O'qildi: 107
09.03.2026
/ 20 Ramazon 1447
Fatvo mavzusi: Eʼtikof masalalari » Masjid ahkomlari » Masjidul Harom va Masjidun Nabaviy » Ramazon » Roʻza masalalari
Savol
E’tikofning eng kam muddati qancha? Qisqa vaqt e’tikof o‘tirsam bo‘ladimi yoki belgilangan kunlarda e’tikof o‘tirish shartmi?
O’xshash fatvolarJavob
Alloh taologa hamdu sanolar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salavot va salomlar bo‘lsin.
Alloh taologa hamd-u sanolar, Payg‘ambarimizga salavot va salomlar bo‘lsin.
Ulamolar e’tikofning eng kam muddati borasida ixtilof qilganlar.
Jumhur ulamolar uning eng qisqa muddati bir lahzadir, degan fikrni ilgari surishgan. Bu imom Abu Hanifa, imom Shofeiy va imom Ahmadning mazhabidir.
Manba: «Durr al-Muxtor» (1/445), «Majmu’» (6/489), «Insof» (7/566).
Imom Navaviy shunday deydi:
«E’tikofning eng qisqa muddatiga kelsak, jumhur ulamolar qat’iy aytgan sahih so‘z shuki, masjidda turish shart qilingan bo‘lib, u uzoq bo‘ladimi, qisqa bo‘ladimi, hatto bir soat yoki bir lahza bo‘lsa ham joizdir» («Majmu’», 6/514).
Ushbu mazhab ulamolari bu firklariga bir necha dalillarni keltirganlar:
Ibn Hazm aytadi: «Arab tilida e’tikof – bu bir joyda turishdir… Binobarin, Alloh taologa yaqinlashish niyatida masjidda turishning har qanday ko‘rinishi, xoh qisqa, xoh uzoq bo‘lsin, e’tikof sanaladi. Chunki na Qur’onda, na Sunnatda biror miqdor (kun) yoki vaqt boshqasidan afzal deb ajratib ko‘rsatilmagan». Iqtibos tugadi («Muhalla», 5/179).
Ba’zi ulamolar e’tikofning eng kam muddati bir kun deganlar. Bu Imom Abu Hanifadan naql qilingan qarashlardan biri bo‘lib, ayrim molikiy ulamolar ham shu fikrni qo‘llab-quvvatlaganlar.
Shayx Ibn Boz aytadi:
«E’tikof – bu Alloh taologa toat qilish uchun muddati ko‘p yoki oz bo‘lishidan qat’i nazar masjidda turishdir. Chunki bu borada, mening bilishimcha, uni bir kun, ikki kun yoki undan ko‘proq muddat bilan cheklaydigan biror dalil kelmagan. U mashru’ ibodatdir, faqat nazr qilsa, u holda vojibga aylanadi. Bu amal ayol va erkak uchun birdek hukmga ega sanaladi». Iqtibos tugadi («Majmu’ al-Fatava», 15/441).
Alloh bilguvchiroqdir.
Bu javob foydali bo’ldimi?