O'qildi: 23
14.10.2026
/ 3 Jumadal-ula 1448
Fatvo mavzusi: Qurʼon ilmlari
Savol
Baraka istab hamda ko‘z tegishidan saqlanish va avariyaga uchrashdan qo‘rqib, mashinaga Mus’haf qo‘yishning shar’iy hukmi qanday?
O’xshash fatvolarJavob
Alloh taologa hamdu sanolar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salavot va salomlar bo‘lsin.
Ko‘z tegishidan saqlanish yoki xatardan ehtiyot bo‘lish uchun mashinaga Mus’haf qo‘yishning hukmi bid’atdir. Chunki sahobalar roziyallohu anhum xatardan yoki ko‘z tegishidan saqlanish uchun Mus’haf olib yurmaganlar. Bid’at haqida Nabiy sollallohu alayhi vasallam shunday deganlar:
«Har bir bid’at zalolatdir va har bir zalolat do‘zaxdadir».
(Shayx Muhammad ibn Solih al-Usayminga telefon orqali berilgan savol) («Bid’atlar, yangi paydo bo‘lgan amallar va asli yo‘q ishlar», 259-bet).
Shayx Abdulaziz ibn Boz rahimahullohga quyidagi savol berilgan: «Ba’zi odamlar uylaridagi xonalarga, restoranlar yoki idoralarga Qur’on oyatlari va Nabaviy hadislarni osib qo‘yadilar. Shuningdek, shifoxonalar va poliklinikalarda Alloh taoloning:
«Kasal bo‘lgan vaqtimda Uning O‘zi menga shifo berur» (Shu’aro: 80) va boshqa oyatlarni osib qo‘yadilar… Buni osib qo‘yish shariatda man etilgan tumorlardan hisoblanadimi? Ularning maqsadi – baraka nozil bo‘lishi va shaytonlarni quvish boʻladi. Shuningdek, bundan unutganni eslatish va g‘ofilni ogohlantirish ham maqsad qilinishi mumkin. Mashinaga tabarruk niyatida Mus’haf qo‘yish ham tumorlardanmi?».
U kishi shunday javob berdilar: «Agar savol beruvchi zikr qilgan narsadan maqsad odamlarga eslatma berish va ularga foydali narsalarni o‘rgatish bo‘lsa, bunda gunoh yo‘q. Ammo, agar maqsad uni shaytonlar yoki jinlardan saqlovchi vosita deb hisoblash bo‘lsa, buning aslini bilmayman. Shuningdek, mashinaga tabarruk niyatida Mus’haf qo‘yishning asli yo‘q va bu shariatda buyurilmagan. Ammo uni ba’zan o‘qish uchun yoki ba’zi yo‘lovchilar o‘qishi uchun mashinaga qo‘ysa, bu yaxshi va buning zarari yo‘q… Vallohu valiyyut-tavfiq».
Alloh bilguvchiroqdir.
Manba: («Fatovo Islomiya», 4/29) (Shayx Ibn Boz)
Bu javob foydali bo’ldimi?