Homiladorlikning ilk oylarida abort qilish hukmi
Savol
Homiladorlikning ilk oylarida (3-oygacha), bolaga ruh puflanishidan oldin homilani oldirishning hukmi nima?
O’xshash fatvolarJavob
Alloh taologa hamdu sanolar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salavot va salomlar bo‘lsin.
Kibor ulamolar hay’ati kengashi quyidagi masalalarga ittifoq qildilar:
- Homila qaysi bosqichda boʻlishidan qat’i nazar, shar’iy uzrsiz va juda tor doiradagi istisno holatlardan tashqari, homilani oldirish joiz emas.
- Agar homila birinchi bosqichda, ya’ni qirq kunlik muddatda bo‘lsa va uni oldirishda shar’iy manfaat yoki zararni daf qilish bo‘lsa, uni oldirish joiz. Ammo bu muddatda farzandlarni tarbiyalashdagi mashaqqatdan qo‘rqib yoki ularning yashash va ta’lim xarajatlaridan ojizlikdan xavfsirab yoki ularning kelajagi uchun yoki er-xotinda mavjud farzandlar bilan kifoyalanish maqsadida oldirish joiz emas.
- Agar homila «alaqa» yoki «muzg‘a» (ya’ni ikkinchi va uchinchi qirq kunlik) bosqichida bo‘lsa, ishonchli tibbiy hay’at uning davom etishi onaning salomatligiga xavf tug‘dirishini, ya’ni uning davom etishidan onaning halok bo‘lishidan qo‘rqilsa, o‘sha xatarlarni bartaraf etishning barcha vositalari sinab ko‘rilgandan keyin uni oldirish joiz bo‘ladi.
- Uchinchi bosqichdan keyin, ya’ni to‘rt oy to‘lgandan so‘ng, bir jamoa ishonchli mutaxassis shifokorlar homilaning ona qornida qolishi uning o‘limiga sabab bo‘lishini tasdiqlamagunlaricha homilani oldirish halol emas. Bu ham uning hayotini saqlab qolishning barcha vositalari sinab ko‘rilgandan keyin bo‘ladi. Bu shartlar bilan uni oldirishga ruxsat berilishi ikki zararning kattarog‘ini daf qilish va ikki manfaatning ulug‘rog‘ini jalb qilish uchundir.
Manba: Al-Fatavo al-Jomi’a, (3/1056).