Mavzular

Yangi fatvolar

Maqolalar

Kitoblar


Saqlanganlar

Murakkab qidiruv


Loyiha haqida

Fikr bildiring

Bosh sahifa » Oilaviy masalalar » Nikoh ahkomlari » Togʻaning ayoliga uylanish hukmi
Fatvo: 2661

O'qildi: 94

13.02.2026

/ 25 Shaban 1447

Fatvo mavzusi:

Togʻaning ayoliga uylanish hukmi

Savol

Savolim nikoh masalasiga taalluqli. Yaqin do‘stim tog‘asining xotiniga uylanmoqchi. Do‘stimning tog‘asi xotiniga juda yomon munosabatda bo‘ladi, bu ularning ikki farzandiga salbiy ta’sir qilmoqda. Ayol eridan ajrashib, do‘stimga turmushga chiqish istagida. Do‘stim unga va bolalarga yordam berib, togʻasining qo‘pollik va sovuqqonligini qoplamoqchi. Shu vaziyat yuzasidan quyidagi savollarim bor:
1. Bunday nikoh shariat bo‘yicha ruxsat etilganmi?
2. Do‘stimning ikki bola (togʻasining farzandlari) oldidagi huquq va majburiyatlari nimalardan iborat?
Ushbu savolga batafsil javob berishingizni iltimos qilaman. Agar nikoh Islom shariati qoidalariga zid bo‘lsa, men bu nikohning oldini olishga harakat qilaman. Tezroq javob bersangiz, g‘oyat minnatdor bo‘lardim. Rahmat.

O’xshash fatvolar

Javob

Alloh taologa hamdu sanolar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salavot va salomlar bo‘lsin.

Inson togʻasining xotiniga, agar tog‘asi u bilan ajrashgan va ayol undan boin taloq olgan bo‘lsa (yoki rajʻiy taloq olib, iddasi tugagan boʻlsa), unga uylanishi joizdir. Tog‘aning xotini mahramlar sarasiga kirmaydi, shuning uchun unga uylanishning zarari yo‘q.

Biroq bu kishiga tog‘asining xotini bilan har qanday noshar’iy aloqa o‘rnatish haromdir. Shayton ularga yomonlikni chiroyli qilib ko‘rsatishi mumkin, shuning uchun ehtiyot bo‘lish kerak. Shuningdek, o‘zi uylanishi uchun ayolni eridan sovutishi va natijada eri uni taloq qilishi joiz emas. Aksincha, u isloh qiluvchi va yaqinlashtiruvchi bo‘lishi kerak, vayron qiluvchi va nafratlantiruvchi emas.

Agar shar’iy manfaat boshqa narsani taqozo qilmasa, asl manfaat farzandlarning ota va onalari bilan bir oilada qolishidadir. Agar ko‘ngilsiz hodisa yuz berib, taloq sodir bo‘lsa va uning jihatidan shubha bo‘lmasa, tog‘asining sobiq xotiniga uylanishining zarari yo‘q.

Agar tog‘asining farzandlari uning qaramog‘iga o‘tsalar, ularga nisbatan muomalasi o‘zi va ular o‘rtasidagi silai rahmga asoslangan yaxshi muomala bo‘lishi kerak. Agar Alloh uchun ixlos bilan ularga yaxshilik qilsa, albatta, uning uchun Allohning huzurida ulkan ajr bor.

Alloh bilguvchiroqdir.

Fatvo manbasi

Maqola borasida fikringiz?

Izoh sababi
Ushbu qator to'ldirilishi shart.

Bu javob foydali bo’ldimi?

0

O’xshash fatvolar

  • Unashtiruv buzilgan taqdirda, kuyov hadyalarini qaytarib oladimi?

    Men dindor va yaxshi xulqli deb hisoblagan bir yigitga unashtirilgan edim. Oilalar o‘rtasidagi muammolar sababli unashtiruv buzildi. Biz yashaydigan mamlakatning odatlaridan biri shuki, kuyov unashtirilgan qizini har ziyorat qilganida unga xarajat uchun 50-100 funt atrofida pul beradi. Unashtiruv davrida u menga bergan xarajat pullarini hisoblab, unga qaytarishimiz kerakmi yoki yo‘qmi?
  • Yomon o‘tmishga ega shaxsning sovchiligi

    Men Kanadada tug‘ilganman va Islom haqida ko‘proq bilishga intilayotgan sanoqli qizlardan biriman. Afsuski, har kuni uni o‘rganishga urinsam-da, dinimiz haqida hali ko‘p narsani bilmayman. Men 19 yoshdaman va bir livanlik musulmon yigit menga sovchi qo‘ydi. Unashtirilgandan keyin uning o‘tmishda boshqa qizlar bilan munosabatlari bo‘lganini va benikoh jinsiy aloqalari bo‘lganini aniqladim. Men, albatta, bu ishning dinimizda katta gunoh ekanligini tushunaman va endi bu odamga turmushga chiqish yoki chiqmaslik haqida qaror qabul qilishim kerak. Men shaxsan bunday ishlarni qilgan odamga turmushga chiqmasligim kerak deb o‘ylayman, oilam esa «kechir va o‘tkazib yubor» deyishmoqda. Bu haqda sizning fikringiz qanday? Menday qiz uchun, bunday odamga turmushga chiqish to‘g‘rimi?
  • Ayol kishi turmushga chiqishi shartmi?

    Ayol kishi turmushga chiqishi shartmi?
  • Nikohsiz sevishning ayanchli oqibati

    Men bir musulmon yigitni qattiq sevaman va unga turmushga chiqmoqchiman. Alloh erkak va ayol o‘rtasidagi noshar’iy munosabatlarni harom qilganini bilaman. Bu munosabatimiz uchun qalbimda chuqur afsus chekyapman. Sezishimcha, biz Alloh nafratlanadigan munosabatda bo‘lganimiz uchun u menga uylanmaydi, chunki u menga nisbatan hurmatini yo‘qotgan. Bu masala haqida Qur’onda nima deyilgan?
  • Er-xotin orasidagi jinsiy aloqalarning me’yori

    Er-xotin nikoh kechasida jinsiy aloqa qilishi mumkinmi? Agar javob ijobiy bo‘lsa, er xotini bilan bir haftada qancha marta jinsiy aloqada bo‘lishi mumkin, bir martami yo ko‘proq yoki kamroqmi? Iltimos, so‘ramoqchi bo‘lgan narsani ifodalash uchun boshqa so‘z topa olmadim.
  • Er-xotin Islomga kirganda nikohni yangilash shart emas

    Er-xotin Islomga kirsa, nikoh shartnomasini yangilashi kerakmi?