rtasidagi ixtiloflarni bilishlari va zakovatli bo‘lishlari zarur.
Agar kishi shu mezonlarga javob bersa, halol va harom haqida gapirishi, fatvo berishi joiz bo‘ladi.
Agar ushbu mezonlarga javob bermasa, ilmiy masalalarda so‘zlashi va fatvo berishi joiz emas» (Xatib Bag‘dodiy: «Al-Faqih val-Mutafaqqih», 2/331).
Ibn Qayyim o‘zining «Olamlar Rabbisi nomidan imzo chekuvchilar» nomli kitobida shunday deydi: «Muftiy va qozi ikki narsani tushunmasa, to‘g‘ri fatvo va adolatli hukm chiqara olmaydi:
Birinchisi: ular haqiqiy vaziyatni chuqur anglab, u haqda batafsil malumotga ega bo‘lishlari lozim. Aslida nima sodir bo‘lganini aniqlay olish uchun qarinalar (shart-sharoitlar, kuzatuv natijasida olingan malumotlar), belgilar va ko‘rsatmalarni tahlil qilishlari kerak. Shunday qilib u haqida to‘liq bilimga ega bo‘ladi.
Ikkinchisi: ular ushbu masalada nima qilish kerakligini tushunishlari lozim. Bu Alloh taolo O‘zining kitobida yoki Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning so‘zlarida keltirgan va ushbu masalaga mos keladigan hukmni anglab, to‘g‘ri qo‘llay olish va birini boshqasiga tatbiq etishdir. Kimki bu yo‘lda astoydil harakat qilsa va bor kuchini sarflasa, unga albatta ikki yoki bir savob beriladi. Olim – bir masalaning mohiyatini to‘liq tushunib, uni chuqur o‘rganish orqali Alloh va Uning Rasuli hukmini aniqlay oladigan kishidir.
Kim bundan boshqa yo‘lni tanlasa, odamlarning huquqlariga tajovuz qilgan bo‘ladi va buni Alloh O‘z Rasuli sollallohu alayhi vasallam orqali yuborgan shariatga nohaq bog‘lagan sanaladi» («Ilomul-muvaqqiiyn an robbil-olamiyn», 1/189).
Ko‘rinib turibdiki, bu shartlarni ilg‘or texnologiyalar va sun’iy idrokning buyuk yutuqlari orqali ham amalga oshirib bo‘lmaydi. Shu bois, fatvo masalasida sun’iy idrokka ishonish yoki undan fatvo so‘rash uchun shariy asos yo‘q. Aksincha, Alloh taoloning quyidagi oyatiga amal qilish darkor:
«Agar bilmaydigan bo‘lsangizlar, ahli ilmlardan so‘ranglar!» (Nahl: 43).
Yuqorida aytib o‘tilganidek, fatvo masalasida ilm, tajriba va taqvo egalariga murojaat qilish lozim. Agar biror kishida shariy hukm talab qiladigan voqea yuz bersa va ilm ahlidan fatvo so‘rash vojib bo‘lib qolsa, haqligiga ishonchi komil bo‘lmagan kishidan so‘rash bilan uning zimmasidagi farz ado bo‘lmaydi. Maslahat so‘ralayotgan kishi muftiylik shartlariga javob beradigan ilmli zotlardan bo‘lishi shart.
Bu saytlarda fatvo beruvchilar, xoh muftiy muayyan olim bo‘lsin, xoh bir guruh tadqiqotchilar bo‘lsin, haqiqiy insonlardir. Saytning vazifasi esa faqatgina ushbu fatvolarni uni chiqargan tarafga nisbatan tarqatishdan iborat.
Agar fatvo chiqaruvchi ishonchli bo‘lsa yoki javob bergan olim o‘zining ilmi va adolati bilan tanilgan bo‘lsa, fatvo savolning mazmuniga mos kelsa va fatvodagi holat bilan so‘rovchining holati o‘rtasida sezilarli farq bo‘lmasa, bunday fatvoga amal qilish mumkin.
Sun’iy idrok esa, aksincha, odamlarga taqlid qilishga intilib, elektron fazoda yuklangan ma’lumotlar va u topa oladigan axborotlarga asoslanib, o‘z-o‘zidan javoblar yaratishga va fatvolar tuzishga harakat qiladi. U matematik-statistik tarzda ishlaydigan texnik dasturlar va jarayonlardan foydalanadi, bunda ma’lumotlarning to‘qnashuvi va ko‘payishi o‘z tasirini ko‘rsatadi. Sun’iy idrok olimlar qo‘llaydigan mantiqiy usullar yoki mulohaza yuritish bosqichlaridan foydalanmaydi.
Sun’iy idrokning fatvo berishdagi muammolari va kamchiliklari ko‘plab sabablarga bog‘liq bo‘lib, ularning eng muhimlari quyidagilardir:
Birinchi sabab: Ma’lumot manbaining noaniqligi natijaning ishonchsizligini keltirib chiqaradi, chunki sun’iy idrok faqat unga oldindan o‘rgatilgan ma’lumotlarga asoslanib javob beradi (buni GPT, ya’ni “Generative pre-trained transformer” – “Generativ oldindan o‘qitilgan transformator” atamasining o‘zidan ham bilib olish mumkin – tarj.). Shu bois, biror narsa haqida so‘ralganda, u turli tillardagi va turli nuqtai nazardagi barcha veb-sahifalar, yozma materiallar, audio va videolavhalardan tegishli ma’lumotlarni izlaydi va ba’zan g‘ayriislomiy, nosog‘lom yoki noto‘g‘ri manbalarga murojaat qilishi mumkin.
Ikkinchi sabab: Fatvoga ta’sir qiladigan va hukmlarning o‘zgarishiga olib keladigan urf-odatlar va an’analarning bir-biridan farqlanishini hisobga olmaslik, shuningdek, shartlar, qoidalar, ehtiyot choralari, fatvo so‘rovchilarning turli holatlari, istisnoni taqozo qiluvchi talablar, foyda va zararlarni ko‘rib chiqish, ishning oqibatini hisobga olish va harakat natijalarini tahlil qilish kabi masalalarni e’tiborga olmaslik. Bunday masalalarni faqat tajribali, vaziyatni bevosita o‘rgangan muftiygina to‘g‘ri hal qila oladi.
Ma’lumki, shariy hukmlar ikki turga bo‘linadi: birinchisi — sabablari va tasir etuvchi omillari o‘zgarishi bilan o‘zgarishi mumkin, ikkinchisi esa — o‘zgarishni qabul qilmaydigan, doimiy sobit qoladigan hukmlardir.
Ibn Qayyim aytadi: «Hukmlar ikki xil bo‘ladi. Birinchisi: hech qachon o‘zgarmaydi, na zamon va na makon sababli, na imomlarning ijtihodlari tufayli. Masalan, farz amallar, harom qilingan narsalar, jinoyat uchun shariat belgilagan jazolar shular jumlasidandir. Bu turni o‘zgartirish yoki belgilangan o‘rnidan o‘zgacha ijtihod qilish joiz emas. Ikkinchisi: zamon, makon va sharoitda manfaat talablariga ko‘ra o‘zgaradigan hukmlar, masalan, tazir jazolarining miqdori, turlari va ko‘rinishlari; chunki qonun chiqaruvchi ularni manfaatga ko‘ra o‘zgartiradi…» (Ig‘osatul lahfon, 1/330).
Vaqt o‘tishi bilan o‘zgarib turadigan hukmlar ikki xususiyatga ega bo‘lib, agar ushbu ikki xususiyat yoki ulardan biri topilmasa, ular o‘zgaruvchan emas, balki sobit, o‘zgarmas hukmlar hisoblanadi. Bu ikki xususiyat quyidagilardir:
Birinchi xususiyat: hukm qat’iy dalillar mavjud bo‘lgan masalalardan emas, balki ijtihod masalalaridan bo‘lishi kerak.
Doktor Muhammad Zuhayliy aytadi: «Zamon va kishilarning axloqlari o‘zgarishi bilan o‘zgaradigan hukmlar qiyos va omma manfaatiga asoslangan ijtihod hukmlari ekaniga barcha mazhablar ittifoq qilganlar. Agar ular hozirgi ahvolga va odamlar manfaatiga to‘g‘ri kelmay qolsa, ularni o‘zgartirish vojib bo‘ladi» (Fiqh qoidalari va ularning to‘rt mazhabda qo‘llanilishi, 1/355).
Ikkinchi xususiyat: urf-odatga yoki manfaat va qiyosdan kelib chiqadigan hukmlarga asoslanish.
Shayx Ahmad Zarqo aytadi: «Zamon o‘zgarishi bilan, ya’ni qavmning urf-odati o‘zgarishi bilan hukmlar ham o‘zgarib turishini inkor etib bo‘lmaydi. Agar qavmning urfi va odatlari biror hukmni talab qilsa, so‘ng boshqa urfga o‘zgarsa, yangi holatga mos ravishda hukm ham o‘zgaradi» (Fiqh qoidalari sharhi, 227).
Uchinchi sabab: noto‘g‘ri, asli yo‘q va to‘qima malumotlarni taqdim etish hamda ularni to‘g‘ri va ishonchli ma’lumot sifatida ko‘rsatish.
Bular nomlar, raqamlar va statistikalarni o‘z ichiga olishi mumkin, ko‘rinishidan aniq va xolis, lekin aslida xayoliy va hech qanday veb-sahifa yoki axborot manbalaridan olinmagan. Bu sun’iy idrokning gallyusinasiya hodisasi deb ataladi.
Shuningdek, asosiy hukmga tasir qilmaydigan ba’zi so‘zlar yoki iboralarni o‘zgartirish orqali sun’iy idrokning fikrini o‘zgartirish mumkin.
To‘rtinchi sabab: sun’iy idrok uni ishlab chiquvchilar tomonidan ma’lum e’tiqod va qarashlar bilan dasturlashtirilishi mumkin.
Bu esa tafakkur, oila, e’tiqod va boshqa ko‘plab masalalar bo‘yicha noshariy fikrlar va tasavvurlarga bir tomonlama ergashishga olib keladi, natijada ushbu sohalar bilan bog‘liq javoblarga ta’sir ko‘rsatadi.
Sun’iy idrok bu kabi xususiyatlarga ega ekanligi va mazkur nuqsonlari borligi sababli, fatvo masalalarida unga tayanish, undan shariy hukm so‘rab amal qilish mumkin emas, chunki unda shariy fatvolar uchun talab qilinadigan shartlar topilmaydi.
Ushbu muammolarni bartaraf etish va kamchiliklarning sabablarini yo‘qotish uchun tegishli shartlar va qoidalarni hisobga olgan holda sun’iy idrok modelini yoki uning ba’zi ilovalarini rivojlantirish ustida ishlash zarur.
Fatvo masalalarida suniy idrokdan ikki toifa odam foydalanishi mumkin:
Birinchisi: muftiy yoki shariy ilmlar tadqiqotchisi bo‘lib, ular biror masaladagi shariy hukmni savolga javob berish orqali tushuntirmoqchi bo‘ladi. Agar ular bilimga ega mutaxassislar bo‘lsa, fatvo ishlab chiqishda sun’iy idrokdan foydalanishlari mumkin. Ular dastlabki taassurotni shakllantirib, keyin o‘z javoblarini yaratishga kirishadilar.
Fatvo tadqiqotchisi uchun eng muhim foyda: manbalar va adabiyotlardan foydalanishdagi yordamdir. Ular bu manbalarga shaxsan murojaat qilib, material olishlari va sun’iy idrok ko‘rsatgan natijalarning aniqligini tekshirishlari lozim. Chunki, sun’iy idrok ko‘pincha tadqiqotchilarning ilmiy masalalardagi ehtiyojlarini qondira olmaydi va ularni kerakli ma’lumotlarga aloqasi bo‘lmagan manbalarga yo‘naltiradi!
Shariy ilmlar tadqiqotchisi sun’iy idrokdan mavzuga oid kitoblar, tadqiqotlar va bo‘limlarni umumlashtirish, ko‘plab zamonaviy masalalar va voqealarning mohiyatini tushunish uchun ham foydalanishi mumkin. Bu, shubhasiz, vaqt va kuchni tejab, ishni osonlashtiradi. Demak, bu o‘rinda undan foydalanish shariat maqsadlariga muvofiq bo‘lib, shariy qoidaga ko‘ra: «Vositalar maqsadlarga ko‘ra baholanadi». Biroq, yuqorida aytilganidek, unga ko‘r-ko‘rona ishonib, u generatsiya qilgan ma’lumotlarga to‘liq suyanib olmaslik kerak. Chunki, u aniqlikka ega emas va ko‘pincha faqat so‘z o‘xshashliklariga asoslangan natijalarni taqdim etadi. U olgan axborotni noto‘g‘ri talqin qilishi, kontekst va nozik jihatlarga e’tibor bermasligi, vaqt va joy o‘zgarishlarini hisobga olmasligi, alohida holatlarni to‘g‘ri baholay olmasligi, zaruriyat va ehtiyoj, urf-odatlar, qadriyatlar va axloq talablarini e’tiborsiz qoldirishi mumkin. Bu faqat ruxsat etilgan doirada «kiritilgan malumotlardan» natija ishlab chiqaradigan «vosita» xolos!
Bunday holatlarda, shariy ilmlar tadqiqotchisi sun’iy idrokdan material to‘plashda yordam olganda va voqelikni tushunish, masalani tushunib yetish va tegishli shariy fatvo berishga yordam beradigan ma’lumotlarni kuzatganda, u rivoyatlarni tekshirishi, asl manbalarga murojaat qilishi, qoida va shartlarga ishonchi komil bo‘lishi hamda javobning ko‘rib chiqilayotgan aniq holatga mos kelishiga ishonch hosil qilishi shart.
Ikkinchisi: savol beruvchi (mustaftiy) — yani o‘zi uchun javob izlaydigan kishi. U ham ikki xil bo‘lishi mumkin: bazan u sun’iy idrokdan javobni amal qilish uchun emas, balki mavzu haqida tasavvur hosil qilish, masalaning turli jihatlari va o‘lchamlarini tushunish yoki javobga ishonmasdan, masala haqida umumiy tafakkur hosil qilish uchun foydalanadi. Bu shariat masalalariga oid sun’iy idrok tomonidan generatsiya qilingan javoblarni olishda ruxsat etilgan meyordir. Lekin aniqlik yo‘qligi, manbalar noma’lumligi sababli ehtiyotkor va hushyor bo‘lish kerak. Bu turli veb-sahifalarni ko‘zdan kechirishga o‘xshaydi. Chunki, unda ham o‘zgartirish yoki buzib ko‘rsatish holatlariga duch kelish xavfi bor. Bu esa qo‘shimcha ehtiyotkorlik va tekshirishni talab qiladi. Yana bir xavotir shuki, qayta-qayta so‘rab-surishtirish va uzoq muloqot uning javoblariga ortiqcha ishonib, unga suyanib qolishga olib kelishi mumkin (ChatGPT yordamida 2025-yil 11-aprel kuni o‘z joniga qasd qilgan Adam Raynning voqeasi bunga yaqqol misol bo‘la oladi. Ushbu sun’iy idrok dasturi yigit uchun o‘z joniga qasd qilish bo‘yicha instruktorga aylangani aniqlangach, dastur ta’sischisi «uzoq muddatli suhbatlarda modelning xavfsizlik samaradorligi ishonchsiz bo‘lishi mumkinligini angladik», deya etirof etadi» – tarjimon).
Shu bilan birga, tadqiqotchining izlanishlari va natijalari o‘ziga yoki boshqalarga qo‘llanish uchun mo‘ljallanmagan bo‘lsa ham, bu masalada suniy idrokning javoblariga ortiqcha e’tibor qaratmasligi kerak, deb hisoblaymiz.
Salafi solihlar aytganidek, «Ilm dindir, shunday ekan, diningizni kimdan olayotganingizga qarang». Musulmon kishi o‘z diniga oid biror narsa o‘rganmoqchi bo‘lsa, hatto madaniy bilim yoki jaholatni yo‘qotish uchun bo‘lsa ham, u ishonchli manbaga – ulamolarning kitoblari yoki ularning ma’ruf so‘zlariga murojaat qilishi lozim.
Fatvo so‘rovchi sun’iy idrokdan savolning javobini topish uchun qo‘llangan manbalari va havolalarini talab qilib, shu yo‘sinda foydalanishi mumkin. Undan manbalarni oladi, so‘ng o‘sha manbalarga o‘zi murojaat qiladi. Agar ishonchli manba bo‘lib, javobi uning holatiga mos kelsa, fatvoni asl manbadan olishi mumkin. Shu tariqa u sun’iy idrokdan ishonchli manbalardan javob topish uchun aqlli qidiruv tizimi sifatida foydalangan bo‘ladi.
Fatvo so‘rovchining sun’iy idrokni o‘z-o‘zidan paydo bo‘lgan javobiga ishonishi yoki sun’iy idrok texnologiyasining hozirgi holatidan kelib chiqib, uning fatvosiga amal qilishi joiz emas. Chunki, yuqorida zikr qilingan sabablarga ko‘ra, fatvo berish uchun zarur bo‘lgan shariy shartlar bajarilmaydi va hukmlar poydevori bo‘lgan asosiy qoidalar e’tiborga olinmaydi.
Zamonaviy tadqiqotchilar va ulamolar sun’iy idrokdan fatvo so‘rash va shariat hukmlarini tushunishda unga ishonish masalasida ikki xil yondashuvni ilgari suradilar:
Birinchi yondashuv: sun’iy idrokdan fatvo so‘ramaslik va uning javoblariga ishonmaslik borasidagi asl hukmda qolish.
Ikkinchi yondashuv: sun’iy idrokdan talab qilinadigan fatvolarning ikki turini bir-biridan ajratib olish:
Birinchi tur savollar: barcha mukallaf shaxslar uchun bir xil bo‘lgan, shaxsiy vaziyatlarga bog‘liq bo‘lmagan, foyda va zararlar, istisno va oqibatlar etiborga olinmagan, ammo hukmi qat’iy bo‘lgan va barcha insonlarga barobar tatbiq etiladigan masalalar. Masalan, tahoratni buzadigan narsalar, farz namozlar, zakot beriladigan mollar va zakot oluvchilar, ro‘zani buzadigan narsalar, haj va umra paytidagi ehrom taqiqlaridagi harom ishlar kabi hukmlar. Ularning fikricha, bu turdagi masalalarda sun’iy idrok javoblaridan quyidagi shartlar asosida foydalanish mumkin.
Agar ushbu shartlardan birortasi bajarilmasa, u holda fatvo so‘rashning asl usuliga qaytish kerak bo‘ladi, ya’ni ma’sul kishilar duch kelayotgan yangi masalalar bo‘yicha ilm ahllaridan so‘rash va ularning fatvolarini olish vojib bo‘ladi.
Ikkinchi tur savollar: urf-odat va an’analarga asoslangan, sharoit va shaxsiy holatlarga ko‘ra o‘zgarib turadigan, vaziyat va sharoitni hisobga olishni, zarurat va ehtiyojlar hamda istisnolar dalillarini va shunga o‘xshash omillarga e’tibor qaratishni talab qiladigan fatvolar. Bunday holatlarda sun’iy idrokka murojaat qilish, uning javobiga ishonish yoki javobiga qarab ish tutish joiz emas. Aksincha, ilmli va ishonchli kishilarga murojaat qilib, muayyan holat va vaziyatga mos fatvo olish lozim.
Bizning fikrimizcha, hozirgi holatda birinchi yondashuvning sun’iy idrok javoblariga ishonishni mutlaq taqiqlash eng kuchli va to‘g‘ri yo‘ldir, chunki sun’iy idrok yetarli malakaga ega emas va uning javoblarida kamchilik hamda nuqsonlar hali hanuz mavjuddir.
Musulmon kishi o‘z diniga nisbatan ehtiyotkor bo‘lishi, hukmlarni faqat ishonchli manbalardan olishda beparvo bo‘lmasligi, diniy ilmlarni mo‘tabar olimlardan o‘rganishi vojibdir.
Alloh bilguvchiroqdir.
*
**********************************
***

Bu javob foydali bo’ldimi?