Mavzular

Yangi fatvolar

Maqolalar

Kitoblar


Saqlanganlar

Murakkab qidiruv


Loyiha haqida

Fikr bildiring

Bosh sahifa » Fiqh asoslari » Fiqh » Ibodatlar » Roʻza masalalari » Eʼtikof masalalari » E’tikof qanday masjidda durust bo‘ladi?
Fatvo: 48985

O'qildi: 61

09.03.2026

/ 20 Ramazon 1447

Fatvo mavzusi: » » » »

E’tikof qanday masjidda durust bo‘ladi?

Savol

E’tikof har qanday masjidda durust bo‘ladimi?

O’xshash fatvolar

Javob

Alloh taologa hamdu sanolar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salavot va salomlar bo‘lsin.

Alloh taologa hamd-u sanolar, Payg‘ambarimizga salavot va salomlar bo‘lsin.

Ulamolar e’tikof o‘tirish joiz bo‘lgan masjidning sifati borasida ixtilof qilganlar. Ba’zilari e’tikof har qanday masjidda, garchi unda jamoat namozi o‘qilmasa ham durust bo‘ladi, deganlar. Bunga Alloh taoloning ushbu oyatining umumini dalil qilishgan:

﴿وَلَا تُبَاشِرُوهُنَّ وَأَنْتُمْ عَاكِفُونَ فِي الْمَسَاجِدِ﴾

«Masjidlarda e’tikofda bo’lgan chog’ingizda (kechalari ham) ular (hotinlaringiz) bilan qo’shilmang! (Baqara: 187).

Imom Ahmad esa masjidda jamoat namozi o‘qilishi shart, deganlar va bunga quyidagi dalillarni keltirganlar:

  1. Oisha roziyallohu anho: «E’tikof faqat jamoat masjidida bo‘ladi», deganlar. (Bayhaqiy rivoyati, «Qiyamu Ramazon» risolasida sahih deyilgan).
  2. Ibn Abbos roziyallohu anhumo aytganlar: «E’tikof faqat jamoat namozi o‘qiladigan masjidda bo‘ladi» («al-Mavsu’a al-Fiqhiyya», 5/212).
  3. Chunki agar u jamoat namozi o‘qilmaydigan masjidda e’tikof o‘tirsa, bu ikki narsadan biriga olib keladi:

Birinchisi: yo jamoat namozini tark etishga, holbuki erkak kishiga uzrsiz jamoat namozini tark etish joiz emas.

Ikkinchisi: yoki boshqa masjidda namoz o‘qish uchun ko‘p chiqishga, bu esa e’tikofga ziddir («Mug‘niy», 4/461).

Shayx Ibn Usaymin aytadi:

«E’tikof – faqat jamoat o‘qiladigan masjidda durust bo‘ladi» («Sharh al-Mumti’», 6/312).

Bundan juma o‘qiladigan masjid nazarda tutilganmi yoki jamoat o‘qiladigan masjidmi?

Javob: Jamoat o‘qiladigan masjid nazarda tutilgan, juma o‘qiladigan masjid bo‘lishi shart emas. Chunki jamoat namozi o‘qilmaydigan, masalan, qavmi tark etgan yoki ko‘chib ketgan ibodatgohga nisbatan «masjid» so‘zini qo‘llash to‘g‘ri boʻlmaydi» Iqtibos tugadi.

Demak, e’tikof oʻtirilgan masjidda juma namozi o‘qilishi shart emas, chunki juma har kuni takrorlanmaydi va jumaga borish uchun e’tikofdan chiqishning zarari yoʻq. Besh vaqt namoz esa har kuni, kunduzi va kechasi takrorlanadigan amaldir.

Bu shart – ya’ni masjidda jamoat namozi o‘qilishi – faqat e’tikof o‘tiruvchi erkak kishi bo‘lsaginadir. Ayol kishiga kelsak, uning e’tikofi har qanday masjidda, garchi unda jamoat namozi o‘qilmasa ham, sahih bo‘ladi, chunki ayol kishiga jamoat namozi vojib emas.

Ibn Qudoma aytadi:

«Ayol kishi har qanday masjidda e’tikof o‘tirishi joiz. Unda jamoat o‘qilishi shart emas, chunki u ayolga vojib emas. Shofe’iy ham shunday degan» («Mug‘niy» kitobidan iqtibos tugadi).

Shayx Ibn Usaymin aytadi:

«Agar ayol kishi jamoat namozi o‘qilmaydigan masjidda e’tikof o‘tirsa, buning zarari yo‘q, chunki ayol kishiga jamoat bilan namoz o‘qish vojib emas», iqtibos tugadi («Sharh al-Mumti’», 6/313).

Alloh bilguvchiroqdir.

Manba: Islom savol va javob

Fatvo manbasi

Maqola borasida fikringiz?

Izoh sababi
Ushbu qator to'ldirilishi shart.

Bu javob foydali bo’ldimi?

0

O’xshash fatvolar

  • E’tikofning eng kam muddati

    E’tikofning eng kam muddati qancha? Qisqa vaqt e’tikof o‘tirsam bo‘ladimi yoki belgilangan kunlarda e’tikof o‘tirish shartmi?
  • E’tikofning savobi

    E’tikofning savobi qanday?
  • E’tikof oʻtirish hukmi

    E’tikofning hukmi nima?
  • E’tikof uchun erning ruxsati shartmi?

    Er ayolini e’tikofdan man qilishga haqlimi?
  • Ayol kishi ham toʻliq e’tikof o‘tiradimi?

    Men yangi musulmonman va ayol kishining e’tikofi haqida savolim bor. Agar masjidda ayollar uchun maxsus joy bo‘lsa, ayol kishining masjidda e’tikof o‘tirishi joizmi? Agar joiz bo‘lsa, ular necha kun e’tikof o‘tirishlari mumkin (3 kun, 7 kun yoki toʻliq o‘n kun)?
  • Ramazondan tashqari e’tikof oʻtirish

    Ramazonning oxirgi o‘n kunligidan tashqari istalgan vaqtda e’tikof o‘tirish joizmi?