Mavzular

Yangi fatvolar

Maqolalar

Kitoblar


Saqlanganlar


Loyiha haqida

Fikr bildiring

Fatvo: 276

O'qildi: 46

Iyun 18, 2025

/ 6 Muharram 1447

Fatvo mavzusi: » » » » » » » »

Muhabbatning turlari va hukmlari

Savol

Biz musulmonlar jamoasi bir suhbatda Islomdagi «muhabbat» tushunchasini aniqlashga harakat qildik. Garchi barchamiz Alloh subhanahu va taoloni sevish zarurligini va Uni, U Zotning paygʻambarlari, elchilarini sevish majburiyatimizni toʻliq anglasak-da, insonlar oʻrtasidagi muhabbatning aniq taʼrifi bormi (masalan, nasroniylarning «birodarlik muhabbati»ga oʻxshash, romantik maʼnoda emas) degan savol tugʻildi. Baʼzilar «muhabbat» faqat oila doirasida boʻladi, qolgan barchasi faqat hurmat, doʻstlik va shu kabilardir, deyishdi. Boshqalar esa muhabbat faqat er-xotin va farzandlar bilan cheklanganmi deb soʻrashdi. Yana boshqalar esa muhabbat shartli boʻlishi mumkinmi yoki yoʻqmi deb soʻrashdi. Bir fikrga koʻra, «muhabbat» (odatda ishlatiladigan maʼnoda) hatto ertaklar va nasroniy falsafasiga asoslangan bir turdagi «bidʼat» boʻlishi mumkin. Koʻpchiligimiz javob topish uchun turli manbalarni izlab koʻrdik, lekin hozirgacha aniq javob topa olmadik. Bizga yordam bera olasizmi?

O’xshash fatvolar

Javob

Alloh taologa hamdu sanolar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salavot va salomlar bo‘lsin.

Hurmatli savol beruvchi singlim, sizga Allohning salomi, rahmati va barakoti boʻlsin.

Albatta, siz muslima opa-singillaringiz bilan islomiy masalalarni oʻrganayotganingiz va islomiy muhabbat haqidagi qarashlarni bilishga intilayotganingiz qalbimizni quvontiradi. Shubhasiz, siz va opa-singillaringiz ulamolarning fikrlari ahamiyatli ekanini va ixtilofli masalalarda ularga murojaat qilish zarurligini yaxshi tushunasiz. Biz sizga bu yerda muhabbat turlari va uning qismlari haqida ulamolar soʻzlaridan baʼzi narsalarni yetkazamiz, toki bu masala sizlarga Allohning izni bilan oydinlashsin.

Muhabbat turlari va ularning hukmlari

Islomdagi muhabbatni xos muhabbat va umumiy muhabbatga boʻlish mumkin. Maxsus muhabbat esa sharʼiy (ruxsat etilgan) va man qilingan turlarga boʻlinadi.

Sharʼiy muhabbat turlari:

1- Allohga muhabbat: Bu eng muhim farzdir, chunki u Islomning asosidir. . Allohga boʻlgan muhabbatni mukammal qilish bilan iymon mukammal boʻladi. Agar Allohga boʻlgan muhabbat yetarli boʻlmasa, tavhid ham noqis boʻladi. Bunga quyidagi oyat dalil boʻladi:

﴿وَٱلَّذِينَ ءَامَنُوٓاْ أَشَدُّ حُبّٗا لِّلَّهِۗ

«Moʻminlarning Allohga boʻlgan muhabbati kuchliroqdir» (Baqara: 165).

﴿قُلۡ إِن كَانَ ءَابَآؤُكُمۡ وَأَبۡنَآؤُكُمۡ وَإِخۡوَٰنُكُمۡ وَأَزۡوَٰجُكُمۡ وَعَشِيرَتُكُمۡ وَأَمۡوَٰلٌ ٱقۡتَرَفۡتُمُوهَا وَتِجَٰرَةٞ تَخۡشَوۡنَ كَسَادَهَا وَمَسَٰكِنُ تَرۡضَوۡنَهَآ أَحَبَّ إِلَيۡكُم مِّنَ ٱللَّهِ وَرَسُولِهِۦ وَجِهَادٖ فِي سَبِيلِهِۦ فَتَرَبَّصُواْ حَتَّىٰ يَأۡتِيَ ٱللَّهُ بِأَمۡرِهِۦۗ وَٱللَّهُ لَا يَهۡدِي ٱلۡقَوۡمَ ٱلۡفَٰسِقِينَ﴾

«(Ey Muhammad alayhis-salot-u vas-salom), ayting: «Agar ota-onalaringiz, bolalaringiz, aka-ukalaringiz, juftlaringiz, qarindosh-urugʻlaringiz, kasb qilgan mollaringiz, kasod boʻlishdan qoʻrqqan tijoratlaringiz va xush koʻrgan maskanlaringiz sizga Allohdan, Uning Rasuli va Uning yoʻlida jidd-u jahd qilishdan mahbubliroq boʻlsa, u holda, Alloh Oʻz amrini keltirguncha kutib turing. Alloh fosiq qavmni hidoyat qilmas» (Tavba: 24).

Bu va bundan boshqa Qurʼon va sunnatdagi dalillar shular jumlasidandir. Bandaning Alloh taologa muhabbati U Zot yaxshi koʻrgan va xohlagan narsani oʻzi yaxshi koʻrgan va xohlagan narsadan ustun qoʻyishda namoyon boʻladi. Demak, banda Alloh yaxshi koʻrgan narsani yaxshi koʻradi, yomon koʻrgan narsasini yomon koʻradi, Alloh uchun doʻst tutadi yoki dushman tutadi, Uning hukmlariga amal qiladi. Bu turdagi muhabbatni mustahkamlashning koʻplab usullari mavjud.

2- Rasululloh sollallohu alayhi va sallamni sevish. Bu ham dinning vojib amallaridan biridir. Hadisda kelganidek, kishi Rasululloh sollallohu alayhi va sallamni oʻzidan koʻra koʻproq yaxshi koʻrmaguncha, iymonning kamoliga erisha olmaydi.
Anas ibn Molik roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:

قَالَ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّه عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: «لا يُؤْمِنُ أَحَدُكُمْ حَتَّى أَكُونَ أَحَبَّ إِلَيْهِ مِنْ وَلَدِهِ وَوَالِدِهِ وَالنَّاسِ أَجْمَعِينَ»

«Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: «Sizlardan birortangiz men unga farzandidan, ota onasidan va barcha odamlardan sevimliroq boʻlmagunimcha moʻmin boʻlmaydi», dedilar» (Muslim, 44).

Abdulloh ibn Hishom roziyallohu anhu aytadi: 

كُنَّا مَعَ النَّبِيِّ صَلَّى اللَّهم عَلَيْهِ وَسَلَّمَ وَهُوَ آخِذٌ بِيَدِ عُمَرَ بْنِ الْخَطَّابِ فَقَالَ لَهُ عُمَرُ يَا رَسُولَ اللَّهِ لأَنْتَ أَحَبُّ إِلَيَّ مِنْ كُلِّ شَيْءٍ إِلاّ مِنْ نَفْسِي فَقَالَ النَّبِيُّ صَلَّى اللَّهم عَلَيْهِ وَسَلَّمَ لا وَالَّذِي نَفْسِي بِيَدِهِ حَتَّى أَكُونَ أَحَبَّ إِلَيْكَ مِنْ نَفْسِكَ فَقَالَ لَهُ عُمَرُ فَإِنَّهُ الآنَ وَاللَّهِ لأَنْتَ أَحَبُّ إِلَيَّ مِنْ نَفْسِي فَقَالَ النَّبِيُّ صَلَّى اللَّهم عَلَيْهِ وَسَلَّمَ الآنَ يَا عُمَرُ

«Nabiy sollallohu alayhi va sallam bilan birga edik. U zot Umar ibn Xattobning qoʻlini tutib turgan edilar. Umar u zotga: «Ey Allohning Rasuli, siz men uchun oʻzimdan boshqa hamma narsadan suyuklisiz», dedi. Nabiy sollallohu alayhi va sallam: «Yoʻq. Jonim qoʻlida boʻlgan Zotga qasamki, sen uchun oʻzingdan ham suyukli boʻlmagunimcha (iymoning komil boʻlmaydi)», dedilar. Shunda Umar: «Endi shunday! Allohga qasamki, siz men uchun oʻzimdan ham suyuklisiz», dedi. Nabiy sollallohu alayhi va sallam: «Mana endi (toʻgʻri aytding), ey Umar», dedilar» (Buxoriy, 6632).

Bu muhabbat Alloh taologa boʻlgan muhabbatga bogʻliqdir. Shuningdek, Muhammad sollallohu alayhi va sallamga ergashish hamda uning soʻzini boshqalarning soʻzidan ustun qoʻyishda namoyon boʻladi.

3- Paygʻambarlar va moʻminlarni sevish. Bu muhabbatning hukmi vojibdir, chunki Alloh taoloni sevish Unga itoat qiluvchi kishilarni sevishni taqozo etadi, bular esa paygʻambarlar va solih kishilardir. Buning dalili:

عَن أَبِي أُمَامَةَ عَنْ رَسُولِ اللهِ أَنَّـــهُ قَالَ: «مَنْ أَحَبَّ لِلَّهِ وَأَبْغَضَ لِلَّهِ وَأَعْطَى لِلَّهِ وَمَنَعَ لِلَّهِ فَقَدِ اسْتَكْمَلَ الْإِيمَان»

Abu Umoma roziyallohu anhu rivoyat qiladi:

«Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: «Kimki Alloh uchun yaxshi koʻrsa va Alloh uchun yomon koʻrsa, Alloh uchun bersa va Alloh uchun man qilsa, iymoni mukammal boʻlibdi», dedilar» (Sunani Abu Dovud, 4681. Hasan hadis). Hadisdagi «Kimki Alloh uchun yaxshi koʻrsa» degan gapdan Allohga iymon keltiruvchi va U Zotga itoat qiluvchi kishilarni ushbu amallari sababdan sevish tushuniladi. Garchi kishining namozi va roʻzasi koʻp boʻlsa ham, ushbu muhabbatsiz iymoni komil boʻlmaydi. Umar ibn Xattob roziyallohu anhu aytganidek: «Men Rasululloh sollallohu alayhi va sallam zamonlarida shohid boʻldimki, birontamiz oʻz molimizga musulmon birodarimizdan koʻra haqliroqmiz, deb oʻylamasdik».

Taqiqlangan, harom qilingan muhabbat:

Bunga shirkni keltirib chiqaradigan muhabbat kiradi. Yaʼni, insonning Allohdan oʻzga biron narsani Alloh taoloni sevgandek sevishi. Bunday kishi Allohga sherik (tengdosh, raqib) qilib olgan boʻladi. Bu muhabbat shirkidir va koʻpchilik odamlar sevish va ulugʻlashda Allohga turli narsalarni sherik qilib olganlar.

Shirk darajasiga yetmaydigan man etilgan muhabbat turlari ham bor. Masalan, oilasini, mol-mulkini, qarindoshlarini, tijoratini yoki uyini yaxshi koʻrib, ularni Alloh unga vojib qilgan hijrat, jihod va shunga oʻxshash amallardan ustun qoʻyishdir.. 

Buning dalili Alloh taoloning quyidagi soʻzlaridir:

﴿قُلۡ إِن كَانَ ءَابَاۤؤُكُمۡ وَأَبۡنَاۤؤُكُمۡ وَإِخۡوَٰنُكُمۡ وَأَزۡوَٰجُكُمۡ وَعَشِیرَتُكُمۡ وَأَمۡوَٰلٌ ٱقۡتَرَفۡتُمُوهَا وَتِجَـٰرَةࣱ تَخۡشَوۡنَ كَسَادَهَا وَمَسَـٰكِنُ تَرۡضَوۡنَهَاۤ أَحَبَّ إِلَیۡكُم مِّنَ ٱللَّهِ وَرَسُولِهِۦ وَجِهَادࣲ فِی سَبِیلِهِۦ فَتَرَبَّصُوا۟ حَتَّىٰ یَأۡتِیَ ٱللَّهُ بِأَمۡرِهِۦۗ وَٱللَّهُ لَا یَهۡدِی ٱلۡقَوۡمَ ٱلۡفَـٰسِقِینَ﴾

«(Ey Muhammad alayhis-salot-u vas-salom), ayting: «Agar ota-onalaringiz, bolalaringiz, aka-ukalaringiz, juftlaringiz, qarindosh-urugʻlaringiz, kasb qilgan mollaringiz, kasod boʻlishdan qoʻrqqan tijoratlaringiz va xush koʻrgan maskanlaringiz sizga Allohdan, Uning Rasuli va Uning yoʻlida jidd-u jahd qilishdan mahbubroq boʻlsa, u holda, Alloh Oʻz amrini keltirguncha kutib turing. Alloh fosiq qavmni hidoyat qilmas» (Tavba: 9).

Yuqorida aytib oʻtilgan qismlar xos muhabbatga taalluqlidir.

Umumiy muhabbat esa uch turga boʻlinadi:

Birinchisi: tabiiy muhabbat, masalan, och kishining ovqatga, chanqagan kishining suvga muhabbati kabi. Bu muhabbat ulugʻlashni taqozo qilmagani uchun mubohdir.

Ikkinchisi: rahm-shafqat muhabbati, masalan, otaning yosh farzandini yaxshi koʻrishi kabi. Bu muhabbat ulugʻlashni talab qilmasligi sababli, unda ham muammo yoʻq.

Uchinchisi: Tanishlik va doʻstlikka asoslangan muhabbat, masalan, hamkasblar yoki bir sohadagi olimlar, yoki har kuni uchrashadigan odamlar yoki savdo-sotiq qiladigan kishilar yoki safardoshlar oʻrtasidagi mehr-muhabbat kabi. Xalq orasidagi bir-biriga boʻlgan munosabatni isloh etuvchi muhabbatning bu kabi turlari, xuddi birodarlar orasidagi bir-biriga boʻlgan mehr-muhabbat kabi, Alloh taologa boʻlgan muhabbatda shirk hisoblanmaydi.

Mavzuning manbalari: «Taysir al-Aziz al-Hamid» kitobining «Odamlar ichida Allohdan oʻzga tengdoshlarni tutadiganlar va ularni Allohni sevgandek sevadiganlar bor» bobi.

Ushbu sharhimiz masalani yanada oydinlashtiradi deb umid qilamiz. Alloh taolodan bizni va sizlarni barcha yaxshiliklarga muvaffaq qilishini soʻraymiz. Paygʻambarimiz Muhammad sollallohu alayhi va sallamga salavot va salomlar boʻlsin.

Fatvo manbasi

Maqola borasida fikringiz?

Izoh sababi
Ushbu qator to'ldirilishi shart.

Bu javob foydali bo’ldimi?

0

O’xshash fatvolar

  • Jannatda ayollarga nima beriladi?

    Bir ayol soʻramoqda: Men Allohga va Uning kitobiga to‘liq iymon keltiraman. Rabbimga hamdlar bo‘lsinki, U Zotga bo‘lgan iymonim kundan-kunga ortib bormoqda… Savolim shuki: Qur’oni Karimda erkaklarga Jannatning in’omi va go‘zal, pokiza hurlar takror-takror tilga olinadi. Ko‘pchilik Islomni erkaklar ustunligi dini deb aytadilar. Nima uchun ayollar uchun Jannat in’omi zikr etilmagan?
  • Psixologiya faniga oid Islomiy kitoblar

    Psixologiya faniga oid qaysi kitoblarni tavsiya qilasiz?
  • Musulmonlarning ilmiy kashfiyotlari

    Islomdagi ilmiy yutuqlar nimalardan iborat?
  • Jannatga kimlar kiradi?

    Jannatga kimlar kiradi?
  • Islomni qabul qilmoqchi, lekin arab tilini bilmaydi

    Saytingizdagi musulmon bo‘lmaganlarning savollariga bergan javoblaringizni o‘qidim. Men Alloh yagona ekaniga va Muhammad Uning payg‘ambari hamda payg‘ambarlarning so‘nggisi ekaniga ishonaman. Savolim shunday: arab tilini bilmay turib Islomni qanday qabul qilishim va namozni qanday o‘qishim mumkin? Ismimni o‘zgartirishim kerakmi?
  • Nikoh soʻz bilan bogʻlanadi, yozma hujjat talab qilinmaydi

    Nikoh ogʻzaki tuzilishi mumkinmi yoki yozma boʻlishi shartmi?