O'qildi: 3
01.03.2026
/ 12 Ramazon 1447
Fatvo mavzusi: Nikoh ahkomlari
Savol
Men dindor va yaxshi xulqli deb hisoblagan bir yigitga unashtirilgan edim. Oilalar o‘rtasidagi muammolar sababli unashtiruv buzildi. Biz yashaydigan mamlakatning odatlaridan biri shuki, kuyov unashtirilgan qizini har ziyorat qilganida unga xarajat uchun 50-100 funt atrofida pul beradi. Unashtiruv davrida u menga bergan xarajat pullarini hisoblab, unga qaytarishimiz kerakmi yoki yo‘qmi?
O’xshash fatvolarJavob
Alloh taologa hamdu sanolar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salavot va salomlar bo‘lsin.
Javobning xulosasi:
Kuyovning unashtirilgan qiziga beradigan hadyalari sof hadyalar emas. E’tiborlisi, ular nikohni yakunlashi uchun kuyovning rag‘batidir. Agar shu bo‘lmaganida, kuyov unashtirilgan qiziga bularni taqdim etmagan bo‘lardi. Shunga ko‘ra, agar unashtiruv kuyov tomonidan buzilsa, u bu molni (xarajat pulini) qaytarib olishga haqli emas. Agar unashtiruv ayol yoki uning oilasi tomonidan buzilsa, kuyov buni qaytarib olishga haqlidir. Batafsil javobda keltirilgan tafsilotlarga ko‘ra.
Batafsil javob:
Kuyovning unashtirilgan qiziga beradigan hadyalari sof hadyalar emas. Unda e’tiborlisi kuyovning ular nikohni yakunlashi uchun rag‘batidir. Shu sababdan kuyov unashtirilgan qiziga bularni taqdim etgan.
Shuning uchun:
Agar unashtiruv buzilsa va buzilish ayol yoki uning oilasi tomonidan bo‘lsa, u kuyovga hadyalarini qaytarishi vojib bo‘ladi.
Ammo buzilish kuyov tomonidan bo‘lsa, kuyovga hech narsa tegmaydi va u qiz tomonga taqdim etgan hadyalarni qaytarib berishni talab qila olmaydi. Chunki buzilish ular tomonidan sodir bo‘lgan.
Buhutiy rahimahulloh aytadi:
«(Kuyovning hadyasi mahrdan emas), bu haqda (Imom Ahmad) nas (aniq dalil) keltirgan.
(Kuyovning) nikohdan oldin hadya qilgan narsasi, agar qiz tomon yigitga (berishni) va’da qilib, vafo qilmasalar, ya’ni uni boshqasiga turmushga bersalar: (uni qaytarib oladi). Bu Shayx Taqiyuddindan naql qilingan .
Agar yuz o‘girish kuyovdan bo‘lsa yoki (ayol) vafot etsa, u qaytarib ololmaydi», iqtibos tugadi («Sharhu muntahal-irodat», 3/24).
Ba’zi ulamolar qaytarilishi vojib bo‘lgan hadyalardan, iste’mol qilingan hadyalarni istisno qilganlar. Kuyov ularni, masalan, iste’mol qilingan taom va sarflangan pullar kabilarni qaytarib ololmaydi.
Hanafiy ulamolaridan Haskafiy shunday deydi:
«(Shuningdek) hadya sifatida yuborilgan narsani, agar u mavjud bo‘lsa, qaytarib oladi; halok bo‘lgan va iste’mol qilinganini emas; chunki u hiba, ya’ni sovg‘a ma’nosidadir», iqtibos tugadi («Durrul-muxtor», 3/153).
San’oniy rahimahulloh iste’mol qilingan va qolgan narsa o‘rtasida farq borligini zikr qilib, ikkinchisini qaytarish vojib, birinchisini esa yo‘q, degan. So‘ng aytadi: «Magar ular qizni uzatishdan bosh tortsalar, ikkala holatda ham uning qiymatini qaytarib oladi», iqtibos tugadi («Subulus-salom», 3/326).
Shunga ko‘ra, agar unashtiruv kuyov tomonidan buzilsa, u bu molni (xarajat pulini) qaytarib olishga haqli emas.
Agar unashtiruv ayol yoki uning oilasi tomonidan buzilsa, u buni qaytarib olishga haqlidir.
Qarang: 149744 va 101859-raqamli savollarning javoblari.
Alloh bilguvchiroqdir.
Bu javob foydali bo’ldimi?