Mavzular

Yangi fatvolar

Maqolalar

Kitoblar


Saqlanganlar

Murakkab qidiruv


Loyiha haqida

Fikr bildiring

Bosh sahifa » Fiqh asoslari » Fiqh » Ibodatlar » Roʻza masalalari » Nafl roʻzalar » Sha’bon oyi » Shaʼbonning oʻn beshinchi kechasidan keyin qazo roʻza tutish joizmi?
Fatvo: 49884

O'qildi: 208

26.01.2026

/ 7 Shaban 1447

Fatvo mavzusi:

Shaʼbonning oʻn beshinchi kechasidan keyin qazo roʻza tutish joizmi?

Savol

Homiladorlik va tugʻruq sababli Ramazon oyiga toʻgʻri kelgan koʻp kunlik Ramazon roʻzasi qazolarim bor edi. Allohga hamd boʻlsin, ularni tutdim, faqat oxirgi yetti kun qoldi. Ulardan uchtasini Shaʼbonning oʻn beshinchi kechasidan keyin tutdim va qolganini Ramazondan oldin tugatmoqchiman. Sizning saytingizda Shaʼbonning ikkinchi yarmida roʻza tutish faqat roʻzaga odatlangan kishi uchun joiz ekanini oʻqidim. Alloh sizni mukofotlasin, menga maslahat bering, zimmamdagi kunlarning roʻzasini tugataymi yoki yoʻqmi? Agar javob «yoʻq» boʻlsa, tutgan uch kunimning hukmi nima, ularni qaytadan qazo qilamanmi?

O’xshash fatvolar

Javob

Alloh taologa hamdu sanolar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salavot va salomlar bo‘lsin.

Javobning qisqacha mazmuni:

Shaʼbonning ikkinchi yarmida Ramazon qazosini tutishning zarari yoʻq va bu Paygʻambar sollallohu alayhi vasallamning Shaʼbon yarimlaganda roʻza tutishdan qaytarishlari ostiga kirmaydi. Sizning uch kunlik roʻzangiz sahihdir va qolgan kunlarni Ramazon kirishidan oldin tutishingiz lozim.

Javob:

عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ، أَنَّ رَسُولَ اللَّهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: «إِذَا انْتَصَفَ شَعْبَانُ، فَلَا تَصُومُوا»

Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Shaʼbon yarmiga yetsa, roʻza tutmanglar», deganlar» (Abu Dovud, 2337; Termiziy, 738; Ibn Moja, 1651; Hadis hukmi: «sahih». Manba: «Sahihi Abu Dovud», 2337).

 

Shaʼbonning ikkinchi yarmida roʻza taqiqlanishidan uchta istisno

Bu qaytariqdan quyidagi holatlar istisno qilinadi:

Roʻza tutish odati boʻlgan kishi, masalan, dushanba va payshanba kunlari roʻza tutishga odatlangan kishi, u Shaʼbonning oʻn beshinchi kechasidan keyin ham roʻza tutaveradi. Buning dalili:

عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ ﵁ قَالَ: قَالَ رَسُولُ اللهِ ﷺ: «لَا تَقَدَّمُوا رَمَضَانَ بِصَوْمِ يَوْمٍ وَلَا يَوْمَيْنِ، إِلَّا رَجُلٌ كَانَ يَصُومُ صَوْمًا فَلْيَصُمْهُ».

Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Ramazondan bir ikki kun oldindan roʻza tutib olmanglar. Lekin bir kishining tutib yurgan roʻzasi boʻlsa, uni tutaversin», dedilar» (Sahihi Buxoriy, 1914; Sahihi Muslim, 1082) .

Shaʼbon oyining oʻn beshinchi kechasidan oldin roʻza tutishni boshlab, uni ikkinchi yarmida davom ettirgan va oldingi roʻza davri bilan bogʻlagan kishi taqiq ostiga tushmaydi. Buning dalili quyidagi hadisdir:

عَنْ عَائِشَةَ ﵂ قَالَتْ: «كَانَ رَسُولُ اللهِ ﷺ يَصُومُ شَعْبَانَ كُلَّهُ، كَانَ يَصُومُ شَعْبَانَ إِلَّا قَلِيلًا».

Oisha roziyallohu anho rivoyat qiladilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Shaʼbonning (deyarli) hammasini roʻza tutib oʻtkazardilar. Shaʼbonning bir necha kunida roʻza tutmasdilar, xolos» (Sahihi Buxoriy, 1969; Sahihi Muslim, 1156; Muslimning lafzi).

Imom Navaviy aytadi: «Oisha onamizning: «Shaʼbonning (deyarli) hammasini roʻza tutib oʻtkazardilar. Shaʼbonning bir necha kunida roʻza tutmasdilar, xolos» degan soʻzida ikkinchisi birinchisini izohlab, «hammasi» degan soʻzdan maqsad «aksariyati» ekanini bayon qiladi». Iqtibos tugadi.

Bu hadis Shaʼbonning oʻn beshinchi kechasidan keyin roʻza tutish joizligiga dalolat qiladi, lekin bu oyning yarmidan oldingisiga ulagan kishi uchundir.

Bu qaytariqdan Ramazon qazosini tutadigan kishi ham istisno qilinadi.

Imom Navaviy rahimahulloh aytadi: «Asʼhoblarimiz aytadilar: Shak kuni Ramazonning birinchi kuni deb roʻza tutish durust emasligida xilof yo’q… Agar uni qazo, nazr yoki kafforat uchun tutsa, kifoya qiladi, chunki bu kuni sababli nafl roʻza tutish joiz boʻlsa, farz undan ham muhimroqdir. Agar uning zimmasida Ramazondan bir kun qazosi boʻlsa, uni tutish vojib boʻladi. Chunki uning qazosi uchun kam vaqt qolgan». Iqtibos tugadi («Majmuʼ», 6/399)

Shak kuni – bu Shaʼbonning oʻttizinchi kuni, agar oʻttizinchi kechasi oyni koʻrishga bulut, tuman yoki shunga oʻxshash narsalar toʻsqinlik qilsa. Bu kun shak kuni deb nomlanishining sababi, unda Shaʼbonning oxirgi kunimi yoki Ramazonning birinchi kunimi, degan shubha borligidir.

Javobning xulosasi:

Shaʼbonning ikkinchi yarmida Ramazon qazosini tutishning zarari yoʻq va bu Paygʻambar sollallohu alayhi vasallamning Shaʼbonning ikkinchi yarmida roʻza tutishdan man qilishlari ostiga tushmaydi. Sizning uch kunlik roʻzangiz sahihdir va qolgan kunlarni Ramazon kirishidan oldin tutishingiz lozim.

Manba: Islomiy savol-javob ulamolari hayʼati

Alloh bilguvchiroqdir.

Fatvo manbasi

Maqola borasida fikringiz?

Izoh sababi
Ushbu qator to'ldirilishi shart.

Bu javob foydali bo’ldimi?

2

O’xshash fatvolar

  • Shak kuni qazo niyati bilan roʻza tutishning hukmi qanday?

    Paygʻambar sollallohu alayhi vasallam shak kuni roʻza tutishdan va Ramazondan ikki kun oldin roʻza tutishdan qaytarganliklarini bilaman. Lekin shu kunlarda oʻtgan Ramazonning qazosini tutishim joizmi?
  • Shak kuni roʻza tutish hukmi

    Shaʼbonning oʻttizinchi kechasi oyni koʻrish uchun chiqdik, lekin havo bulutli boʻlgani uchun koʻra olmadik. Shaʼbonning oʻttizinchi kuni shak kun boʻlgani uchun roʻza tutamizmi?
  • Shaʼbonning oxirida ziyofat uyushtirish

    Baʼzi oilalar Shaʼbon oyining soʻnggi kechasida ziyofat uchun yigʻilishadi, ayrim yoshi ulugʻ kishilarning esa bu kecha uchun maxsus aytadigan qoʻshiqlari bor. Bunday yigʻilishlar va ziyofatlarning hukmi qanday?
  • «Alloh azza va jalla shaʼbonning oʻn beshinchi kechasida dunyo osmoniga tushadi» hadisining sanadi

    Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi, u kishi aytdilar: «Bir kecha Rasululloh sollallohu alayhi vasallamni yoʻqotib qoʻydim, chiqsam, u zot Baqiʼda ekanlar. U zot: «Alloh va Rasuli senga zulm qilishidan qoʻrqdingmi?» dedilar. Men: «Yo Rasulalloh, men sizni biror ayolingizning oldiga ketib qoldingiz deb oʻyladim», dedim. U zot: «Alloh azza va jalla Shaʼbonning 15-kechasida dunyo osmoniga tushib, Kalb qabilasi qoʻylarining junidan ham koʻproq kishini magʻfirat qiladi», dedilar». Ushbu hadisning sanadi qanday?
  • Baroat kechasi — shaʼbonning 15-kuni roʻza tutish

    Hadisning zaifligini bilgandan keyin unga amal qilishimiz joizmi? Buni fazoilul aʼmol (amallarning fazilati) deb, masalan, Shaʼbonning oʻn beshinchi kechasida roʻza tutish haqida kelgan: «Qachon Shaʼbonning oʻn beshinchi kechasi kelsa, uning kechasini bedor oʻtkazinglar, kunduzining roʻzasini tutinglar» hadisiga koʻra, nafl roʻzada va kechasi qoim boʻlishda Allohga ibodat borligini inobatga olib ibodat qilishimiz joizmi?
  • Shaʼboniyya nima?

    Janubiy Osiyodagi koʻplab musulmonlar nishonlaydigan Shaʼboniyya bayramining asosi bormi?