O'qildi: 104
09.03.2026
/ 20 Ramazon 1447
Fatvo mavzusi: Eʼtikof masalalari
Savol
Men yangi musulmonman va ayol kishining e’tikofi haqida savolim bor. Agar masjidda ayollar uchun maxsus joy bo‘lsa, ayol kishining masjidda e’tikof o‘tirishi joizmi? Agar joiz bo‘lsa, ular necha kun e’tikof o‘tirishlari mumkin (3 kun, 7 kun yoki toʻliq o‘n kun)?
O’xshash fatvolarJavob
Alloh taologa hamdu sanolar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salavot va salomlar bo‘lsin.
Sizni Islomga hidoyat qilgan Zotga hamd bo‘lsin. Alloh taolodan iymoningiz va hidoyatingizni ziyoda qilishini so‘raymiz.
Ha, ayol kishining masjidda e’tikof o‘tirishi joiz. Balki e’tikof erkak va ayol uchun birdek sunnatdir.
Eng afzali Ramazonning oxirgi o‘n kunligida to‘liq e’tikof o‘tirish sanaladi, zero, bu Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning amallari edi:
Nabiy sollallohu alayhi vasallamning zavjalari Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam to Alloh u zotni vafot ettirgunicha Ramazonning oxirgi o‘n kunligida e’tikof o‘tirgan edilar. So‘ngra zavjalari u zotdan keyin ham e’tikof o‘tirishdi» (Sahihi Buxoriy, 2026; Sahihi Muslim, 1172).
Agar musulmon kishi oxirgi o‘n kunlikning hammasida e’tikof o‘tira olmasa, u imkoni boricha e’tikofda qoladi: ikki kun, uch kun yoki undan ko‘proq yoki kamroq, hatto bir kecha bo‘lsa ham.
Shayx Ibn Boz rahimahulloh aytadi:
«E’tikof – bu Alloh taologa toat qilish uchun masjidda qolishdir, muddat ko‘p bo‘ladimi yoki ozmi, farqi yo‘q. Chunki bu borada – mening bilishimcha – na bir kun, na ikki kun va na undan ko‘proq bilan cheklashni ko‘rsatadigan biror dalil kelmagan», iqtibos tugadi («Fatava ash-Shayx Ibn Boz», 15/441).
Alloh bilguvchiroqdir.
Bu javob foydali bo’ldimi?