O'qildi: 119
28.10.2026
/ 17 Jumadal-ula 1448
Fatvo mavzusi: Zaif hadislar
Savol
Tin surasini o‘qib bo‘lgach, inson «Bila shakkin va ashhadu» (Shubhasiz, guvohlik beraman) deyiladigan hadis bormi? Bu hadisning sahihlik darajasi va uni qayerdan topishim mumkinligi borasida ma’lumot bera olasizmi?
O’xshash fatvolarJavob
Alloh taologa hamdu sanolar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salavot va salomlar bo‘lsin.
Ushbu hadis Sunani Termiziyda kelgan:
Bizga Ibn Abu Umar aytib berdi: Sufyon unga Ismoil ibn Umayyadan xabar qilib shunday degan ekan: Men bir badaviy a’robiy kishining shunday deyayotganini eshitdim: «Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam shunday dedilar:
«Kimki
«Anjirga qasam, zaytunga qasam» (Tiyn: 1) surasini o‘qisa va (sura soʻngidagi)
«Axir Alloh hukm qilguvchilarning eng adolatlisi emasmi?!» (Tiyn: 8) oyatiga yetganda, «Balaa va anaa ’alaa zaalika minash-shaahidiyn» (Ha, albatta, men ham bunga guvohlik beraman), deb aytsin» (Termiziy, 3347; Hadis hukmi: «zaif». Manba: «Zaifi Termiziy», 3347).
Imom Termiziy bu hadisni rivoyat qilgandan soʻng:
«Ushbu hadis faqat mana shu sanad orqali mazkur a’robiydan, u esa Abu Hurayradan rivoyat qilingan bo‘lib, (a’robiyning) ismi zikr qilinmagan», deb aytgan (Sunani Termiziy, 3347).
Bu Imom Termiziyning ushbu sanadning illatini bayon qilishidir, u ham bo‘lsa, hadisdagu a’robiyning kim ekanligi noaniqligidir. Shunga binoan, hadisning rivoyat zanjiri zaif, ya’ni ushbu hadis sahih emas. Bu hadisni Imom Abu Dovud ham oʻz sunanida 753-raqam ostida mazkur a’robiy zanjiri orqali rivoyat qilgan.
Muosir muhaddislardan boʻlgan Alloma Alboniy rahimahulloh ham ushbu hadisni «Zaiful jome’» asarida, 5784-raqam ostida zaif deb keltirganlar.
Modomiki, hadis sobit bo‘lmagan ekan, unga amal qilish toʻgʻri boʻlmaydi.
Alloh bilguvchiroqdir.
Manba: Shayx Muhammad Solih al-Munajjid
Bu javob foydali bo’ldimi?