Mavzular

Yangi fatvolar

Maqolalar

Kitoblar


Saqlanganlar

Murakkab qidiruv


Loyiha haqida

Fikr bildiring

Bosh sahifa » Fiqh asoslari » Fiqh » Ibodatlar » Zakot masalalari » Fitr sadaqasi » Fitr zakotini chiqarish vaqti
Fatvo: 37636

O'qildi: 9

17.03.2026

/ 28 Ramazon 1447

Fatvo mavzusi:

Fitr zakotini chiqarish vaqti

Savol

Fitr zakotini chiqarish vaqti hayit namozidan keyin o‘sha kunning oxirigachami?

O’xshash fatvolar

Javob

Alloh taologa hamdu sanolar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salavot va salomlar bo‘lsin.

Javobning xulosasi:

Fitr zakotining vaqti hayit namozidan keyin boshlanmaydi, balki Ramazonning oxirgi kuni quyosh botishidan, ya’ni Shavvol oyining birinchi kechasidan boshlanadi va hayit namozi bilan tugaydi. Uni bundan bir yoki ikki kun oldin chiqarish joiz.


Batafsil javob:

Fitr zakotining vaqti hayit namozidan keyin boshlanmaydi, aksincha, Ramazonning oxirgi kuni quyosh botishidan, ya’ni Shavvol oyining birinchi kechasidan boshlanadi va hayit namozi bilan tugaydi. Chunki Nabiy sollallohu alayhi va sallam uni namozdan oldin chiqarishga buyurganlar.

عَنِ ابْنِ عَبَّاسٍ، قَالَ: «فَرَضَ رَسُولُ اللَّهِ ﷺ زَكَاةَ الْفِطْرِ طُهْرَةً لِلصَّائِمِ مِنَ اللَّغْوِ وَالرَّفَثِ، وَطُعْمَةً لِلْمَسَاكِينِ، مَنْ أَدَّاهَا قَبْلَ الصَّلَاةِ، فَهِيَ زَكَاةٌ مَقْبُولَةٌ، وَمَنْ أَدَّاهَا بَعْدَ الصَّلَاةِ، فَهِيَ صَدَقَةٌ مِنَ الصَّدَقَاتِ»

Ibn Abbos roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam fitr sadaqasini ro‘zadorni behuda va uyatsiz gap-so‘zlardan poklash, miskinlarga taom o‘laroq farz qildilar. Kim uni (iyd) namozdan oldin ado qilsa, maqbul zakotdir. Kim uni namozdan keyin bersa, oddiy sadaqa bo‘lib qoladi» (Abu Dovud, 1609; Hadis hukmi: «sahih». Manba: «Sahihi Abu Dovud», 1609).

Fitr zakotini hayitdan bir yoki ikki kun oldin chiqarish ham joiz. Chunki Abdulloh ibn Umar roziyallohu anhumoning quli Nofe’dan rivoyat qilingan sahih hadisda shunday deyiladi: «Ibn Umar roziyallohu anhumo: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam fitr [yoki Ramazon] zakotini erkagu ayolga, huru qulga xurmodan bir so’ yoki arpadan bir so’ deb farz qildilar. Odamlar esa uni yarim so’ bug‘doyga o‘zgartirishdi», deb aytdi». Ibn Umar roziyallohu anhumo xurmo berar edi. Madina ahlida xurmo tanqis bo‘lgan edi, u arpa berdi. Ibn Umar kattayu kichik nomidan berar, hatto mening bolalarim nomidan ham berar edi. Ibn Umar roziyallohu anhumo uni qabul qiladiganlarga berardi. Odamlar uni Fitr kunidan bir yoki ikki kun avval berishar edi» (Sahihi Buxoriy, 1511; Sahihi Muslim, 984).

Kim uni o‘z vaqtidan kechiktirsa, gunohkor bo‘ladi va kechiktirgani uchun tavba qilishi hamda uning qazosini oʻtab, faqirlarga berishi lozim.

Alloh bilguvchiroqdir.

Manba: Ilmiy tadqiqotlar va fatvolar boʻyicha Doimiy qo‘mita, 2896-fatvo.

Fatvo manbasi

Maqola borasida fikringiz?

Izoh sababi
Ushbu qator to'ldirilishi shart.

Bu javob foydali bo’ldimi?

0

O’xshash fatvolar

  • Fitr zakotini pul bilan chiqarish

    Fitr zakotining miqdori qancha? Uni hayit namozidan keyin, shuningdek, pul bilan chiqarish joizmi?
  • Fitr zakotining miqdori

    «Ramazon ro‘zasi fitr zakoti berilmaguncha ko‘tarilmaydi» degan hadis sahihmi? Agar ro‘zador muhtoj bo‘lib, zakot nisobiga ega bo‘lmasa ham ushbu hadisga yoki sunnatdan sobit bo‘lgan boshqa sahih shar’iy dalillarga koʻra, fitr zakotini berishi vojib bo‘ladimi?