O'qildi: 183
09.03.2026
/ 20 Ramazon 1447
Fatvo mavzusi: Eʼtikof masalalari
Savol
Ayol kishi uyda e’tikof o‘tirishi joizmi? Uyida e’tikof oʻtirgan ayol ovqat pishirishi kerak bo‘lsa nima qiladi?
O’xshash fatvolarJavob
Alloh taologa hamdu sanolar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salavot va salomlar bo‘lsin.
E’tikof faqat masjidda durust bo‘ladi. Alloh taoloning ushbu so‘ziga binoan:
«Masjidlarda e’tikofda bo‘lgan chog‘ingizda (kechalari ham) ular (xotinlaringiz) bilan qo‘shilmang!» (Baqara: 187).
Bu masalada erkak va ayolning hukmi bir xildir.
Ibn Qudoma aytadi:
«Ayol har qanday masjidda e’tikof o‘tirishi joiz. Unda jamoat namozi o‘qilishi shart emas, chunki ayol kishiga jamoat bilan namoz oʻqish vojib emas. Imom Shofe’iy ham shunday qarashda boʻlgan.
Ammo ayol uyida e’tikof o‘tirishi joiz emas, chunki Alloh taolo: «Masjidlarda e’tikofda bo‘lgan chog‘ingizda», deb e’tikofni masjidga boʻgʻlagan.
Shuningdek, Payg‘ambar sollallohu alayhi va sallamning ayollari u zotdan masjidda e’tikof o‘tirishga izn so‘raganlarida, u zot ularga izn berganlar» («Mug‘niy», 4/464).
Imom Navaviy aytadi:
«E’tikof erkaklar uchun ham, ayollar uchun ham masjiddan tashqari joylarda durust bo‘lmaydi», iqtibos tugadi («Majmu’», 6/480).
Bu, shuningdek, zamondosh ulamolardan Shayx Ibn Usaymin ixtiyor qilgan qarashdir («Sharh al-Mumti’», 6/513).
Alloh bilguvchiroqdir.
Bu javob foydali bo’ldimi?