Mavzular

Yangi fatvolar

Maqolalar

Kitoblar


Saqlanganlar

Murakkab qidiruv


Loyiha haqida

Fikr bildiring

Bosh sahifa » Fiqh asoslari » Fiqh » Ibodatlar » Poklanish bobi » Fitrat sunnatlari » Old va orqa avratdagi tuklarni olish
Fatvo: 2602

O'qildi: 80

06.02.2026

/ 18 Shaban 1447

Fatvo mavzusi:

Old va orqa avratdagi tuklarni olish

Savol

Kindik ostidagi tukni olish haqida savolim bor, uning chegarasi qayergacha bo‘lishi kerakligini bilmayabman. Moyaklardagi tukni olib tashlash vojibmi? Iltimos, shunga oydinlik kiritib bersangiz. Ayollar-chi, ular ham tuklarini olib tashlashlari kerakmi?

O’xshash fatvolar

Javob

Alloh taologa hamdu sanolar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salavot va salomlar bo‘lsin.

Ushbu savol fazilatli shayx Muhammad ibn Solih rahimahullohga taqdim etilganda, u kishi quyidagicha javob berganlar:

«Mehribon va Rahmli Alloh nomi bilan. Barcha hamd-u sano olamlar Rabbi Allohga bo‘lsin. Tuklarni olish fitrat sunnatlaridan emas, ammo agar juda ko‘p bo‘lsa, uni olib tashlash kerak, toki tashqaridagi narsalar bilan ifloslanmasin…» iqtibos tugadi.

Payg‘ambar sollallohu alayhi va sallamning sunnati mutohharalarida istihdodning mashru’ ekanini anglatuvchi hadis sobit bo‘lgan. Istihdod – bu avrat tuki atrofidagi boshqa tuklarni olish.

عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ ﵁ سَمِعْتُ النَّبِيَّ ﷺ يَقُولُ: «الْفِطْرَةُ خَمْسٌ: الْخِتَانُ، وَالِاسْتِحْدَادُ، وَقَصُّ الشَّارِبِ، وَتَقْلِيمُ الْأَظْفَارِ، وَنَتْفُ الْآبَاطِ».

Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallamning «Fitrat beshtadir: xatna qilish, (qovuqni) qirish, mo‘ylabni qaychilash, tirnoqlarni olish hamda qo‘ltiqlar ostini yulish», deganlarini eshitganman» (Sahihi Buxoriy, 5891).

Payg‘ambar sollallohu alayhi va sallam bu narsa uchun qirq kunni belgilaganlar. Shuning uchun tuklarni bundan ortiq qoldirish mumkin emas.

عَنْ أَنَسِ بْنِ مَالِكٍ قَالَ: قَالَ أَنَسٌ: «وُقِّتَ لَنَا فِي قَصِّ الشَّارِبِ، وَتَقْلِيمِ الْأَظْفَارِ، وَنَتْفِ الْإِبْطِ، وَحَلْقِ الْعَانَةِ أَنْ لَا نَتْرُكَ أَكْثَرَ مِنْ أَرْبَعِينَ لَيْلَةً».

Anas ibn Molik roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Biz uchun mo‘ylabni qisqartirish, tirnoqlarni olish, qo‘ltiq tuklarini yulish va qovuq tukini qirish muddatini qirq kechadan oshirmaslik belgilandi» (Sahihi Muslim, 258).

Faqihlar qovuqni qirish odoblarini zikr qilishgan va avrat tuklarini olishda kindik ostidan boshlash, o‘ng tomondan boshlash, yashirincha qilish va olingan tuk yoki tirnoqlarni ko‘mish mustahab deb ta’kidlashgan.

Bu nopok tuklarni olishning mashru’ bo‘lishidagi hikmat shuki, agar moyakdagi va orqa tarafdagi tuklarga najosat yopishadigan bo‘lsa, hikmat amalga oshadi. Chunki bu yerda maqsad to‘liq tozalik, to‘la poklanish, nopoklikdan va tanaga ifloslik hamda najosatlarning yopishishidan uzoq bo‘lishdir. Shuning uchun bu paytda tuklarni olish yaxshi ishdir.

Ayollar avrat atrofi va qo‘ltiq osti tuklarini olish masalasida erkaklar bilan bir hukm ostidadirlar.

Alloh bilguvchiroqdir.

Fatvo manbasi

Maqola borasida fikringiz?

Izoh sababi
Ushbu qator to'ldirilishi shart.

Bu javob foydali bo’ldimi?

1

O’xshash fatvolar

  • Xatnaning foydalari uning og‘rig‘idan ustundir

    Xatna qildirishning qanday foydalari bor? Arzirli jihati bo’lsa, og‘riq bo‘lishiga qaramay, farzandimni xatna qildirmoqchiman.
  • Tanadagi tuklarni butunlay yo‘qotish hukmi

    Tanadagi tuklarni butunlay yo‘qotishning ba’zi usullari mavjud bo‘lib, ular tuk o‘sishini batamom to‘xtatadi. Bunday usullardan foydalanish ruxsat etilganmi?
  • Qoshni terish va tekislash joizmi?

    Ba’zi ayollar qoshlarini shakllantirish uchun sartaroshlarga boradi, sartarosh esa ularning qosh sochlarining bir qismini qirqadi yoki qiradi. Buning hukmi qanday?
  • Xatna qilinmagan erkakning imom boʻlishi

    Agar erkak yoki ayol o‘ttiz yoshda yoki undan katta yoki kichik yoshda Islomni qabul qilsa, ular xatna qilishlari shartmi va xatna qilinmagan erkak namozda imomlik qilishi joizmi?
  • Tirnoq oʻstirib yurish hukmi

    Erkaklar va ayollar tirnoqlarini o‘stirib yurishining hukmi nima? Agar bu ish harom bo‘lsa, haromligining sababi nima?
  • Ayollarni xatna qilish hukmi

    Ayollarni xatna qilish sunnatmi yoki yomon odatmi? Bir jurnalda o‘qiganimda, ayollarni xatna qilish, qanday shaklda bo‘lmasin, tibbiy nuqtai nazardan zararli bo‘lib, ba’zan bepushtlikka olib kelishi mumkinligi aytilgan edi. Shu to‘g‘rimi?