Mavzular

Yangi fatvolar

Maqolalar

Kitoblar


Saqlanganlar

Murakkab qidiruv


Loyiha haqida

Fikr bildiring

Bosh sahifa » Fiqh asoslari » Fiqh » Muomalalar » Meros va mol-mulkni taqsimlash » Musulmonning kofirga va kofirning musulmonga vasiyat qilishi hukmi
Fatvo: 2722

O'qildi: 29

19.02.2026

/ 2 Ramazon 1447

Fatvo mavzusi:

Musulmonning kofirga va kofirning musulmonga vasiyat qilishi hukmi

Savol

Musulmonning kofirga oʻz molidan uchdan bir qismidan kamini vasiyat qilishining hukmi qanday? Shuningdek, buning aksi, agar kofir vasiyat qilsa, musulmon kofirdan mol qabul qilishi joizmi?

O’xshash fatvolar

Javob

Alloh taologa hamdu sanolar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salavot va salomlar bo‘lsin.

Hanafiy, hanbaliy va aksariyat shofe’iy mazhabidagi fuqaholar musulmon kishi zimmiy (g‘ayridin)ga yoki zimmiy musulmonga qoldirgan vasiyatning shar’iy shartlarga muvofiq bo‘lsa durust bo‘lishida ittifoq qilganlar. Ular bunga Alloh taoloning quyidagi  so‘zini dalil qilishgan:

﴿لَا يَنْهَاكُمُ اللَّهُ عَنِ الَّذِينَ لَمْ يُقَاتِلُوكُمْ فِي الدِّينِ وَلَمْ يُخْرِجُوكُمْ مِنْ دِيَارِكُمْ أَنْ تَبَرُّوهُمْ وَتُقْسِطُوا إِلَيْهِمْ ۚ إِنَّ اللَّهَ يُحِبُّ الْمُقْسِطِينَ۝٨﴾

«Alloh sizlarni dinlaringiz to‘g‘risida sizlar bilan urushmagan va sizlarni o‘z diyorlaringizdan haydab chiqarmagan kimsalardan — ularga yaxshilik qilishlaringizdan va ularga adolatli bo‘lishlaringizdan qaytarmas. Albatta Alloh adolat qilguvchilarni yoqtiradi» (Mumtahana: 8).

Chunki kufr mulkka egalik qilishga zid emas. Xuddi kofir bilan savdo va unga hadya qilish durust bo‘lganidek, vasiyat ham durust bo‘ladi. Ba’zi shofe’iylarning fikricha, vasiyat faqat muayyan bir zimmiyga qilinganda, masalan: «Falonchiga vasiyat qildim», deyilgandagina joiz bo‘ladi. Ammo kimdir: «Yahudiylarga yoki nasroniylarga vasiyat qildim…», desa, bu joiz emas, chunki u kufrni vasiyatga sabab qilgan bo‘ladi. Molikiylar esa zimmiyning musulmonga vasiyati joiz ekaniga boshqa mazhablarning fikriga qo‘shiladilar. Ammo musulmondan zimmiyga qoldirilgan vasiyatga kelsak, Ibn Qosim va Ashhab agar u silai rahm shaklida bo‘lsa – qarindoshlik tufayli bo‘lsa – joiz deyishadi, aks holda makruh bo‘ladi. Chunki faqat iymoni zaif musulmongina musulmon o‘rniga kofirga vasiyat qiladi (Mavsu’atul fiqhiyya, 2/312).

Bugungi kunda, afsuski, ayrim musulmonlarni, ayniqsa kofirlarning mamlakatlarida yashaydigan kishilarni, o‘z mablag‘larining katta qismini nasroniy yoki yahudiy yoki boshqa kofirlarning xayriya tashkilotlariga, ular xayriya, ta’limiy yoki insonparvarlik tashkilotlari degan bahonasida vasiyat qilayotganlarini ko‘ramiz. Bu kabi mablag‘lar musulmonlarga hech qanday foyda keltirmaydi. Bu paytda ular dunyodagi quvg‘inga uchragan, boshpanasiz qolgan, och qolgan musulmon birodarlarini yordamsiz va qo‘llab-quvvatlovsiz qoldiradi. Bu iymon zaifligidan va uning yemirilishi alomatlaridandir. Shuningdek, bu kofirlarga va ularning kofir jamiyatlariga sadoqat, do‘stlik, ulardan ta’sirlanish va havasning isbotidir.

Allohdan salomatlik va ofiyat so‘raymiz. Alloh payg‘ambarimiz Muhammad Mustafoga salavot va salomlar yo‘llasin.

Alloh bilguvchiroqdir.

Fatvo manbasi

Maqola borasida fikringiz?

Izoh sababi
Ushbu qator to'ldirilishi shart.

Bu javob foydali bo’ldimi?

0

O’xshash fatvolar

  • Vafot etgan shaxs merosini xotini, ikki o‘g‘li va qiziga taqsimlash

    Men meros haqida savol bermoqchiman. Oilaning holati quyidagicha deb faraz qilaylik: ota, ona, qiz va ikki o‘g‘il. Ota vafot etgan holatda, qolgan har bir oila a’zosining shar’iy ulushi qanday?
  • Musulmonning kofirdan olgan merosini sadaqa qilishi

    Mening musulmon bo‘lmagan amakim vafot etdi va uning mendan boshqa merosxo‘ri yo‘q. Uning merosini olib, turli xayriya ishlariga sarflashim joizmi?
  • Musulmon farzandni merosdan mahrum qilish joiz emas

    Farzandlarni merosdan mahrum qilish, ayniqsa ota-onasiga nikoh masalalarida itoat qilmaydigan o‘g‘il (yoki qiz) haqida savolim bor. Misol uchun, bir erkak g‘ayridin ayolga uylansa. Ma’lumki, musulmon erkak yahudiy yoki nasroniy ayolga uylanishi joiz. Ammo hozirgi zamonda G‘arb mamlakatlarida bunday dindor odamlarni topish mushkul, chunki din ulardan yerdan quyoshgacha bo‘lgan masofadek uzoqlashgan. Bugungi kunda katoliklar, protestantlar va shunga o‘xshash din vakillari «Ahli kitob» hisoblanadimi? Musulmon ayolning g‘ayridin erkakka turmushga chiqishi qat’iyan taqiqlangani aniqmi? Biz bu holat tobora ko‘payib, musulmon qizlar orasida odatga aylanayotganini kuzatmoqdamiz.
  • Yerni masjid uchun vaqf qilib, keyin qaytib olish

    Badavlat bir kishi masjid qurish uchun o‘z yerini vaqf qilishni va’da bergan edi. Keyinchalik boshqa odamlar kelib, bu joyni maktabga aylantirishni iltimos qilishdi. U qanday yo‘l tutishi kerak?
  • Meros masalasi

    Kimdir menga ushbu holatda meros boʻyicha shariat hukmini aytib bera oladimi: Mening otam vafot etdi, undan toʻrt oʻgʻil, uch qiz va onam merosxoʻr boʻlib qoldi.