O'qildi: 96
08.03.2026
/ 19 Ramazon 1447
Fatvo mavzusi: Eʼtikof masalalari
Savol
«Kim Allohning yuzini istab bir kun e’tikof o‘tirsa, Alloh u bilan do‘zax o‘rtasida osmonlar-u, yer orasidan ham kengroq uchta xandaqni to‘siq qiladi» hadisini kim rivoyat qilgan va bu hadisning sahihlik darajasi qanday? Agar kishi bir kun e’tikof o‘tirmoqchi bo‘lsa, uning boshlanishi va tugashi qachon bo‘ladi? Shuningdek, ikki kun e’tikof o‘tirmoqchi bo‘lsa-chi?
O’xshash fatvolarJavob
Alloh taologa hamdu sanolar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salavot va salomlar bo‘lsin.
Siz zikr qilgan hadisning lafzi quyidagichadir:
Ibn Abbos roziyallohu anhudan rivoyat qiladi: «Nabiy sollallohu alayhi va sallam: «Kim birodarining hojati uchun yursa, bu uning uchun o‘n yil e’tikof o‘tirishdan yaxshiroqdir. Kim Allohning yuzini istab bir kun e’tikof o‘tirsa, Alloh u bilan do‘zax o‘rtasida uchta xandaq qiladi, har bir xandaq mashriq va mag‘rib orasidan ham uzoqroqdir» (Imom Tabaroniy bu hadisni «Mu’jam al-avsat»da 7326-raqam ostida keltirib, «Uni Abdulaziz ibn Abu Ravvoddan faqat Bishr ibn Salm al-Bajaliy, undan esa faqat o‘g‘li rivoyat qilgan», degan. Shuningdek, «Da’if at-targ‘ib» (226) va «Silsila ad-da’ifa» (5345) asarlarida bu hadis zaif deb keltirilgan).
Bir kunlik e’tikof bomdod namozidan so‘ng boshlanib, quyosh botishi bilan yakunlanadi. Ikki kunlik e’tikof ham xuddi shunday bo‘ladi.
Tavfiq Allohdandir.
Alloh bilguvchiroqdir.
Manba: Ilmiy Tadqiqotlar va Fatvolar bo‘yicha Doimiy Qo‘mita, 10/412.
Bu javob foydali bo’ldimi?