O'qildi: 62
08.03.2026
/ 19 Ramazon 1447
Fatvo mavzusi: Eʼtikof masalalari
Savol
Masjid qorovulxonasi va zakot qo‘mitasi xonasining eshiklari masjid ichida joylashgan boʻlsa, e’tikof uchun yaroqli hisoblanadimi?
O’xshash fatvolarJavob
Alloh taologa hamdu sanolar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salavot va salomlar bo‘lsin.
Masjid ichidagi xonalar agar eshiklari masjid ichkarisiga ochiladigan boʻlsa masjidning bir qismi hisoblanadi. Shunga ko‘ra, bu xonalar masjid hukmida bo‘lgani uchun ularda e’tikof o‘tirish joizdir.
Ammo, agar bu xonalar masjid tashqarisida qurilgan bo‘lsa, eshiklari masjid ichkarisiga ochilsa ham, ularda e’tikof o‘tirish durust bo‘lmaydi.
Alloh bilguvchiroqdir.
Manba: Doimiy Qo‘mita fatvolari, 10/411.
Bu javob foydali bo’ldimi?